Qimmatli qogozlarning hosilalari –
daromadi (zarari) bir yoki bir necha
bozor koʻrsatkichlari (indekslari) mazmuniga bogʻliq boʻlgan qimmatli
qogozlardir. Qimmatli qogʻozlarning hosilalari opsionlar, fyucherslar va boshqa
moliyaviy vositalar tarzida chiqarilishi mumkin. Opsion-shartnoma boʻlib, uning
egasiga qimmatli qogʻozlarni yoki tovarlarni bitimda qayd etilgan narxda
belgilangan muddatda xarid qilish huquqini beradi. Fyuchers shartnoma boʻlib,
muayyan qimmatli qogozlar va boshka moliyaviy vositalarni yoki tovarlarni
shartnomada belgilab qoʻyilgan narxda belgilangan kelgusi sanada xarid qilish
yoki sotishdan iborat soʻzsiz majburiyatini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |