Eron podshosi Doro I davrida esa o‘sha
davrning mashhur «darik»
deb ataluvchi tanga
puli joriy etildi. Bu tanganing har biri
8,4 gramm sof oltindan yasalgan.
Tangalar tarixdan guvohlik beradi.
Tangalar,
avvalo, o ‘zining qanday
metalldan yasalganli-
giga qarab shu tangani zarb etgan davlatlar,
ularning yerosti
boyliklari haqida guvohlik
beradi. Ikkinchidan, tangalarning og‘irligi va
uning zarb
etilish usuli, shuningdek, sifati haqi
da guvohlik beradi.
U chinchidan,
davlatning nom i, hukm -
dorining ismi, uning taxtga o ‘tirgan
vaqti va
hukm ronlik qilgan yillari haqida guvohlik
beradi.
To‘rtinchidan, u
yoki bu davlat tangasining
boshqa davlatlar hududidan ham topilishiga
qarab bu davlatning
qaysi davlatlar bilan savdo
aloqalari olib borganligi,
tashqi savdoda qaysi
davlatning puli katta rol o ‘ynaganligi haqida
ham m a’lumot olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: