Bog'liq 5-Sinf Tarixdan hikoyalar darsligi [uzsmart.uz]
« 0 ‘zingizni sinang ■У. ♦ D unyoda birinchi alifboni ... yaratgan.
Miloddan avvalgi IV—III asrlarda lotin alifbosi
yaratildi.2 U bir necha asrlardan so‘ng G ‘arbiy
Yevropaning ko‘plab xalqlari yozuviga asos bo‘lib
xizmat qildi. Keyinchalik esa arab alifbosi yaratildi. Rus alifbosi
kirillitsa deb atalgan eski slavyan alifbosi asosida vujudga keldi. Eski
slavyan alifbosini qadimgi Vizantiyalik aka-uka Kirill va Mefodiylar
IX asrda qadimgi yunon alifbosi asosida yaratdilar. Yaratilgan yangi
alifbo Kirillning sharafiga
kirillitsa deb ataldi. X asr oxirlarida qadim
gi Kiyev Rusi davlati ham bu yangi alifboni qabul qildi va u rus tiliga
moslashtirildi. Hozirgi zamon kirill-rus alifbosida 33 ta harf va 2 ta
belgi mavjud.