52-§. XXI ASR - ILM-FAN VA TARAQQIYOT ASRI
Nima uchun XXI asr ilm va taraqqiyot asri deb yuritiladi?
Siz
deyarli har kuni «ilm» so‘zini eshitasiz. Xo‘sh, ilm nima o‘zi?
Ilm dunyoda mavjud bo ‘lgan bilimlar tizimidir. «Ilm» so‘zi
o‘rnida «fan» so‘zi ham ishlatiladi. Ular bir m a’noni anglatuvchi
so‘zlardir. Insoniyatning butun tarixi davomida ilm-fan rivojlanib bor-
di. Insonning jismoniy mehnatni yengillashtirishga intilishi texnika
sohasida ulkan kashfiyotlar, ixtirolarning yaratilishiga olib keldi.
Yodda tuting!
Texnika (m ahorat) — insonning mehnatini yengillashtiradigan va inson
uchun zarur narsalam i yetarli miqdorda ishlab chiqarishga
im kon beradigan
m ashina, asbob, qurol va m oslam alar yig‘indisidir.
Binobarin, texnika — bu ekskavatorlar, turli xil traktorlar, kom-
baynlar, buldozerlar, yengil va yuk, yo‘lovchi
tashuvchi transport
vositalari, samolyot, kosmik raketalar, televizor, kompyuter,
elektron
hisoblash mashinalari, internet tarmoqlari va boshqalardir.
Bir vaqtlar oddiy ketmon bilan kanal qazigan inson keyinchalik
ekskavator bilan kanal qaziy boshladi. Bu inson m ehnatini qan-
chalik yengillashtirganini, m ehnat unumdorligini qanchalik o ‘stir-
ganligini bir tasavvur qiling-a.
Samolyotlarsiz, kompyuterlarsiz, uyali telefonlarsiz yoki internetsiz
insonning bugungi hayotini tasavvur etib bo ‘ladimi?
Ulkan texnika
insonga yer qa’ridan tonnalab yerosti boyliklarini qazib olishga imkon
berayotganligiga guvohsiz.
Yoki tibbiyot texnikalarini olaylik. Bu sohada amalga oshirilgan
ulkan ixtirolar insoniyatga nima bermoqda? Awalo, u inson tanasining
xastalangan turli a ’zolarini, shu jum ladan, yuragini ham ko‘chirib
o‘tqazish imkonini berdi. Yoki qanchadan qancha xastaliklar jarrohlik
tig‘isiz davolanmoqda.
Inson texnika rivoji tufayli hatto Oyga qo‘nishga,
kosmik apparatlami
boshqa sayyoralarga ham uchirishga muvaffaq bo‘ldi. Inson bulaming
bariga ilm-fan taraqqiyoti tufayli erishdi.
Ilm-fan va texnika taraqqiyotidagi bunday ulkan yutuqlar tarixga
ilmiy-texnika inqilobi nomi bilan kirdi. Ilm-fan taraqqiyotiga yuksak
e ’tibor bergan davlatlar bugungi kunda har jihatdan rivojlangan
davlatlarga aylandilar. Fuqarolari esa farovon yashamoqdalar.
Dunyoda ilm-fan sohasida buyuk kashfiyotlarni amalga oshirgan
olimlar xalqaro Nobel mukofoti hamda milliy mukofotlar bilan taq-
dirlanib kelinmoqda. Ilm-fan XXI asrda XX asrdagidan ham
shiddat
bilan rivojlanmoqda. Bundan buyon ham mamlakatning iqtisodiy
qudratini, ertangi kunini va taqdirini ilm -fan taraqqiyoti hal etadi.
Kompyuter yordamida katta hajmli m a’lumotlar yaratish, to ‘plash,
saqlash, qayta ishlash va ularni uzatish oddiy hodisaga aylanib qoldi.
Masalan, kompyuterning birgina mitti fleshkasini oling. Unga butun
boshli bir necha o‘nlab, yuzlab kitoblarni va m a’lumotlarni istalgan
miqdorda joylashtirish mumkin.
Odamlar ulardan
istalgan joyda foydalana
oladilar. Binobarin, axborot texnologiyalari tobora
ixchamlashib borm oqda. Texnologiyalarning
bunday ixchamlashuvi nanotexnologiya (mil-
liardning bir bo‘lagi) deyiladi. U eng zamonaviy
texnologiya b o ‘lib, barcha axborot vositalarini
mittilashtirishga imkon beradi.
Natijada, kelgusida
barcha amallarni bajara oladigan kompyuterlar
Do'stlaringiz bilan baham: