Abu Ali ibn Sino.
0 ‘z zamonasida Shayx
ur-rais, ya’ni «olimlar raisi», deb ulug‘langan
buyuk alloma Abu Ali ibn Sino 980-yilda Bu-
xoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog‘ida
tug‘ildi. Ibn Sino o‘z davrining barcha bilim-
larini puxta egalladi. Ibn Sino dunyoga, awalo,
buyuk tibbiyot allomasi bo‘lib tanildi. Uning
tibbiyotga oid mashhur asari «Tib qonunlari»
deb ataladi. Asar XII asrda Yevropada lotin
tilida chop etildi va Ibn Sino Yevropada «Avit-
senna» nomi bilan mashhur bo‘ldi.
«Tib qonunlari» XVII asrgacha Yevropa
mamlakatlari universitetlarida darslik sifatida xizmat qildi. Ibn Sinoning
nomi yer yuzida ham on mashhurligicha qolmoqda.
2000-yilda Yevropaning Belgiya davlatida uning xotirasiga haykal
o ‘rnatilganligi buning yana bir dalilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |