2-§. KALENDARLAR TARIXI DAN
Kalendar tarixi.
«Kalendar» lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida
«qarz daftari», «har oyning birinchi kuni» degan m a’nolarni
anglatadi. Hayotimizda esa kalendar vaqtning kunlarga, haftalarga,
oylarga va yillarga bo ‘lib hisoblanishidir. Kalendarda yil, oy va
kunlarning nomlari yozib qo‘yilgan bo ‘ladi. Kalendarlar bizning
bobolarimiz tomonidan «taqvim»lar deb yuritilgan.
Diqqat bilan o ‘qing!
Yil — Yerning Q uyosh atrofida bir m arta aylanib chiqishi uch u n
ketadigan vaqt o ‘lchov birligi. Unga ko‘ra, bir yil 365 kunga, har to ‘rt yilda
esa bir m arta 366 kunga teng b o ‘lib keladi.
Hozir dunyoning ko‘p davlatlarida, shuningdek 0 ‘zbekistonda
ham foydalanilayotgan kalendar «Grigorian kalendari» deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |