6.4.Menejmentda tadqiqotlar samaradorligini ta’minlash prinsiplari
Menejment boshqaruv ob’ektining ma’lum xulqini shaklllantirishga
mo‘ljallangan bo‘lib, uni quidagi ikki aspektga bo‘lish mumkin: iqtisodiy tavsiflar
majmuasida aks etadigan iqtisodiy xulq, va kelishish hamda hamkorlikning
ijtimoiy tomonini tavsiflaydigan sotsial-psixologik xulq.
Haqiqiy amaliyotda ushbu ikki yondashuvni bir-biriga qarama-qarshi
qo‘ymaslik kerak. Samarali amaliy menejment formulasi uni ilmiy bilimlar va
tavsiyalar, amaliy muvaffaqiyat andazalari, kasbiy tajriba, amaliy ko‘nikmalar va
uquvlar, shuningdek boshqaruv san’atidan foydalangan holda qurishni nazarda
tutadi. Bularning barchasi muammolarni tahlil qilish, tekshirish, ularning echim
variantlarini loyihalash hamda asosli tanlash asosida amalga oshirilishi zarur.
Samarali boshqaruv prinsiplari 2-rasmda keltirilgan.
144
Ijodiy
Do'stlaringiz bilan baham: |