Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


 Kuch sifatini tarbiyalash



Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/322
Sana18.02.2022
Hajmi7,14 Mb.
#450604
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   322
Bog'liq
fayl 2055 20211105

8.4.2. Kuch sifatini tarbiyalash 
 
Tashqi qarshiliklarni mushak kuchi yordamida yengish yoki unga qarshi 
turish kuch sifatini ta’riflaydi. Mushaklar kuchi quyidagicha namoyon bo‘ladi: 
1) o‘z uzunliklarini o‘zgartirmay (statik, izometrik); 
2) o‘z uzunliklarini qisqartirib (qarshiliklarni yenguvchi, miometrik); 
3) uzayib (yon beruvchi, pliometrik). 


170 
Qarshiliklarni yenguvchi va ularga yon beruvchi mushak kuchlari birgalikda 
«dinamik rejim» deb ham yuritiladi. Kuch sifatini taqqoslashda quyidagi kuch 
turlari farqlanadi: 
1. Nisbiy kuch. Nisbiy kuch deganda o‘z vaznining bir kilogrammiga to‘g‘ri 
keladigan kuch miqdori tushuniladi. 
2. Absolut kuch. Biror bir harakatda o‘z og‘irligidan qat’i nazar, namoyon 
qilingan kuch tushuniladi. 
3. Tezkor kuch (portlovchi kuch). Qisqa vaqt ichida katta miqdordagi 
kuchning namoyon qilinishi tushuniladi. 
Qarshiligi oshirilgan mashqlar kuchni rivojlantirishda asosiy vosita bo‘lib 
hisoblanadi. Bu vositalar ikki guruhga bo‘linadi. 
1. Tashqi qarshiliklarni yengish bilan bajariladigan mashqlar. Odatda, tashqi 
qarshilik sifatida quyidagilardan foydalaniladi: buyumlarning og‘irligi; sherikning 
qarshiligi; elastik buyumlarning qarshiligi; tashqi muhit qarshiligi; 
2. O‘z vazni og‘irligini yengib bajariladigan mashqlar. 
Og‘irlik ko‘tarib bajariladigan mashqlar juda qulay bo‘lib, ular yordamida 
ham kichik, ham katta mushak guruhlariga ta’sir ko‘rsatish mumkin. Bu 
mashqlarni me’yorlash ham oson. Og‘irlik ko‘tarib bajariladigan mashqlarda 
dastlabki holat yetakchi rolni o‘ynaganligi sababli, bunga alohida e’tibor qaratish 
zarur bo‘ladi. 
Cho‘ziluvchan va elastik buyumlar (prujinali espanderlar, rezinka) bilan 
bajariladigan mashqlarda harakatning oxiriga borib zo‘riqishning ortib borishi 
xarakterlidir. 
O‘z gavda og‘irligini yengish mashqlari, odatda, osilish va tayanish 
holatlarida amalga oshiriladi. 
Kuch mashqlarining yuqorida keltirilgan tasnifi bilan bir qatorda, ularning 
saralab ta’sir etish darajasiga (umumiy va nisbatan ma’lum bir joyga ta’sir 
etishiga) ko‘ra, shuningdek, mushaklarning ishlash rejimiga ko‘ra, statik va 
dinamik, kuchlilik va tezkorlik-kuch, qarshiliklarni yenguvchi va yon beruvchi 
mashqlarga bo‘linishini ham e’tiborga olish kerak. 


171 
Agar shug‘ullanuvchining kuchiga muntazam ravishda zo‘r berilmasa, 
mushak kuchi o‘smay qolishi, hatto kamayib ketishi ham mumkin. 
Maksimal darajada zo‘r berishni turli yo‘llar bilan hosil qilish mumkin: 
1. Chegaraga yaqin bo‘lmagan og‘irliklarni (qarshiliklarni) yengishni chegara 
darajasida ko‘p marotaba takrorlash; 
2. Tashqi qarshilikni chegara darajagacha oshirish (dinamik va statik 
faoliyatlarda); 
3. Qarshiliklarni chegara darajadagi tezlik bilan yengish. 

Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish