Tarix – inson, zamon va makon falsafasi
Tarixni vaqtdan ajratib bo’lmaydi. U vaqt, muddat va zamonda yuz bergan,
ma’lum bir makonda vujudga kelgan voqea-hodisalar birligi. Ana shu zamon va
makonda shakllangan an’analar, turlicha qarashlar, ma’naviy-ruhiy hodisalar,
ijtimoiy munosabatlar zamirida xatti-xarakatlar o’z izini qoldiradi. Harakatlar
zamirida esa ma’lum maqsad va intilishlarni o’zida mujassam etgan voqealar
yotadi.
Tarixning o’ziga xosligi, ijtimoiy hodisaligi ma’lum bir davr, zamon va
makon mohiyatini o’zida mujassam etganligi bilan, uning butun fenomenini
belgilashi bilan baholanadi. Boshqacha qilib aytganda, uning mazmun-mohiyati,
ijtimoiy, iqgisodiy va siyosiy hodisa sifatidagi o’ziga xosligini ko’rsatadi.
Ayniqsa, yuksak ko’tarilyshlar, sakrashlar, taraqqiyotning eng baland
cho’qqilariga chiqqan davrlarda tarixning tsivilizatsiyani vujudga keltiruvchi
buyuk hodisa sifatidagi fenomeni ko’zga yaqqol tashlanadi.
Tarix inson orqali vujudga keladi va inson orqali abadiyatga aylanadi.
Inson ongi va tafakkuri, qalbi va tuyg’ulari orqali yuzaga kelgan hodisa sifatida
qadriyatga aylanadi. Ana shu jihatdan qaraganda inson aql-idroki, uning tafakkur
8
darajasi, hayotiy falsafasi, jamiyatni taraqqiy ettirish yo’lidagi sa’y-harakatlari,
butun bir xalq, butun bir jamiyat mentalitetini belgilaydi. Ana shu mentalitet –
millat yoki xalqning umumiy madaniy-ma’naviy darajasi, aql-idroki va tafakkur
maydoni nechog’ligiga qarab taraqqiyotning yoxud tanazzulning mazmun-
mohiyati ochiladi. Tarix esa ana shu o’ta murakkab, o’ta ziddiyatli, ayni paytda
nihoyatda qudratli ruhiyat orqali, faoliyat orqali xotiraga aylanadi. Turli ijtimoiy-
siyosiy hodisalar, voqealar shu tarzda vujudga keladi va tarixiy taraqqiyot
shajarasining bo’g’inlarini tashkil etadi.
Qadimiy donis hma ndlarning a ytis hlaric ha, «Ko’r ko’rni etaklasa,
ikkovi ham jarga qulaydi». Ana shu nuqtai nazardan inson tafakkuri va jamiyat
taraqqiyoti, insonning madaniy-ma’naviy imkoniyatlari va tarixiy jarayon
o’rtasidagi munosabatlarni aniqlab olish qiyin emas. Qariyb uch ming yillik
tariximizning turli davrlarida xalq turli holatlarga tushganligining, buning
sabablari va mohiyatining ildizi qaerdaligini yuqoridagi xulosalardan bilish
mumkin.
Shaxsning jamiyatda tutgan o’rni, uning jamiyat taraqqiyotidagi roli yana
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tarix falsafasi, tarixiy tafakkur bizni ana shu
ulkan muammolar atrofida jiddiyroq mushohada yuritishimizni taqozo etadi.
Har qanday jamiyat taraqqiyot va tanazzul, turli ko’tarilish va pasayish
davrlarini boshdan kechiradi. Tarix qahramonlik davrlarini, har tomonlama
shakllangan davlatchilik va boshqaruv tizimiga ega bo’lgan holatlarni,
mintaqalararo taraqqiyotlar o’rtasidagi aloqalar rivojlangan zamonlarni ko’rgan.
Tsivilizatsiyaning hayotiyligi, yashovchanligi, uning uzluksiz davom etishi
bevosita odamlarning ma’naviy darajasi, hayotiy omillarning barqarorligi, inson
faoliyatining
uzviyligi,
faolliga
va
doimiy
uzluksiz
faoliyatning
ta’minlanganligi bilan belgilanadi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, uzoq o’tmishimizning yuksak
tsivilizatsiyalashgan davrlar bilan tanazzulga uchragan davrlari, ularning
mantiqiy, siyosiy va ijtimoiy asoslari, iqtisodiy zamini va siyosiy tafakkuri bilan
yaxlit holda tadqiq etilganda uning bir butun falsafasi vujudga keladi. Bir butun
qiyofasi yaratiladi. Shu tarzda tarix fenomeni orqali ajdodlarimiz fenomeni,
millat va xalq sifatidagi mentaliteti ko’zimizga yaqqol tashlanadi.
Umumjahon tarixini o’rganish, umuminsoniyat o’tmishini tadqiq etish
inson
haqidagi tushunchalarimizni
boyitishga, inson
faoliyati, uning
imkoniyatlari xususidagi xulosalarimizni kengaytirishimizga yordam beradi. Biz
insoniyat tarixini, jumladan, o’z ajdodlarimiz o’tmishini o’rganish orqali
olamni o’rganamiz, olam haqidagi tasavvurlarimizni boyitib, xulosalarimizga
yana xam aniqlik kiritamiz. Bizning olam va odam haqidagi tushunchalarimizni
kengaytirishimizning yagona yo’li olamni tadqiq etish, olamni anglash, uni
tushunishdir.
Tarix kishilik jamiyati taraqqiyotining yaxlit moxiyatini tafakkur orqali
idrok etiladigan suvratdir yoki tafakkur orqali ongimizda mangu chizilgan xotirot.
Shunday ekan, biz olamni tarix orqali, insoniyat taraqqiyotining bosqichlari,
evolyutsiyasi orqali anglaymiz. U orqali bugungi kunimizning mazmunini,
mohiyatini tushunib olamiz, ertangi kungi maqsadlarimizni, orzu-umidlarimizni
9
belgilaymiz. Shu jihatdan qaraganda biz o’zimizni olamdan ajralgan holatda
tasavvur etolmaymiz. Boshqacha qilib aytganda, olamdan ayri tusha olmaymiz.
Olamdan ayrilsak, o’zimizdan ayrilamiz. Olamni yo’qotsak, o’zimizni,
o’zligimizni yo’qotamiz. Olam va odam o’rtasidagi bog’liqlik ayni olam yaxlitligi
va odam butunligidir. Ayni ana shunday mushtaraklik ularning har ikkovini ham,
bir-birini ham to’ldirib turadi va butun o’tmish, bugun va istiqbolni bog’lab
turadi. Tarix xotira-sining abadiyatini, uzviyligini, davomiyligini belgilaydi.
Tarixiy tafakkur va tarix falsafasining noyob qadriyata, buyuk sabog’i ana
shunda.
Tarix – inson haqidagi, odamlar haqidagi fan. Biroq u bugunning odamlari,
kechinmalari, his-tuyg’ulari, faoliyatlari va munosabatlari xususida emas, balki
o’tgan ajdodlarimiz turmush tarzi, ma’naviy-ruhiy kechinmalari, sodir etgan
voqea-hodisalari, maqsad va intilishlari haqidagi fandir.
Aslini olganda tarix faqat o’tmish haqidagi ma’lumotlar yoki xotiralar ham
emas. Uning buyuk qudrati, tarbiyaviy kuchi, murabbiylik mohiyati o’tmishni
o’rganish, tadqiq etish orqali bugunni baholash, bugunni anglash, bugungi
odamlarni tushunish va ularni yo’naltirish bo-rasidagi fikrlarni, g’oyalarni o’zvda
mujassam etganida! Agar biz tarixga ana shu nuqtai nazardan qaraydigan
bo’lsak, uning butun ko’lamini, insoniyat va jamiyat taraqqiyotidagi rolini
chuqurroq anglaymiz. Muarrix tarixiy sanalar, voqealar, hodisalar atrofida fikr
yuritar ekan, u eng avvalo inson, uning dunyosi xususida o’ylashi kerak, dedik.
Agar haqiqatan ham inson tarixning tadqiqot ob’ektiga aylansagina, u orqali,
faqat va faqat u orqali tarixning butun ko’lamini, mohiyatini ochib bera olamiz.
Aks holda, quruq bayonchiliqdan iborat bo’lgan ma’lumotlar to’plamlarini yana
yarataveramiz,
odamlarni
bezdiraveramiz.
Yuqoridagi
xulosalar
va
mushohadalarni xisobga olib, tarixshunoslikni majoziy ma’noda insonshunoslik
deyishimiz mumkin.
Gegel iborasi bilan aytganda, tarix falsafasi bu dunyoqarashlar, tarixiy
tafakkur va tarix xotirasi haqidagi fandir. U ma’naviyat fenomeni, ruhiyat
fenomeni sifatida inson va tarixiy tafakkur o’rtasidagi bog’lyqiikni o’rganadi.
Agar chindan ham tarixni ma’naviyat va ruhiyat fenomeniga aylantirsak,
aniqrog’i, uni shunday idrok etib, shunday tadqiq etsak, yana va yana o’tmishni
sana va voqealar orqali emas, inson orqali o’rganishga ehtiyoj sezamiz. Oxir-
oqibatda Inson tarixning yaratuvchisi, ishtirokchisi, dunyoga keltiruvchi eng oliy
xilqat ekanligini va bu rad etib bo’lmas haqiqat, tengsiz qadriyat ekanligini tan
olamiz.
Insoniyat tarixi bu har birimizga bog’liq bo’lgan, o’zligimizni
ko’rsatadigan, bizning olis shajaramizni, naslu nasabimizni, insoniy qadru
qimmatimizni belgilaydigan, muqaddas va mo’’tabar voqelik. Biz uni shunday
tushunishimiz va shunday qabul qilishimiz kerak. Agar o’tmishimizga shuvday
munosabatda bo’lsak, ana shu yuksaklikdan turib unga qarasakkina, tarix ayni
tafakkur mahsuliga aylangan taqdirdagina bizni ma’naviy jihatdan boyitishi,
ruhiyatimizga qudrat baxsh etishi mumkin bo’ladi. Ana shu jihatdan qaraganda
butun hayot shajarasini davom ettirayotgan, o’ziga xos tarix yaratayotgan
odamlarning dunyoqarashlari, ma’naviy-ruhiy kechinmalari, insonlik sha’ni
10
nimalarga bog’liqligi, uning ildizlari qayoqlarga etib borishi va qanday
ma’naviy sarchash-malardan ozuqa olayotganligi aniq bo’ladi va u bevosita tarix
va tarixshunoslik bilan bog’liq ekanligi ko’zga yaqqol tashlanadi. Agar tarix
chindan ham falsafa va tafakkur mahsuliga aylantirilsa, zamondoshlarimizning
o’tmishi kimlarga borib taqalishi ayon bo’ladi va hayotda o’z o’rnimizni
belgilashimizga, o’zimizning kimligimizni anglab olishimizga yordam beradi.
Gegel ta’biriga ko’ra tarix davlatchiliqdan boshlanadi. «Xalq davlat
qurilishisiz hech qanday tarixga ega emas», – deydi alloma. Ana shu nuqtai
nazardan qaraganda, milliy davlatchilik tariximizning qariyb uch ming yilligini
nishonlash arafasida turgan xalqimiz o’z taqdirini butun insoniyat taqdiri, kishilik
tarixiy taqdiri bilan bog’liq holda ko’radi. Ayni ana shu taqdirdoshlik, ayni ana
shu insoniyat tarixining ibtidosi bilan bog’liqlik bugun butunlay yangi jamiyat
qurayotgan xalqimiz qiyofasini ko’rsatmoqda. O’zining qadimiy milliy
davlatchilik
an’analari
bilan
jahon
davlatchiligi
ilg’or
tajribalarini
uyg’unlashtirib, sintezlashtirgan hodda «o’zbek modeli»ni dunyoga taqtsim etib,
dunyoni hayratta solayottan o’zbek xalqining fenomeni jahon mehvarida paydo
bo’lmoqtsa.
O’zbek xalqi tarixi, uning kechmishi bevosita tarix falsafasi va tarixiy
tafakkur orqali bugun odamlarni uyg’otmoqda, ular diqqatini o’ziga tortmoqtsa.
Zamondoshlarimiz ongi, qalbi orqali butun o’gmish o’z yutuqlari va nuqsonlari
bilan yaxlit holda jonlanmoqtsa. Shu asosda xalqimizning ma’naviy qudratiga,
ruhiy tayanchiga aylanmoqda, olis istiqbolni belgilashda o’ta muhim omil
sifatida xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |