o’n birinchidan,
ayni paytda, xususan, biz uchun huquq tarixi, davlatchilik
tarixi, sotsiologiya, antropologiya, insonshunoslik, inson sotsiogenezi kabi qator
fanlar bilan bog’liq holda yaxlit tarixni idrok etish va boshqa masalalar muammo
bo’lib qolmoqtsa.
Ana shu vazifalarni hal etishda tarix falsafasi va tarix fani o’rtasidagi
hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, I. Lakatos fikriga ko’ra «Tarix
falsafasi tarix fanisiz bo’shliq. Tarix fani esa tarix falsafasisiz ko’rdir». Demak,
ushbu g’oyadan kelib chiqib aytish mumkinki, tarix fanining taraqqiyoti tarix
haqiqatini tiklash, tarixiy jarayonni u qaysi davrga bog’liq bo’lishidan qati nazar
qanday yuz bergan bo’lsa shundayligicha ifodalash tarix fanining birdan-bir
vazifasidir. Tarix falsafasining vazifasi esa tiklangan tarixiy jarayon atrofida
falsafiy, mantiqiy fikr yuritib, mushohada etib, tarixiy tafakkur orqali voqelik
moxiyatini to’g’ri ifodalab berish bilan belgilanadi.
Bir qarashda tarix falsafasi bilan tarix fani boshqa-boshqa, bir-biriga daxlsiz
yo’nalishday ko’rinadi. Zotan, real jarayonga, real voqelikka, insoniyat
tarixidagi qaysidir hodisaga tarixchi tarixchi ko’zi bilan, faylasuf faylasuf ko’zi
bilan qaraydi.
O’z vaqtida asotirlar ma’lum bir qabila, etnos yoki urug’ doirasida
avloddan-avlodga uzluksiz tarzda o’tib borgan umumiy qarashlar tizimi sifatida
mavjud bo’lsa-da, undan asta-sekinlik bilan jahon, boshqa mintaqalarda
yashayotgan xalqlar haqidagi ma’lumotlar ham o’rin ola borgan. R. Kollingvud
bu jarayonni o’rganar ekan, jamiyatni tarixiy anglashni teokratik tarix deb
nomlaydi. Unda har bir rivoyat va afsonalar qatnashchilari o’sha voqealarning
ishtirokchisi yoki tashkilotchisi emas, balki Xudo xohish-irodasini, aniqrog’i,
amrini bajaruvchi shaxslar sifatida gavdalangan.
Tarixchi A. Losev to’g’ri ta’kidlaganidek, asotirlardagi tarixiy davr hali bu
to’la anglangan hodisa emas. U xuddi harakatsizday. «Bizning fikrimizcha, tarix
uchun shaxs kerak, jamiyat kerak, shaxs va jamiyatning bir holatdan ikkinchi bir
holatga o’tishiga ehtiyoj kerak. Asotirlar davrida esa shaxs ham, jamiyat ham,
harakat ham yo’q».
Undan keyingi taraqqiyot yo’li bevosita tarixni anglash yo’li – jahon tarixi,
insoniyat o’tmishi va shu bilan birga aloxida-alohida xalqlar, mamlakatlar,
qolaversa, mintaqalar doirasidagi tarixni o’rganishga olib keldi. Yanga uchinchi
22
ming yillikda dunyo tarixini yangicha nazar bilan o’rganish, uning butun
silsilalari orqali kishilik jamiyati taraqqiyoti, insoniyat tafkkurining mezonlari
hamda bizga meros qolgan buyuk tarixning yorug’ va qorong’u tomonlarini
mumkin qadar o’rganish vazifasi zimmamizda turibdi. Yangi ming yillik
taraqqiyot yo’li bizni o’tmish bilan ana shu tarzda bog’lab turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |