Oltinchidan,
tarixning ruxshunoslik bilan bog’liqji-hatlari bevosita har bir
davr odamlari psixologiyasi, hayotga munosabati, voqelikni idrok qilish
qobiliyati, turmush tarzi bilan belgilanadi. Ularni hisobga olmay, chetga surib
qo’yib, faqat sanalar sanog’i bilan shug’ullanish tarixnavislik nufuzini tushiradi,
mavqeini pa-saytiradi. Muarrixning imkoniyatlari cheklanganligini ko’rsatadi.
Ettinchidan,
tarixnavislikning badiiyat bilan bog’liqligi bu bevosita
muarrix ijodiy uslubi, uning voqea va hodisalarga yondashish usuli, tadqiqot
ob’ektini qanchalik chuqur o’rgansa, o’z xulosalarini shunchalik yoqimli shakl va
jozibali til bilan ifodalab berishi bilan belgilanadi. Ifodada harorat, qalb qo’ri
bo’lishi kerak. Aks holda o’quvchini zeriktiradigan, oxir-oqibatda esa o’z o’tmishidan
ko’nglini sovutadigan bedavo «asar» paydo bo’lib qoladi. Afsuski, bunday asarlar
bizda oz emas.
Endi biz muarrixlar oldida ham tadqiqotchilik, ham fuqarolik burchi turganini,
bir elkamizda tarixga xolislik, ilmiy haqiqat bilan qarash yuki, ikkinchi elkamizda esa
Vatan va Millat oldidagi javobgarlik, o’tmishimizni asrash, ajdodlar ruhini e’zozlash
va kelgusi avlod oldidagi qarzdorlik yuki borligini butun vujudimiz bilan
anglamog’imiz kerak.
Zotan, Prezident Islom Karimov ham: «Tarix sohasida mehnat qilayotgan olim
mutaxassislarga murojaat qilmoqchiman: sizlar millatimizning haqqoniy tarixini
yaratib bering, toki u xalqimizga ma’naviy kuch-qudrat baxsh etsin, g’ururini
uyg’otsin. Biz yurtimizni yangi bosqichga, yangi yuksak marraga olib chiqmoqchi
ekanmiz, bunda bizga yorug’ g’oya kerak. Bu g’oyaning zamirida xalqi-mizning
o’zligini anglashi yotadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o’zlikni anglash
mumkin emas», – degan edi.
Tarix falsafasi real tarixiy jarayonni tafakkur orqali anglash, tarixga inson aqli
va fe’l-atvorining mahsuli, manfaatlar hamda qiziqishlar natijasi sifatida yondashish
va
tushunish,
boshqacha
qilib
aytganda
tarixiy
jarayonning
falsafiy
interpretatsiyasidir.
18
Tarix falsafasi inson va tabiat, inson va jamiyat, odam va olam haqidagi
falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo’lib, unda asosan insoniyat tarixi asoslari,
tarixiy jarayon va uning mohiyati, kishilik jamiyati taraqqiyoti bosqichlari haqida so’z
yuritiladi, ular ilmiy-nazariy tadqiq etiladi.
Tarixni falsafiy idrok etish elementlari qadim-qadimdayoq namoyon bo’lgan.
Insoniyat o’tmishiga nisbatan bo’lgan ilk qiziqishlar asta-sekin qarashlar tizimiga
aylangan. Demak, tarixni falsafiy anglash, insoniyat o’tmishi haqida mushohada
yuritish holatlari antik falsafa va tarixnavislik shakllana boshlagan davrdayoq mavjud
bo’lgan. U inson tafakkurining shakllanish bosqichlari, evolyutsiyasi, insoniyat
taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy ravishda dinamik tarzda rivojlangan. Biroq uni
fanga mashhur frantsuz olimi Volter (haqiqiy ismi Fransua Mari Arue) kiritgan. Ayni
paytda tarix falsafasi turli yo’nalishlarda tadqiq etiladi. Jumladan:
teologik (iloxiyot) tarix falsafasi nuqtai nazaridan borliq, jumladan, inson hayoti Alloh
irodasi orqali boshqariladi, tarixni harakatga keltiruvchi kuch-Alloh irodasi sifatida
talqin etiladi. Boshqacha qilib aytganda o’tmish Alloh irodasi orqali tushuniladi va u
ilohiy mazmun orqali tushuntiriladi;
metafizik tarix falsafasi hech qanday chegaralar va doiralar bilan
cheklanmaydigan, turli shakllarga va ko’rinishlarga kiradigan tushunchalar tizimi
hisoblanadi;
idealistik tarix falsafasiga ko’ra esa, g’oyalar, insonning axloqiy tushunchalari,
ma’naviy-ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat bildiriladi;
insoniyat tarixiga naturalistik yondashish tarix falsafasining yana bir yirik
oqimidir. Unda insoniyat tarixiga va hayotiga tabiat orqali, tarixiy jarayonlarga tabiiy
holat, tabiiy voqelik va tabiat qonuniyati sifatida qarash g’oyasi ilgari suriladi. Inson
hissiyoti va tuyg’usi ham qaysidir darajada tabiat tomonidan boshqariladi, u qanchalik
individuallik kasb etmasin, tabiat mo’’jizasidir. Shuning uchun tabiat orqali olamni
anglash, o’tmishga nazar solish va uni baholash asosiy mezon qilib olinadi.
Naturalistlar qarashlariga ko’ra inson tabiati, fe’l-atvori, xatti-harakati tabiiy holda
yuzaga keladi va shakllanadi;
materialistik tarix falsafasida asosan iqtisodiy omillarga katta e’tibor beriladi. Unda
tarixni yo’naltiruvchi kuch sifatida tarixiy jarayonlar mohiyatini, voqeliklar
mazmunini moddiy ehtiyoj va iqgisodiy zarurat orqali tushunish asos qilib olinadi;
insoniyat tarixiga individualistik va kollektivchilik (jamoachilik) jihatlardan
qarab fikr yuritadigan tarix falsafasi va boshqa yo’nalishlar ham mavjud. Bunda
insonning tarixda va umuman insoniyat taraqqiyotida tutgan o’rnini aniqlashda
individual, ya’ni yakka, aloxida shaxsning hamda jamoatchilik, odamlar guruhi yoki
fuqarolar uyushmasining roli, vazifasi o’rganiladi.
Tarix falsafasida, shuningdek, tarix fani tushunchasi, qonuniyatlari, tarixiy jarayon va
inson, inson mohiyati, fe’l-atvori, xatti-harakatlari, manfaatlari, turmush tarzi, urf-
odatlari, an’analari, qarashlari va e’tiqodlari talqin etiladi. Bu bevosita insoniyat
taraqqiyotida, tsivilizatsiyalar mohiyati va ularning «to’qnashuvi»da kishilik jamiyati
evolyutsiyasi, inson tafakkuri va ehtiyojlari dinamikasi bilan jamiyat rivoji di-
namikasi o’rtasidagi bog’liqlik, renessans hodisasi, uning yuz berishi va inqirozi
sabablari o’rganiladi.
19
Tarix falsafasi ildizlari antik davr allomalari Gerodot va Fukididning tarixiy
harakatga doir qarashlariga borib taqaladi. Keyinchalik u Polibiy, Posidoniy, Plutarx
qarashlarida ancha-muncha shakllandi. Avgustin esa ilohiy davlat tarixi falsafasini
yaratdi va keyingi ming yillarda tarixiy tafakkurning shakllanishida kuchli ta’sir
ko’rsatdi.
XVIII asrga kelib tarix falsafasining yo’nalishlari tubdan o’zgardi. Tarixiy
taraqqiyotda insonning ta’siri, o’rni va roli, tarixga inson qalbi, ichki dunyosi,
ma’naviy-ruhiy olami mahsuli sifatida qarash tamoyillari shakllandi. Biroq bunda
ham turlicha yondashishlar mavjud edi. Chunonchi, Lebnits tarixda metafizika –
kuchlar va g’oyalar ustuvor deb tushunsa, Gegel tarihda inson aql-zakovati va
tafakkurini ustun qo’yadi. XIX–XX asrlarda tarixni anglashda mavhum mantiq va
tarixni bilish nazariyasi bilan bir qatorda A. Shopengauer, Ya. Burkxardt, O.
Shpengler tarixni tushkunlik orqali anglash, A. Toynbi optimizm, marksizm
asoschilari esa tarixiy materializm goyalarini ilgari surdi.
Ayrim mutaxassislar falsafiy tafakkur Yunonistondan to’g’ridan-to’g’ri
Yevropaga ko’chganini, G’arb donishmandlari qadimiy yunon falsafasi ta’sirida
dunyoga kelganini pesh qilishadi. Biroq tarix haqiqati, tsivilizatsiyalarning davriy
harakati buni inkor etadi. Darhaqiqat, yunon falsafasi insoniyat tafakkuri
olamining sarchashmasi. Ana shu fayziyob falsafa vaqt o’tib Sharqqa ko’chdi.
Sharqda rivojlanib, miqyosi kengayib, Sharq falsafiy tafakkur maktabi vujudga
keldi va butun insoniyat tafakkur tarzini keskin o’zgartirib yubordi. Aniqroq qilib
aytganda, G’arb ana shu buyuk maktabning baxtiyor tolibi, vorisi va
davomchisidir.
Shunday qilib, Sharqda tarixni falsafiy anglashning o’ziga xos
yo’nalishlari bir necha ming yillik taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. Garchi u
tarixshunoslik, tarixnavislik, manbashunoslik, falsafa va boshqa sohalar singari
aniq bir yo’nalish sifatida shakllanmagan bo’lsa-da, ayni ana shu sohalar bilan
birga
demografiya,
madaniyatshunoslik,
aholishunoslik,
sotsiologiya,
ruhshunoslik va boshqa ijtimoiy fanlarning yaxlit, ularning barcha talablarini
o’zida mujassam etgan tarixiy-badiiy, falsafiy-mantiqiy tadqiqot sifatida yuzaga
keldi. Buni biz Beruniyning «Al-Javohir», «Tavdid» singari asarlaridan tortib
Mirxondning «Ravzat-us-safo» hamda Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher
Navoiy, Zaxiriddin Bobur va boshqalarning qator asarlari misolida ko’rishimiz
mumkin.
Demak, Sharqda tarix falsafasi tushunchasi o’ziga xos jihatlarga ega.
Forobiy qarashlariga ko’ra jamiyat taraqqiyotini iloxiy qonunlar boshqaradi. U
Aristotelning jamiyat rivojlanishi haqidagi ta’limotini ilk marta juda chuqur
taxlil etdi va uni o’z xulosalari bilan boyitdi. Beruniy esa tarixiy taraqqiyot
bosqichlarini tabiat, astrologiya, astronomiya, kecha va kunduz, fasllar
almashuvi orqali o’rganadi va o’zining «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan
qolgan yodgorliklar» asarlarida insoniyat tarixiga falsafiy nuqgai nazardan
yondashadi, tarixni anglash, idrok etishda butunlay yangicha qarashlarni o’rtaga
tashlaydi. Aytish mumkinki, Beruniy dunyo tarixshunosligida asotirlar,
afsonalar va rivoyatlardan ilmiy bilish va dunyoviy ta’limotga o’tishda muhim
hissa qo’shdi. U Gerodotdan Shopengauer va Shpenglergacha, Fukididdan
20
Toynbi va Yaspersgacha bo’lgan uzundan-uzoq davrda misli ko’rilmagan falsafa
va tafakkur ko’prigini bunyod etdi.
Sharq tarix falsafasi bir necha yo’nalishlarda ko’zga tashlanadi: jumladan,
podsholiklar tarixi yuksak badiiy ifodalar, xarakterlar, obrazlar, munosabatlar
orqali ochib beriladi. Voqealar taxlili ibratli xikoyatlar, pand-nasihatlar, yuksak
axloqiy me’yorlar bilan mushtarak holda olib boriladi: Ayrim hollarda tarixga
jug’rofiy-hududiy jihatdan yondashiladi. Sayohatnomalar orqali jamiyat tarixi
yaratiladi, podsholiklarning boshqaruv usuli, siyosati, uning mohiyati ochib
beriladi.
Ma’lumki, insoniyat taraqqiyoti bevosita tafakkur va qarashlar
taraqqiyotidir. Vaqt o’tgan sari tafakkurning yangidan-yangi qirralari ochilishi,
o’zining beqiyos imkoniyatlarini namoyon etishi tabiiy. Ana shuning natijasida
odam va olam, inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar tobora takomillashib
borgani sayin uning yaxlit tarixida izchil rivojlanish hodisasi yuz beradi. Dastlabki
odamlarning ibtidoiy xatti-harakatlaridan buyuk tsivilizatsiyalar va renessans
hodisalarigacha bo’lgan inson tafakkuridagi rivojlanish hodisasi asrlar, ming
yilliklar bilan o’lchanadigan umumjahon tarixiy taraqqiyotining yaxlit
evolyutsiyasini qamrab oladi.
Vaqt o’tgan sari insoniyat tafakkuri kengayib, ijtimoiy fanlar taraqqiy topib
borgani natijasida tarix falsafasi tushunchasi atrofidagi mushohadalar ham
kengaydi, mulohazalar ancha tiniqlashdi. Ijtimoiy fanlarning muhim yo’nalishi
sifatida uning predmeti va tadqiqot ob’ektiga aniqlik kiritildi. Natijada u bugungi
kungacha bo’lgan o’ziga xos, katta va salmoqli taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi.
Biroq ilmiy izlanishning chegarasi yo’q. Ana shu ilmiy haqiqatdan kelib chiqib,
hozirgi zamon tarix falsafasi oldida turgan eng muhim vazifalar nimalardan iborat,
degan haqli savol tug’iladi. Bizningcha, bu quyidagilarni qamrab oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |