www.ziyouz.com
kutubxonasi
340
Chu mazra’ ichra sochting har ne dona,
Hamul dona, ko‘targung jovidona.
Chu mahsulidin o‘lmas kimsa qochmoq,
Keraktur yaxshiliq tuxmini sochmoq
Ki, Xusrav zulm tig‘in urdi chun tez,
Ham urdi zulm tig‘i charxi xunrez.
Agar Sheruya dog‘i etti bedod,
Anga dog‘i falakdin yetti bedod.
Chu ul bu ishni qildi bemadoro,
Xilofat ko‘sin urdi oshkoro.
Chiqib taxt uzra qo‘ydi boshig‘a toj,
Qoshida tojvarlar bo‘ldi muhtoj.
Chekib Bonuni o‘tkan mojarog‘a.
Sanam aqdida so‘z soldi arog‘a.
Dedi Bonuki: «Mahvash notavondur,
Mizojida takassurdin nishondur.
Agar zotig‘a sihhat qilsa yori,
Erur o‘z ilgida o‘z ixtiyori.
Necha ul oydin ayru kishim yo‘q,
Vale har ishki ul qilsa, ishim yo‘q.
O‘zi birla hikoyat qilmoq avlo,
Tamannoni rivoyat qilmoq avlo.
Chu oshiq johil erdi, ishq-qattol,
Sanam ollig‘a holin qildi irsol
Ki, bir ko‘rmak bila husningni, ey hur,
Ul o‘tdin ko‘nglum andog‘ bo‘ldi mahrur
Ki, andin shu’la chun jonimg‘a tushti,
Qurushmoq tandag‘i qonimg‘a tushti.
Manga andoqki ul o‘t soldi rartav,
Ne Farhod ul sifat kuydi, ne Xusrav.
Dalil istar esang, da’vo surubmen
Ki, ishqingda atomni o‘lturubmen.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |