www.ziyouz.com
kutubxonasi
329
Tafakkur birla ko‘p aylab taammul.
Necha kun qayg‘udin kulgusi kelmay,
Necha tun vahmidin uyqusi kelmay.
Agarchi bu umid aylab ani shod
Ki, Shirindur aning, chun bordi Farhod.
Vale bu vahmdin har lahza g‘amgin
Ki, netgay kinig‘a, charx aylasa king‘
Kelib chun jahl g‘olib, nafs tolib,
Bo‘lub ul nafs jo‘yoyi matolib.
Muni bilmayki, tutqon zahrlik jom,
Qilur ham zahr oshomin saranjom.
Fatila dog‘ uchun o‘t solsa har dam,
Agarchi kuydurur, lekin kuyar ham.
Yilondin kimga zaxmi bo‘lsa hodis,
Hamul zaxm-o‘q bo‘lur qatlig‘a bois.
Dedi: «Bu ish kerakmas erdi mundoq,
Chu bo‘ldi, bo‘lmas ishda sust bo‘lmoq».
Yibordi kordonlar qal’a sori,
Berib har birga so‘zning ixtiyori
Ki, arz aylab sitam, taslim dog‘i,
Umid etkaylar ifsho, biym dog‘i.
Ko‘p afsunlar bila bo‘lub mulozim,
Iki tavsanni qilg‘aylar muloyim.
Fusungarlar chu bu guftor topib,
Borib qo‘rg‘on ichinda bor topib;
Debon Bonug‘a jondin ko‘p sanolar,
Yana mahvashqa andin ko‘p duolar.
Debon Xusravdin oncha mehribonliq,
Niyozu ajz birla notavonliq.
Fusundin ko‘rguzub oncha daloyil
Ki, Bonuni qilib ul ishka moyil.
Kirib arkoni davlat ham arog‘a,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |