www.ziyouz.com
kutubxonasi
184
Qorortib olam ahli ro‘zgorin.
Qadi ozoda jannat savsanidek,
Yuzi gul, lek o‘zi gul xirmanidek.
Harorat otashin la’lidin oshib,
Hamul gul xirmanig‘a o‘t tutoshib.
Sharar qilg‘och ul o‘tdin mayli aflok,
Quyosh boshdin-ayog‘in o‘rtabon pok,
Zaqan davrida andoq xatti mavhum
Ki, qilg‘ay oni solim savq ma’lum.
Nechukkim mehr yonida hiloli,
Ko‘runur yo ko‘runmasdin xayoli.
Bu davrikim ani tasvir etib vahm,
Og‘izni nuqtasi taqdir etib vahm.
Quloqda durri nobi gavhari ham,
Qamar davrida Zuhra, Mushtari ham.
Qadu oraz bila shamshodu gulfom,
Ne shamshodu ne gul, sarvi gulandom.
Qadi ruh ofati chobukluk ichra.
Beli jon rishtasi nozukluk ichra.
Bo‘yu jismin deyolmon quchqu yanglig‘,
Paridek chustluqdin uchqu yanglig‘.
Labidin jon tomib bisyor-bisyor,
So‘zidan shahd oqib xirvor-xirvor.
Labidin tomibu oqib latofat,
Yuzidin oqibu tomib malohat.
Bo‘yida hullalardin ruh olib qut,
Vale alvonidin yuz aql mabhut.
Qilib kirrik o‘qidin tiyrboron,
Nechukkim tog‘ aro abri bahoron.
Labining har so‘zi yuz jong‘a ofat,
Sochi har tori ming imong‘a ofat.
Bu yanglig‘ qotiloso kelsa ko‘zga
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |