www.ziyouz.com kutubxonasi
142
Demay yo‘l qat’ig‘a chunkim qo‘yub yuz,
Kechani kechau kunduzni kunduz.
Yetib Xoqon yana Chin kishvarig‘a
Nabi ul nav’kim din kishvarig‘a.
Tushub taxtig‘a shohi kishvaroroy,
Aningdekkim sharaf burji aro oy.
Qo‘yub Farhod chun Chin shahrig‘a gom,
Taraddud ichra tutmay ko‘ngli orom.
Qilib ko‘zgu xayolining umidin,
Tilab filhol maxzanlar kalidin.
Eshiklarni ochib qolmay qarori,
Sarosima yugurdi ko‘zgu sori.
Ko‘rungach ul bulurin raykari pok,
Bo‘lub andeshalig‘ ko‘ngli tarabnok.
Tushurdi ul latofat huqqasini,
Latofat yo‘qki, ofat huqqasini.
Kalidin istabon xozindin olib,
O‘zin yuz ming balo bandig‘a solib.
Kalid aylab zabona shaklidin til,
Bo‘lub oni ochar man’ig‘a qoyil.
Tutub qufl og‘zi zulfinini mahkam,
Yetib imo oni ochmasqa ul ham.
Urub zulfini qufl ichinda yuz rech
Ki, ya’ni bu xatarliq fikrdin kech.
Kishi taqdirdin bo‘lmas chu qochib,
Chiqordi ko‘zguni sanduqni ochib.
Ko‘rub ul nav’kim mir’oti xurshed,
Jahonni ko‘rguzub chun jomi Jamshed.
Tushub ko‘ngliga hayratdin sharora,
Aning ruxsorig‘a qildi nazora.
Ne ko‘rdi: turfa dashti nozrarvard,
Ko‘runmay sahnida juz sabzai dard.