Tajriba qurilmasi
Tajriba qurilmasini 20-rasmga asosan yigʻing. Dastlab yoʻrugʻlik toʻsilishi
sezuvchi datchikli ramka oʻrnatiladigan poʻlat ustunlarni yigʻing. Keyin Maksvel
diskli sterjenni shunday oʻrnatingki, disk oʻqi ikki uchi bir sathda boʻlsin. Tajribani
boshlashdan oldin diskni pastga va yuqoriga bir necha marta harakatlantirsangiz
yaxshi natijaga erishasiz.
Ulash kalitini boshaqarish blokiga ulang. Shkalali oʻlchagichni U-simon tutgichga
oʻrnating. Shkala koʻrsatkichi yuqoridan disk oʻqining eng yuqori holatiga
toʻgʻrilangan boʻlsin. Bunday holati tajriba davomida oʻzgarmasligi kerak. Eng
quyi koʻrsatkichi esa yorugʻlik nurini toʻsish nuqtasi oʻrni bilan barobar boʻlsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |