Tajriba qurilmasi: Izohlar: Oʻlchanayotgan intensivlik juda past va shuning uchun u atrofdagi jismlardan nurlanish interferensiyalariga nihoyatda sezgir: Oʻlchash vaqtida termoelektrik batareyalarga aslo qoʻl tegizmang. Termoelektrik batareyalarga yaqin joyda, ayniqsa ular oldida ishlamang. Tajriba davomida xona temperaturasining oʻzgarishidan xoli boʻling. Boshqa nurlanish manbalarning aralashishiga yoʻl qoʻymang; zarur boʻlsa, yigʻmani karton bilan ekranlashtiring. Zarur boʻlsa, xonani qorongʻulashtiring. 93-rasm. Stefan-Bolsmanning issiqlikdan nurlanish qonunini tasdiqlash uchun tajriba qurilmasi. Oʻrinlar haqidagi malumotlar kichik optik kursidagi Leybold multiqisqilarining chap tarafidan boshlangan. Tajribani boshlashdan oldin, mikrovoltmetr 10 minut davomida qizishiga imkon bering.
240
Qurilmaning orqa qismida joylashgan asosiy ulab uzgich yordamida mikrovoltmetrni elektr tarmogʻiga ulang. 93-rasmda tajriba qurilmasi tasvirlangan.