Tajribani oʻtkazish tartibi:
- Lazer optikasi tayanch plitasiga mexanik zarbalardan ehtiyot boʻling (masalan
stolni silkitmang va urmang)
- Qurilmada havo oqimlariga yoʻl qoʻymang, masalan nafas olish yoki yelvizaklar
- Yarim shaffof ekranda (h) interferension chiziqlarni sanash mumkin boʻlgan,
intensivliklar maksimumlarining oʻrnini belgilang.
- Reduktor dastasiga yengilgina qoʻlingizni qoʻyib, reduktorni to chiziqlar
harakatlanishni boshlamaguncha, sekin va bir tekis aylantiring (sizga bir necha
aylantirish talab qilinishi mumkin)
- Shundan soʻng, reduktorni kamida yana bir marta toʻliq aylantiring.
- Reduktorni aylantirishni davom eting va shu bilan birgalikda. interferension
chiziqlarning belgidan oʻtishini va reduktor aylanishlar sonini qayd qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |