Bog'liq 1. 1-qism. “Iqtisodiyot” fanining predmeti va bilish usullari
Iqtisodiyot nazariyasi faniga kirish 5
Ayirboshlash yaratilgan ne’matlar va boyliklarning ishlab chiqaruvchilari va
iste’molchilarini bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa, ya’ni – ayirboshlash jarayoni pul va unga
tenglashtirilgan vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Takror ishlab chiqarishning oxirgi bosqichi iste’mol jarayonidir. Bu
jarayonda tovarlar va xizmatlar o‘zlarining pirovard iste’molchilarini topadi hamda
turli xil ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Iste’mol ikki turga bo‘linadi:
unumli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ishlab
chiqarish jarayonida foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. Iste’mol buyumlari
shaxsiy iste’mol jarayonida foydalaniladi va shu orqali ularning o‘rniga yangisini
ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo‘ladi.