hujayralari va nerv tomirlari birgalikda nerv sistemasini hosil qiladi.
Planariya nerv sistem asi yordam ida har xil ta ’sir (harorat, suvning
tarkibi, m exan ik ta'sir)ni, ko'zlari yordam ida y o r u g 'lik n i sezad i.
Paypaslagichlar, teri va ko'zlar sezgi organlari hisoblanadi.
J in s iy s is te m a s i va k o 'p a y ish i.
Tanasining oldingi qismida oval
shakldagi ikkita urg'ochilik ko'payish organi — tuxumdonlar, tanasining
o'rtaroq qismida esa juda ko'p erkaklik ko'payish organlari — pufakka
o'xshash urug'donlar joylashgan. Bu organlar uning jinsiy sistem asini
tashkil etadi. Tuxumdonlarda tuxumlar, urug'donlarda esa spermatozoidlar
hosil bo'ladi. Tuxum hujayrasi organizm ichida urug'lanadi. Urug'lanishda
ikkita planariya yaqinlashib, urug' hujayralari almashinadi. Urug'langan
tuxumlar sariq m odda bilan qoplanadi va to'p —to'p qilib pilla ichiga
Do'stlaringiz bilan baham: |