7-ma`ruza: O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. (2-soat)



Download 274,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana15.02.2022
Hajmi274,09 Kb.
#449485
  1   2
Bog'liq
7-ma`ruza



7-ma`ruza: O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar.
(2-soat). 
 
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va 
rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil 
oshirib borish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning 
ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash, yo‘l-
transport 
muhandislik-kommunikatsiya 
va 
ijtimoiy 
infratuzilmalarni 
rivojlantirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini 
rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Nodavlat 
notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga 
oshirishdagi ishtiroki. 
O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 
Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini 
yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni 
shakllantirish.
 
Aholini ijtimoiy himoyalashga alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekistonda 
islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonga munosib
turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilangan 
edi. Bozor munosabatlariga o‘tishning ilk davridan boshlab aholini oldindan 
ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rib borildi. Shu 
maqsadda miqdori muntazam o‘zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, turli
nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to‘lovlari tarzidagi pul to‘lovlari keng 
qo‘llanildi.
Mamlakatning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya va moddiy yordam oladi. 
Bunday to‘lovlar miqdori 2000 yilda 187,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Faqat 2000 yilning o‘zida aholining kam ta’minlangan qismiga 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari- mahalla yig‘inlari orqali 54,2 
mlrd. so‘m miqdorida nafaqa, ko‘mak va boshqa turdagi yordamlar berildi. 
Mustaqillik yillarida mamlakatda 70 mln. kv.m. turar joylar, 19,5 ming 
o‘rinli kasalxonalar, 95,7 ming marta tashrifli poliklinikalar, 805,9 ming o‘rinli 
maktablar, 15,3 ming o‘rinli akademik litseylar, 126,5 ming o‘rinli kasb-hunar 
kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi.
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash va gazlashtirish bo‘yicha keng 
qamrovli dasturlar amalga oshirilmoqda. 1991-2000 yillarda 22,6 ming km. Suv 
quvurlari va 54,1 ming km. gaz tarmoqlari yotqizildi. Aholining uy-joylarini 
gazlashtirish darajasi 46,2 foizgacha, ichimlik suvi bilan markazlashgan holda 
ta’minlash esa 64,2 foizdan 77,6 foizgacha ko‘tarildi.
Yosh 
oilalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda. 
Respublikada aholiga tibbiy va ijtiomiy xizmat ko‘rsatishning rivojlangan
tizimi bunyod etildi. Mustaqillik yillarida ambulatoriya-poliklinika 
muassasalarining soni3 mingdan 4,8 minggacha yoki 1,6 baravar ortdi. Qishloq 
joylairda 1600 ta vrachlik punktlari ochildi.


Aholiga 81,5 mingdan ortiq shifokorlar turli ixtisosliklar bo‘yicha 
malakali tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.
1994 yilda aholining dori-darmonga bo‘lgan ehtiyoji Respublikada ishlab 
chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo‘g‘I 4,5 foizga qondirilar edi. 2003 yilga 
kelib, katta miqdorda sarmoya jalb etilganligi hisobidan, bu ko‘rsatkich 25 
foizgacha o‘sdi. 
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqaruv 
tizimi tubdan o‘zgartirildi, xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga mos yangi 
tizimi yaratildi. Bozor infratuzilmasi asoslari barpo qilindi. Mamlakatimiz 
iqtisodiy tanazzul davridan o‘tib oldi, makroiqtisodiy va moliyaviy 
barqarorlikka erishildi, iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi zarur shart-sharoitlar 
vujudga keldi. Xususiy mulkchilikning huquqiy asoslari yaratildi. Davlat 
mulkini xususiylashtirish natijasida ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Eng 
muhimi, odamlarimizning tafakkuri, hayotga bo‘lgan munosabati tubdan 
o‘zgarmoqda. Turmush darajasi, oilasining farovonligi o‘ziga bog‘lik ekanligini 
tushunib etayotgan odamlar tobora ko‘payib bormoqda
Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotinig muhim sharti 
va kafolatidir.
Biron-bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida 
ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini 
uyg‘otmay va mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila 
olmaydi. SHuning uchun ham jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish O‘zbekiston 
taraqqiyotining ustivor yo‘nalishi deb belgilandi.
Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar 
hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning oqibatida 
xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum 
bo‘lgan. Ayniqsa, chor mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy 
qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy 
merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjidu-madrasalar, milliy maktablar,
tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O‘zbekiston davlat mustaqilligini
qo‘lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni
tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati 
darajasiga ko‘tarildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni 
ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi. 
Mustaqillik yillarida boy ma’naviy merosimizni tiklash tadbirlari
amalga oshirildi. Milliy madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga
buyuk hissa qo‘shgan bobolarimiz-Imom Buxoriy, Imom Termiziy, 
Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Ahmad YAssaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy,
Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqa
ko‘plab ajdodlarimizning milliy va ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, 
tavallud topgan kunlari butun mamlakat bo‘yicha nishonlandi, ruhlari shod 
etildi, asarlari nashr etildi. Ularning ma’naviy merosi bugungi kunda
xalqimizga yangi jamiyat qurishda ma’naviy kuch-qudrat bag‘ishlamoqda,
jamiyatimizni ma’naviy yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 


Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini
bilish, milliy axloqiy qadriyat hamda an’analar va muqaddas dinimizning o‘rni 
va ahamiyati katta. Biron-bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan 
ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o‘z kelajagini 
tasavvur eta olmaydi. SHu bois mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan 
xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o‘quv maskanlarida Vatan 
tarixini o‘qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi.
O‘zbek xalqi va o‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa 
sahifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident 
I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo‘lgan 
suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda qabul qilingan 
«O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini 
takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorida belgilab berildi.
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o‘rganish masalalari 

Download 274,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish