Bajarilgan ishning tahlili va baholash: 1. ish bajarilishida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni aniqlash;
2. xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida to‘g‘rilash;
3. namunali, sifatli va chiroyli bajarilgan ishlarni rag‘batlantirish.
Bargning xususiyatlari va shakllari shunday xilma-xilki, applikatsiyalar
yasashda ulardan asosiy material sifatida ham, yasalgan narsalarga bezak berish
materiali sifatida ham foydalanish mumkin. Bu ishlarni bajarish o‘quvchilarni
estetik didini, tasavvurini oshiradi va ijodiy izlanishi va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini
o‘stirishga yordam beradi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida
tarbiyalash, ijodkorlik qobiliyatlari, ko‘nikma va shaxs xislatlarining shakllanishida
muhim bosqich bo‘lib, o‘quv fanlari va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ijodiy
yondashish, ta’lim jarayonini integratsiyalash asosida tashkil etishga zamin bo‘ladi.