O karimova huquqshunoslik



Download 360,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/184
Sana15.02.2022
Hajmi360,45 Kb.
#449246
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   184
Bog'liq
huquqshunoslik

Zarar yetkazish
— bu g‘ayriqonuniy harakat (hara 
-
katsizlik) tufayli fuqarolarning shaxsiga yoki mol-mulki-
ga zarar yetkazish deb taniladi.
Zarar yetkazish bir necha turlarga bo‘linadi:
œ
zaruriy mudofaa holatida zarar yetkazish;
œ
oxirgi zarurat holatida zarar yetkazish;
œ
yuridik shaxs tomonidan yetkazilgan zarar;
œ
xodim tomonidan yetkazilgan zarar;
œ
huquqni himoya qiluvchi organlar tomonidan
yetka zilgan zarar;
œ
zararning o‘z javobgarligini sug‘urtalagan shaxs to -
mo nidan to‘lanishi;
œ
o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar
tomonidan keltirilgan zarar;
œ
o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan
voyaga yetmaganlar tomonidan yetkazilgan zarar;
œ
ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-ona 
-
ning voyaga yetmagan bolalari tomonidan yetkazilgan
za-rari uchun javobgarlik;
œ
muomalaga layoqatsiz deb topilgan muomala layo -
qati cheklangan fuqarolar tomonidan yetkazilgan zarar
uchun javobgarlik;
œ
tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tug‘diradigan
faoliyat tufayli yetkazilgan zarar;
œ
uy hayvonlari tomonidan yetkazilgan zarar va
boshqalar.
Har bir zarar yetkazish uchun qo‘llaniladigan jazo
choralari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Ko 
-
dek sida alohida-alohida belgilangan.
Masalan, zaruriy mudofaa holatida yetkazilgan zarar,
agar bunday mudofaa chegarasidan chiqilmagan bo‘lsa,
to‘lanmaydi.
Agar g‘ayriqonuniy tajovuzdan himoyalanish paytida
himoyalanuvchi uchinchi shaxsga zarar yetkazgan bo‘lsa,
IV b o b. Fuqarolik huquqi asoslari


70
Huquqshunoslik
bu zarar tajovuz qilgan shaxs tomonidan to‘la 
nishi lo 
-
zim.
Shaxsga uning jinoiy harakatlarining payini qirqish
yoxud uni ushlash va tegishli organlarga olib borish
sababli yetkazilgan zarar to‘lanmaydi.
Oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar, ya’ni zarar
yetkazgan shaxsning o‘ziga yoki boshqa shaxslarga tah-
did solgan xavfni bartaraf etish uchun oxirgi zarurat ho-
latida yetkazilgan zarar, agar bu xavf mazkur holatlarda
boshqa vositalar bilan bartaraf eti lishi mumkin bo‘lmasa,
zarar yetkazgan shaxs tomonidan to‘lanishi lozim
(Fuqarolik Kodeksi, 988-modda).
Yuridik shaxs yoxud fuqaro o‘z xodimi (xizmat,
lavozim) majburiyatlarini bajarib turgan vaqtda yetkazil-
gan zararni qoplaydi.
Davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqa rish
organlarining yoki bu organlar mansabdor shaxs 
lari ning
qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida, shu
jumladan, davlat organlari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari tomonidan qonun hujjat 
lariga mos
kelmaydigan hujjatlar chiqarilishi natijasida fuqaroga
yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, ular mansabdor
shaxslar ning aybidan qat’i nazar, sudning qarori asosida
qop lanishi lozim.
Qonunga xilof tarzda hukm etish, qonunga xilof
tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi si 
-
fatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda
bo‘ lish haqida tilxat olishni qonunga xilof qo‘llash,
qamoq tariqasida ma’muriy jazoni qonunga xilof
tarzda berish natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar
surish tiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va
sudning mansabdor shaxslari aybidan qat’i nazar, qo-
nunda belgilangan tartibda davlat tomonidan to‘la
to‘lanadi.
O‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan (ki chik
yoshdagi bola) tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning
ota-onasi (farzandlikka oluvchilari) yoki vasiylari, agar


71
zarar ularning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay ol-
masalar, javobgar bo‘ladilar.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan vo -
yaga yetmaganlar yetkazilgan zarar uchun umumiy
asoslarda mustaqil javobgar bo‘ladilar.
Sud ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-
onaga ularning voyaga yetmagan bolalari tomonidan
ota-onasi o‘z huquqlaridan mahrum qilinganidan keyin
uch yil ichida sodir etilgan zarar uchun, agar bolaning
zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan xulq-atvori ular bolani
tarbiyalash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini lozim darajada
bajarmaganliklarining oqibati bo‘lsa, javobgarlikni yuk-
lashi mumkin.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati
cheklangan deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan
zararni uning vasiysi yoki uning ustidan nazoratni amalga
oshi rishi shart bo‘lgan tashkilot, agar zarar ularning aybi
bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasa, to‘laydi.
Faoliyati tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tug‘di -
radigan yuridik shaxslar va fuqarolar (transport tashkilot-
lari, sanoat korxonalari, qurilishlar, transport vositalari 
-
ning egalari va boshqalar) oshiqcha xavf manbayi yetkaz-
gan zararni, agar zarar bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuch
yoki jabrlanuvchining qasddan qilgan harakati oqibatida
yuzaga kelganini isbotlay olmasalar, to‘lashlari shart.
Uy hayvoni tomonidan yetkazilgan zarar uchun
uning mulkdori yoki bu hayvonga egalik qiluvchi va un-
dan foydalanuvchi shaxs umumiy asoslarda javobgar
bo‘ladi.

Download 360,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish