A. Topshiriqni mehnat qonuniga kiritilgan yangiliklar
asosida bajaring.
B. Rahbarga qonun doirasida ish ko‘rish lozimligini isbot-
lab bering.
6. Bolasi 3 yoshga to‘lgunga qadar o‘z hisobidan ta’til ol-
gan xodim ishga bir oy oldindan keldi va ariza berdi. Rahbar
uning o‘rnida boshqa xodim ishlashini, unga bir oydan
keyingina xodimni o‘z vazifasiga qo‘yishini bildirdi.
A. Kim haq?
B. Xodim o‘rniga ishga olingan shaxs bilan mehnat
munosabati qanday tugatiladi?
Topshiriqni qonun asosida bajaring.
7. 17 yoshli xodim ishdan bir soat oldin ketishini bildirib,
rahbardan ruxsat so‘radi. Rahbar hamma bilan bir vaqtda ish-
dan ketish kerakligini aytdi.
A. Kim haq?
B. Voyaga yetmagan shaxs kuniga, haftasiga necha soat
ishlaydi?
8. Bob mavzulariga oid 5—10 ta test tuzib keling.
104
Huquqshunoslik
105
VI b o b. Oila huquqi asoslari
Do'stlaringiz bilan baham: |