Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларни ривожлантириш вазирлиги



Download 425,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana14.04.2020
Hajmi425,69 Kb.
#44743
  1   2   3
Bog'liq
multimedia dasturij taminoti va multimedia kompanentalari


 

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ АХБОРОТ 

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА КОММУНИКАЦИЯЛАРНИ 

РИВОЖЛАНТИРИШ ВАЗИРЛИГИ 

 

ТОШКЕНТ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ 

УНИВЕРСИТЕТИ 

ФАРҒОНА ФИЛИАЛИ 

Ахборот-таълим технологиялари кафедраси  

 



 

МАХСУС ФАНЛАРНИ ЎҚИТИШ  МЕТОДИКАСИ”  

 

Фанидан  



МУСТАҚИЛ ИШ

 

 

 



 

 

 



 

Топширди 620-12 гурух талабаси:                                               Обиджонов М 

                    Қабул қилди:                                                                                    Ж.М.Мўминов 

 

                                               Фарғона – 2015 



 

 

 

 

Bayon etishda induktiv va deduktiv usullarni qo‟llash. 

Reja: 

I. Kirish 

II. Nazariy qism 

2.1 O„qituvchining o„quv materialini og„zaki bayon etish metodikasi 

2.2  O„qituvchi  nutqining  texnikasi.  O„quvchilarni  yangi  bilimlarni  suxbat 

metodida bayon etish. 

2.3 Induktiv va deduktiv fikrlash. Chala va to‟la induksiya. 

III. Amaliy qism  

IV. Ilova 

V.Xulosa  

VI. Foydalanilgan adabiyotlar 

 

I.Kirish 

 Kadrlar  tayyorlash milliy dasturida ta‘lim muassasalarining moddiy texnika 

bazasini  mustahkamlash  o‘quv  jarayonini  ilg‘or  pedagogik  texnologiyalar  bilan 

taminlash dolzarb vazifalar qatorida belgilangan. 

O‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi oldida qo‘yilgan vazifalarga muvofiq ta‘lim 

muassasalari  ta‘lim-tarbiya  jarayonining  samaradorligini  oshirish  ilm-fanning 

so‘nggi yutuqlari amaliyotiga joriy etish orqali ijodkorning ijtimoiy faol ma‘naviy 

boy  har  tomonlama  bilimdon  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  ruhida 

tarbiyalangan  ijodiy  va  mustaqil  fikr  yurita  oladigan  barkamol  shaxsni  kamolga 

yetkazish kabi qator vazifalarni amalga oshirish lozim.  

«Ta‘lim  tug‘risida‖gi  qonun  ,‖Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi‖  uzluksiz 

ta‘lim  tizimining  barcha  bug‘inlari  (maktabgacha  tarbiya,  boshlang‘ich  ta‘lim, 

o‘rta  maktab,  o‘rta  maxsus  kasb-hunar  ta‘limi,  oliy  ta‘lim,  malaka  oshirish  va 

qayta  tayyorlash  muasasalari  magistratura,  doktarantura)  oldiga  jiddiy  vazifalarni 

qo‘ygan.  O‘zbekiston  Respublikasida  ta‘lim  tizimini  tubdan  isloh  qilish  va  qayta 

ko‘rishning  asosiy yo‘llari, vositalari strukturaviy tuzilishi belgilab berilgan. 

Uzluksiz  ta‘lim  tizimining  har  bir  turi  kabi  ta‘limi  ham  yangi  pedagogik 

tafakkur  egasi,  munosib  shaxs,  o‘z  ishining  ustasi  bo‘lgan  o‘qituvchiga  zarurat 

sezmoqda. 

 Har  bir  o‘qituvchi  mutaxasis  sifatida  o‘z  fanini  ilmiy  va  nazariy  jihatdan 

chuqur  o‘zlashtirgan,  pedagogik-psixalogik  hamda  metodik  bilim,  ko‘nikma  va 

malakalarni  egallagan,  ta‘lim-tarbiya  jarayonining  samaradorligini  oshirishga 

imkon  beradigan  zamonaviy  pedagogik  va  axborot  texnologiyalaridan  xabardor, 

ularni ta‘lim jarayoniga qo‘llash olish malakalariga ega bo‘lishi lozim. 

Mamlakatimizda  akademik  litseylarning  faoliyat  ko‘rsata  boshlashi  ilmga 

chanqoq  yoshlarni  tayyorlashda  muhim  ahamiyat  kasb  etishini  butun  jahon  tan 

olmoqda. 


II. Nazariy qism 

2.1 O„qituvchining o„quv materialini og„zaki bayon etish metodikasi 

O‗quvchilarga  o‗quv  materialini  bildirishning  asosiy  metodlaridan  biri  o‗z 

ichiga  :  so‗zlab  berish,  tushuntirish,  ma‘ruzani  og‗zaki  bayon  etishdir.  Bularning 

xammasida  ta‘lim  berishning  faqat  bir  vositasidan  –  o‗qituvchi  so‗zidan 

foydalaniladi.  

So‗zlab  berish  o‗quv  materialini  hikoya  tarzida  bayon  etishni  ko‗zda  tutadi. 

Bu  metod  o‗quv  materiali,  asosan,  tavsifi  xarakterda  bo‗lib,  mantiqiy  izchilligi 

bilan  farq  qiladigan xollarda  qo‗llaniladi.  Tushuntirish.  O‘quv  materialini og‘zaki 

bayon  etishni  ko‘zda  tutadi.  Tushuntirish  jarayonida  o‘qituvchi  solishtirish, 

taqqoslash,  deduksiya,  induksiya,  asoslash,  qonuniyatlar  chiqarish  va  shu 

kabilardan  foydalaniladi.  Tushuntirish,  asosan,  xususiy  va  aniq  ma‘lumotlarni 

bildirishda qo‘llaniladi.  

Ma‘ruza, so‘zlab berish va tushuntirishdan farqli o‘laroq, ancha aniq tuzilgan 

bo‘ladi. Ma‘ruzalar, odatda o‘quv dasturining yirikroq, prinsipial muxit masalalari 

yuzasidan  o‘qiladi.  Ma‘ruzada  o‘quv  materiali  yaxlit  va  izchillik  bilan  bayon 

etiladi,  o‘zaro  bog‘langan  tushunchalar,  qonuniyatlar  sistemasi  ochib  beriladi, 

kursning turli mavzulari orasida ichki bog‘lanishlar o‘rnatiladi.  

Ma‘ruza  so‗zlab  berishga  qaraganda  uzoq  davom  etadi  va  o‘quvchilarning 

yozib  borishini  ko‘zda  tutiladi.  Ma‘ruzani  eshitish  so‘zlab  berishni  eshitishga 

qaraganda  qiyinroq,  chunki  ko‘proq  diqqat  e‘tiborni  talab  etadi.  Metodik  usul 

nuqtai  nazaridan  olganda  so‘zlab  berish,  tushuntirish  xamda  ma‘ruza  juda  ko‘p 

umumiylikka  ega,  shu  sababli  umuman  og‘zaki  bayon  etish  metodikasini  ko‗rib 

chiqamiz va har qaysi metodning o‗ziga xos xususiyatlarini qayd etamiz.  

Og‗zaki  bayon  etishga  tayyorgarlik  ko‘rishda  shuni  nazarda  tutish  zarurki, 

o‘quvchilar  yangi  materialni,  odatda,  u  tegishli  mantiqiy  izchillikda  qism  – 

porsiyalab  bayon  etilgan  taqdirdagina  ancha  samarali  o‘zlashtiradilar.  O‘quv 

materialining  har  bir qismi  nisbatan  tugal mazmunga  ega  bo‘lishi kerak.  Bayonni 

rejalashtirishda  materialni  asosiy  masalalar  mumkin  qadar  kam  bo‘ladigan  tarzda 

tuzishga xarakat qilish zarur. Tajribadan ma‘lumki, o‘quvchilar 2-3 ta asosiy fikrni 


oson, to‘rt yoki beshta asosiy fikrni qiyinroq idrok etadilar, agar asosiy fikrlar 8-10 

ta bo‘lsa o‗quvchilar ancha qiynaladi.  

Bayon etishda eng qiyini boshlang‘ich qismdir, shuning uchun o‘qituvchi uni 

juda  puxta  mashq  qilishi  zarur.  Xamma  vaqt  ma‘lum  va  aniqroq  materialdan 

boshlab, sekin asta yangi materialga o‘tishi lozim.  

O‗quvchilar  ish  tajribasida  yangi  fakt  xodisa,  qonuniyat  va  voqealarni 

tushuntirishni  tuzishning  ikki  usuli:  induktiv  xamda  diduktiv usullari  qo‘llaniladi. 

Induktiv  usulda  o‘qituvchi  xususiydan  umumiyga,  deduktiv  usulda  esa,  aksincha, 

umumiydan  xususiyga  boradi.  Bir  materialning  o‘zini  ko‘pincha  ikki  usul  bilan 

berish mumkin.  

Deduktiv  usulda  bayon  etishga  vaqt  ancha  kam  sarflanadi,  ammo  bu  usulni 

qo‘llash  uchun  o‘quvchilarda  dastlabki  bilimlar  va  abstrakt  fikrlash  borasida 

ma‘lum tajriba bo‘lishi zarur.  

Bayon etishning induktiv yoki deduktiv usulining qo‘llanilishi o‘rganiladigan 

materialning  mazmuniga  bog‘liq.  Hikoya  xarakteridagi  materialni  induktiv 

asoslashlar ko‘p bo‘lgan material ko‘pincha deduktiv usulda bayon etiladi.  

Shuni  ta‘kidlab  o‘tish  zarurki,  tushuntirishning  induktiv  va  deduktiv  usullari 

«sof»  xolda  kam  qo‘llaniladi.  Odatda,  o‘qituvchilar  o‘quv  materialini  bayon 

etishda,  o‘rganiladigan  masalalarning  murakkabligi  va  muhumligiga  qarab  bu 

usullardan komleks tarzda foydalaniladi.  

Bayon  etishning  g‘oyaviy  –  siyosiy  yo‘nalganligi  nihoyatda  muhum 

axamiyatga  ega.  Darsda  ta‘lim  masalalarigina  emas,  balki  tarbiya  masalalari  xam 

xal qilinadi.  

O‘quv  materiallarini  qism  –  porsiyalab  bayon  etish  tavsiya  qilinadi.  Bunda 

fikrlar  fikrga  ,  qismdan  qismga  mantiqan  o‘tish  darsdan  ko‘zlangan  asosiy 

maqsadni  o‘quvchilar  esiga  tushirish,  materialning  bayon  etilgan  xar  bir  qismiga 

yakun  yasash  zarur.  Bu  shartlarga  amal  qilish  bayon  etishning  mantiqiyligini 

oshiradi.  Bayon  etish  mantiqi  o‘quvchilarga  tushunarli  bo‘lishga  xarakat  qilishi 

lozim. 


Bayonning  tushunarli  bo‘lishini  oshirish  uchun:  aniq  bo‘lishi  lozim,  chunki 

umumiy  muloxazalar,  odatda,  qiyinroq  o‘zlashtiriladi;  zarurat  bo‘lmasa, 

o‘quvchilarga  tushunarsiz  terminlardan  foydalanmaslik  kerak;  jumlalarni  imkoni 

boricha qisqa tuzish lozim;  raqamli materialni extiyojsiz ishlatavermaslik zarur.  

Bayon  etish  vaqtida  o‘qituvchi  taqqoslashda  foydalansa,  o‘quvchilar 

materialni yaxshiroq tushunadi. Muvaffaqiyatli bayon etishning eng muhum sharti 

o‘qituvchi  bayon  etayotgan  o‘quv  materialini  idrok  etish  va  tushunib  olish 

jarayonida  o‘quvchilar  e‘tiborining  turg‘un  xamda  fikrlash  faoliyatining  ilg‘or 

bo‘lishidir.  

Ilgor  pedagoglar  o‘quvchilar  e‘tiborini  jalb  qilib  turish  xamda  fikrlash 

faoliyatini  ilgorlashtirishning  xar  xil  usullari  va  metodik  usullaridan 

foydalanadilar;  bu  usullarning  samaradorligi  xar  bir  yarim  xolda  materialning 

mazmuniga,  guruxning  jamoasi  xamda  tayyorgarligiga,  darsda  foydalaniladigan 

jixozlarga,  o‘qituvchining  individual  fazilatlari  va  ish  tajribasiga  bog‘liq  bo‘ladi. 

Yaxshi  pedagoglar  tajribasini  jamlab,  eng  xarakterli  metodik  usullarni  ko‘rsatib 

o‘tish mumkin.  

Avvalo, so‘zni ko‘rsatma qo‘llanmalar, tajribalar, mexnat usullarini namoyish 

qilish,  daftarlardagi  yozuvlar,  rasm  chizish,  sxema,  grafik xamda  jadvallar  tuzish, 

diafilmlar  namoyish  qilish,  magnitofonga  yozib  olganlarni  eshittirish  va  shunga 

o‘xshashlar  bilan  uyg‘unlashtirish  zarurligini  ko‘rsatib  o‘tish  lozim. 

Uyg‘unlashtirish bama‘ni bo‘lganda, tabiiyki, o‘quvchilarni faollashtiradi, material 

yaxshi  o‘zlashtiriladi,  chunki  bu  xolda  idrok  etish  jarayonida  o‘quvchilarning  bir 

necha xil sezish organlari ishtiroq etadi.  

O‘quv  materialini  bayon  etishga  muayyan  vaqt  ajratilishi  sababli  o‘qituvchi 

darsda mo‘ljallaganlarning xammasini bayon etishga ulgurish uchun xarakat qilishi 

kerak.  


Buning uchun o‗qituvchi: 

 



darsni o‗z vaqtida boshlashi; 

 

darsga tayyorlanish  vaqtida  uning  ayrim  bosqichlari  uchun  ketadigan  vaqtni, 



agar  zarur  bo‘lsa,  ayrim  asosiy  masalalarga  ketadigan  vaqtni  taxminan  belgilab 

olishi va dars jarayonida ana shu reglamentga rioya qilishi; 

 

o‘quvchilardan  qo‘yilgan  savollarga  aniq  va  qisqa  javob  qaytarishni  talab 



etishi; 

 



shaxsan o‘zi uchun qiziq bo‘lgan masalalarni ortiq darajada batavsil va uzoq 

vaqt  bayon  etmasligi  lozim,  aks  xolda  axamiyati  kam  bo‗lmagan  boshqa 

masalalarni bayon etishga vaqt yetishmay qoladi; 

 



dars  rejasi  va  konspektdan  oqilona  foydalanishi,  lekin  ularga  bog‘lanib 

qolmasligi, faqat vaqti - vaqti bilan o‘zini teshirish maqsadida ularga qarab olishi 

zarur. 

Xar  qanday  materialni  bayon  etish  so‘ngida  xamisha  yakun  yasash  kerak. 



Og‘zaki  bayonning  yakuniy  qismi  aytilganlarni  umumlashtirish  va  yakun  yasash 

uchun  zarur.  Bayonning  xotima  qismida  bayon  etilgan  materialning  asosiy 

joylarini  yana  bir  bor  aytib  o‘tish,  eng  muhum  joylariga  o‘quvchilar  e‘tiborini 

qo‘shimcha ravishda qaratish, asosiy xulosani takrorlash kerak. 



2.3  O„qituvchi  nutqining  texnikasi.  O„quvchilarni  yangi  bilimlarni 

suxbat metodida bayon etish. 

 

O‗quv  materialini  o‘quvchilarga  muvofakkiyatli  etkazish  uchun  o‗qituvchi 



bayon  etish  metodikasi  bilan  bir  qatorda  nutq  texnikasini  xam  yaxshi  egallagan 

bo‘lishi kerak. Nutq texnikasi, ko‘pchilik xollarda tabiat in‘omi bo‘lmay, balki uz 

ustida tinmay ishlash natijasidir.  

O‗qituvchi  o‗quv  materialini  xar  xil  tarzda  bayon  etib,  bunda  ijobiy 

natijalarga erishishlari mumkin. O‘qituvchi mukammal biladigan, o‘quvchilarning 

chuqur  va  puxta  bilim  olishlariga  imkon  beradigan  metodikagina  yaxshi  bo‘ladi. 

shu munosabat bilan nutq texnikasi yuzasidan xar bir o‘qituvchiga bir xil darajada 

va  istagan  xolda  qarayveradigan  metodik  maslaxat  berish  qiyin.  Shuning  uchun 

ilgor  pedogogik  tajribani  umumlashtirishga  asoslangan  ba‘zi  tavsiyalarni  keltirib 

o‘tamiz. 



Avvalo shuni nazarda tutish kerakki, darsda o‘quv materialini og‘zaki bayon 

etish  tashqi  samaraga  mo‘lljallangan  nutq  bo‘lmay,  balki  o‘quvchilarga  Yangi 

bilimlar bayon etishidir. 

O‗quv  materialini  o‘quvchilarga  qarab,  jonli  tilda  bayon  etishga  xarakat 

qilish,  «biz»,  «siz»,  «biz  siz  bilan»  kabi  olmoshlardan  ko‘proq  foydalanish, 

o‘quvchilarning diqqatiga e‘tibor berib turish kerak. 

O‗quvchi  nutqining  ifodali  bo‘lishi  uchun  mimika  va  imoishoralar  katta 

axamiyatga  ega,  chunki  ular  bayon  etilayotgan  materiallarning  ma‘naviy 

bo‘yog‘ini  kuchaytirishga,  unga  uz  munosabatini  bildirishga  yordam  beradi. 

Ammo mimika, imo-ishoralarga xaddan tashqari berilib ketish yaramaydi. 

O‗qituvchi  o‗quv  materialini  bayon  etar  ekan,  unga  befarq  qaray  olmaydi. 

Bu  narsa  o‗quvchilarni  xam  befarq  qaray  olmaydigan  qiladi.  O‗qituvchi  bayon 

etayotgan materialning emotsional bo‘yog‘i o‗quvchilar e‘tiborini aktivlashtiriladi. 

Ta‘lim  jarayonini  ijobiy  emotsiyalar  asosida  ko‗rish  zarur.  I.  P.  Pavlov 

ijobiy emotsiyalarga bosh miya katta yarim sharlari maxsuldor ishlashining manbai 

sifatida  qarar  edi.  Psixologlar  ijobiy  emotsiyalarni  inson  faoliyatining  qudratli 

stimuli  deb  xisoblaydilar.  Didatika  zerikish  ta‘limning  ashaddiy  dushmani 

ekanligini isbot qilgan.Tabiiyki, bayonning emotsional bo‘yog‘i imkoiyatlari ko‘p 

darajada  fanning  mazmuniga  bog‘liq.  Gumanitar  fanlar  o‗qituvchilarida  bunday 

imkoniyatlar,  masalan,  umumtexnika  va  maxsus  fanlar  o‗qituvchilarnikiga 

qaraganda ancha katta. Biroq eng «quruq» fan ham jonli, qiziqarli, jozibali tarzda 

bayon  etilishi  zarur.  Bunga  erishish  vositalari  juda  ko‗p.  Bular  jumlasiga  tarixga 

kichikroq  sayoxat  qilish  xam,  qiziqarli  faktlar,  amalda  ishlatiladigan  misollar 

keltirish xam, solishtirish xam kiradi va xokazo.  

Xar bir pedogokning nutq sifati va ovoz tembri xar xil bo‘ladi. Tegishlicha 

mashq  qilib,  ovozning  yokimli  bo‘lishiga  erishi  mumkin.  Nutqning  individual 

kamchiliklariga,  masalan,  dimogdan  so‘zlash,  so‘zning  oxirgi  qismini  «yutib 

yuborish»  va  shu  kabi  kamchiliklarga  barham  berish  zarur.  Nutqni  parazit 

so‘zlardan tozalash lozim. 


O‗qituvchi  ovozining  o‘zi  bemalol  gapira  oladigan  oxangini  aniqlab  olishi 

juda foydali. Bu oxangdan chetga chiqish nutqni jonlantiradi. 

Nutqning  past  balandligi  muhum  ahamiyatga  ega.  O‘qituvchining 

auditoriyani  to‘ldirib,  eng  oxirgi  qatorda  o‘tirgan  o‘quvchilar  ham  eshitadigan 

ovozi  normal  xisoblanadi.  Biroq  xaddan  tashqari  baland  ovoz  o‘quvchilarni 

charchatib qo‘yadi. 

Nutqning  tezlik  va  balandlik  darajasini,  shuningdek,  oxangini  o‘quv 

materialining  qiyinlik  hamda  muhumlik  darajasiga  qarab  o‘zgartirish  zarur. 

Muhum  qonun-qoidalar,  tariflarni  oddiyroq  yoki  ikkinchi  darajali  materialga 

qaraganda  balandroq  ovoz  bilan  va  sekinroq  bayon  etgan  ma‘qul.  Hamma  vaqt 

aniq  va  ravshan  gapirishga  xarakat  qilish  lozim.  Yangi  terminlarni  ayniqsa  aniq 

aytish zarur. 

Tajribali  o‗qituvchilar  o‘quv  materialini  bayon  etish  jarayonida  ayrim 

jumlalar  orasida  va  xar  bir  muhum  fikr  yoki  tarifdan  keyin  bir  oz  to‘xtab-to‘xtab 

oladilar.  Bu  xol  o‘quvchilar  e‘tiborini  oshiradi  va  bayon  etilayotgan  materialni 

tushinib olishi uchun vaqt beradi.  

Nutq  texnikasi  o‘qituvchining  kundalik  ishi  natijasidir;  uni  doimo 

takomillashtirib borish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: 

boshqalarning  qanday  gapirayotganini  kuzatib  borish,  ishdagi  o‘rtoqlari, 

shuningdek,  majlis,  ma‘ruza,  konferensiyada  gapirganlar  nutqining  afzalliklari  va 

kamchiliklarini taxlil qilish lozim; 

hamma vaqt uz nutqini mashq qildirishga intilish kerak; nutqni yo‘qori madaniyatli 

va  texnikali  qilishning  eng  yaxshi  usuli  majlis,  kengash,  seminar,  pedogogik 

o‘qishlarda keng auditoriya oldida nutq so‘zlashdir.  

Suxbat  -  o‗quv  jarayonini  tashkil  etishning  savol-javobli  metodi. 

Umumtexnika  va  maxsus  fanlar  o‗qituvchilari  suxbatning  ikkita  asosiy  turidan: 

asosiy  maqsadi  o‗quvchilarga  yangi  bilimlarni  bayon  etishdan  iborat  bo‘lgan 

suxbat  hamda  o‗quvchilarning  bilimlari  mustahkamlanadigan,  takrorlanadigan, 

tekshirib ko‘riladigan va baxolanadigan suxbatdan foydalanadilar. Suxbatning xar 

bir turi uchun uz metodikasi xosdir. 



Agar  suxbatdan  ko‘zlanadigan  maqsad  yangi  bilimlarni  bildirishdan  iborat 

bo‗lsa,  o‗qituvchi  o‘rganilishi  kerak  bo‘lgan  masalani  o‘rtaga  tashlaydi  va 

mantiqiy  muloxazalar  yo‘li  bilan  o‗quvchilarni  muayyan  xulosaga  olib  keladi. 

Bunda  o‗qituvchi  o‗quvchilarni  ilgari  olingan  bilimlar,  kuzatishlar,  xayotiy  va 

ishlab  chiqarish  tajribasini  takrorlashga,  xodisalarni  solishtirish,  taqqoslashga,  uz 

fikrini  bayon  etishga  undaydi.  Suxbatning  asosiy  alomati  –  o‗quv  materialini 

muxokama qilishda o‗quvchilarning bevosita ishtiroq etishi suxbatning o‘ziga xos 

xususiyatlarini  belgilaydi.  Bunday  suxbat  jarayonida  o‗quvchilarning  bilimlari  va 

tajribasi  so‘zlab  berishdagiga  qaraganda  ancha  samarali  aniqlanadi  va 

foydalaniladi, materialni o‘zlashtirish jarayoni to‘laroq hamda operativroq nazorat 

qilinadi,  ilgari  olgan  bilimlari  ancha  chuqurlashadi,  mustahkamlanadi.  Jamoa 

suxbat  umumiy  manfaatdorlik  vaziyatini  yaratadi,  o‗quvchilarning  e‘tibori  va 

qiziqishini  oshiradi,  mushoxadasini  aktivlashtiradi  tashabbus  hamda  mustaqillikni 

rivojlantiradi,  darsda  bilimlarning  ongli  ravishda  o‘zlashtirilishini  ta‘minlaydi  va 

uy ishini osonlashtiradi. 

Ilgor o‗qituvchilar suxbatining g‘oyaviy mazmuniga katta ahamiyat beradilar, 

uning  imkoniyatlaridan  o‗quvchilarni  jamoalilik  ruxida  tarbiyalash,  o‗quvchilar 

bilimini e‘tiqodga aylantirish uchun, bilish va ijodiy kuchlarini rivojlantirish uchun 

keng foydalanadilar. 

Suxbat o‗quvchilarning yangi bilimlarini idrok etishini ta‘minlabgina qolmay, 

balki bu bilimlarni tushunib olishi va sistemaga solishga imkon beradi ham. Ammo 

yangi  materialni  bayon  etish  metodi  bo‘lgan  suxbat,  bir  qancha  afzalliklarga  ega 

bo‘lishiga qaramay,  pedagogikada «sof xolda» nisbatan kam qo‘llaniladi. Buning 

asosiy  sababi  shuki,  o‗quvchilarni  yangi  materialni  o‘zlashtirishga  sekin-asta  olib 

kelish  jarayoni  ko‘p  vaqt  oladi  va  o‗qituvchiningg  maxsus  tayyorgarlik  qurishini: 

savollarni 

o‗quv  materialining  mantiqiga  muvofik  tanlash,  ta‘riflash, 

joylashtirishni,  o‗quvchilardan  kutilishi  mumkin  bo‘lgan  javoblar  hamda  asosiy 

xulosalarni  o‘ylab  olishni,  shuningdek  anchagina  vaqtni  talab  qiladi.  O‗quvchilar 

o‘rganiladigan material yuzasidan bir qator tayyorgarlikka ega bo‘lishlari kerakligi 

ham  suxbatdan  foydalanishni  qiyinlashtiradi:  suxbatni  «bo‘sh  joyda»  o‘tkazib 


bo‘lmaydi.  O‗quvchilarning  ayni  fan  yoki  boshqa  fanlardan  olgan  bilimlari, 

kuzatishlar, 

darsliklarning, 

spravochniklarning 

materialini, 

jurnallardagi 

maqolalarni, texnikaviy va texnologik xujjatlarni o‗rganish, o‗quvchilarning ishlab 

chiqarish  ta‘limi  jarayonida  ortirgan  tajribasi,  xayot  tajribasi  suxbat  manbai 

bo‗ladi. 

Yuqorida  aytib  o‘tilganlar  asosida  yangi  materialni  bayon  etish  metodi 

bo‘lgan suxbatdan foydalanishning ba‘zi shartlarini aniqlash mumkin: 

eng  muhim,  prinsipial  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  materialni  suxbat  metodida 

o‘rgangan ma‘qul; 

suxbat  metodida  o‗rganish  uchun  mazmuni  aniq  mantiqiy  izchillikka  ega 

bo‘lgan materialni tanlash zarur; 

suxbatda  o‗quvchilar  bilimni  muayyan  sistemaga  keltirish,  fanlararo 

bog‘lanishni  amalga  oshirish,  o‗quvchilarning  nazariy  bilimlari  bilan  ishlab 

chiqarish  tajribalari  o‘rtasida  bog‘lanish  o‘rnatish  uchun  foydalanish  eng  katta 

samara beradi; 

suxbatni  boshqa  metodlari:  tushuntirish,  kitob  bilan  ishlash,  o‗quvchilarning 

mustaqil kuzatishlari, namoyish qilish, mashqlar, laboratoriya – amaliy ishlar bilan 

birga qo‘shib o‘tkazgan ma‘qul. 

Suxbatning  muvafakiyatli o‘tishi ko‘p  jixatdan shu  suxbat temasining to‗g‗ri 

tanlanishiga  va  konkret  o‗quv  vazifasiga  bog‗liq.  Suxbat  temasini  aniq  ifodala 

berish, o‗quvchilarga bilimlarni o‘zlashtirish uchun yana nimalar qilish lozimligini 

ko‘rsatib berish juda muhimdir. 

Yangi  bilimlar  berish  maqsadida  o‘tkaziladigan  suxbat  induktiv  va  deduktiv 

usul bilan olib borilishi mumkin. 

O‗qituvchilar induktiv usulni o‗quvchilarni o‘zlarida bor bilimlarga va ishlab 

chiqarish  tajribasiga  tayanib,  mustaqil  xulosalar  chiqarishga  va  umumlashtirishlar 

qilishga olib keladigan xollarda qo‘llaydilar.  

O‗qituvchi  keltirib  chiqargan  yoki  bayon  etilgan  qoida,  shart,  talabni 

o‗quvchilar boshqa xollarga tatbik eta boshlagan, o‗qituvchi savoliga javob berib 

va  uning  topshirigini  bajarib,  yangi  xodisalarni  analiz  qila  boshlagan,  mazkur 



qoidani  ana  shu  xodisalarga  tatbik  etish  mumkinligi  to‗g‗risida  muloxaza  yurita 

boshlagan vaqtda deduktiv usuldan foydalaniladi.  

Suxbatning samarali chiqishi uchun o‗quvchilarga beriladigan savolni to‗g‗ri 

tanlash,  ta‘riflash  va  qo‘yish  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega.  Evristik,  izlash 

suxbatida  savollarni  o‗qituvchi  faoliyatining  formasi  debgina  qaramaslik  kerak. 

O‗qituvchi  o‘rtaga  tashlagan  xar  bir  savol  o‗quvchilar  ongida  tegishli  savol 

tug‘dirishi, paydo bo‘lgan noaniqliklarga barham berish istagi xosil qilishi, yangi 

assotsiatsiyaga undashi zarur. 

Shu nuqtai nazardan qaraganda, savol fikrning bilish bilan bilmaslik o‘rtasida 

turadigan, yangi muloxaza hamda tushunchalardan oldin keladigan va ayni vaqtda 

ularning  xosil  bo‘lishiga  yordam  beradigan  aloxida  formasidan  iborat,  deb  aytish 

mumkin. 


Ana  shu  asoslanilganda,  savolga  nisbatan  qo‘yiladigan  asosiy  talab 

o‗quvchilarning  aktiv  fikrlash  faoliyatini,  zexnini  o‘stirishdan  iborat.  Bundan 

tashqari, savollarga nisbatan qo‘yiladigan talablarni aytib o‘tish zarur: qisqalik va 

aniqlik; maqsadga muvofiklik; mantiqiy ravshanlik va oddiylik; suxbatning bundan 

oldingi  savollari  va  mavzusi  bilan  bog‗liqligi;  mazmun  va  shaklining  aniqligi; 

amaliy yo‘nalganlik; o‗quvchilarning ishlab chiqarish tajribasini hisobga olish. 

Asosiy, qo‘shimcha va yordamchi savollar bo‗ladi. Asosiy savollardan ko‘zda 

tutiladigan  maqsad  -  eng  muhim  materialni  ochib  berish;  qo‘shimcha  savollardan 

ko‘zlangan  maqsad  -  asosiy  materialni  aniqlashtirish,  unga  aniqlik  kiritish; 

yordamchi  savollardan  ko‘zda  tutiladigan  maqsad  -  tanish  ma‘lumotlarni 

o‗quvchilar  esiga  tushirishga  yordam  berish,  o‗quvchilar  fikrini  zarur  tomonga 

qaratish. 

Yangi  materialni  suxbat  metodida  bayon  etishda  o‗quvchilarga  beriladigan 

savollar  nixoyatda  xilma-xildir.  Savollarning  quyidagi  guruhlarini  ajratib 

ko‘rsatish mumkin: 

narsalarni, ularning tasvirlarini, xodisalar, jarayonlar, faktlar va shu kabilarni 

solishtirish hamda taqqoslashga oid savollar; 


o‘rganilayotgan  faktlar,  xodisalar,  jarayonlarni  umumlashtirish  va  ularning 

muhim alomatlarini ajratib ko‘rsatishga doir savollar; 

bilimlardan bir xil vaziyatlarda foydalana bilishni aniqlash uchun beriladigan 

savollar; 

sababi izoxlashga oid savollar; 

isbotlashga oid savollar, «xa» va «yo‘q» ekanligiga isbotlar keltirish; 

fanlararo bog‘lanishni o‘rnatishga oid savollar; 

tushunchalarni ta‘riflashga oid savollar. 

 

O‗quvchilarning  javoblariga  nisbatan  qo‘yiladigan  talablardan,  avvalo, 



onglilik va asoslanganlikni aytib o‘tish kerak. Xar bir javob o‗quvchining fikrlash 

mustaqilligini  aks  ettirishi  lozim.  O‗qituvchi  o‗quvchilardan  texnika  jixatidan  va 

adabiy  jixatdan  savodli  ifodalangan  aniq  hamda  ravshan  javob  qaytarishni  talab 

qilishi  shart.  O‗quvchilarning  nutq  madaniyatini  tarbiyalashga  fikrlash 

madaniyatini tarbiyalashning tarkibiy qismi deb qaramok lozim. 

Suxbatni  tashkil  etishga  nisbatan  qo‘yiladigan  talablar,  birinchi  navbatda, 

savollar  qo‘yish  usullariga  va  o‗quvchilarni  javob  qaytarish  uchun  undashga 

taluqlidir.  Savollarni  butun  guruhga  berish,  so‘ngra  o‗quvchilar  javob  berishga 

tayyorlanishi  uchun  bir  oz  tanaffus  qilish,  shundan  keyingina  biror  o‗quvchining 

familiyasini atash tavsiya qilinadi. 

Suxbatning  mantiqiy  rejasiga  qat‘iy  amal  qilish  juda  muhim.  Savollar  bilan 

javoblar  shunday  tartibda  kelishi  kerakki,  o‗quvchilar  mavzuning  izchilligini 

hamma vaqt sezib turadigan bo‘lsin. Suxbat jarayonida o‗quvchilar e‘tiborini butun 

o‘rganilayotgan  materialni  tushunish  uchun  asosiy  bo‘lgan  fakt  va  xulosalarga 

qaratish aloxida ahamiyatga ega. 

O‗qituvchi suxbat ipining uchini hamisha o‘z qo‘lida tutib turishi kerak. Shu 

bilan  birga  savollar  qo‘yishning  va  ularni  ta‘riflashning  ilgari  belgilab  qo‘yilgan 

tartibiga  ko‘r-ko‘rona  amal  qilish  yaramaydi.  Savollarni  o‗quvchilarning 

javoblariga  qarab  xal  qila  bilish,  fikrlarning  borishini  tartibga  solish,  xar  qaysi 

o‗quvchining  kuchli  va  kuchsiz  tomonlarini  hisobga  olish  zarur.  Agar  o‗quvchi 

savolga  javob  qaytarishga  qiynalsa,  boshqa  o‗quvchini  chaqirishga  shoshilish 


yaramaydi,  savolni  o‗quvchiga  tushunarliroq  bo‘lgan  yangi  variantda  berish  va 

to‗g‗ri javob yo‘naltirish mumkin bo‘lgan biror faktni eslatib o‘tish lozim. Ammo 

javobni ochiq oydin beruvchi savollar berish yaramaydi. 

Suxbatni  yakunlar  yasash  bilan  tugallash  zarur:  o‗qituvchi  suxbat  jarayonida 

o‘rganilgan masalalarga aniq ta‘riflar beradi.  

Xozirgacha  gap  suxbat  olib  borish  usuli  to‗g‗risida  bordi,  bunda  savollarni 

o‗qituvchi  berdi,  o‗quvchilar  esa  bu  savollarga  javoblarni  o‘ylab  ko‘rdilar  va 

o‗qituvchi raxbarligi ostida ma‘lum xulosaga keldilar. Suxbatning bunday tuzilishi 

eng  tipikdir.  Lekin  suxbat  jarayonida  o‗quvchilar  ham  savol  berishi  mukin; 

o‗quvchilar savolni o‗qituvchiga ham, guruhdagi o‘rtoqlariga ham berish mumkin. 

bunday  metodik  usulning  afzalligi  shundaki,  birinchidan,  o‗qituvchi,  savolning 

xarakteriga  qarab,  o‗quvchilar  bilimining  qanchalik  chuqur  ekanligi,  ularning 

bilish  aktivligi,  qiziquvchanligi  va  o‘rganilayotgan  xodisalarni  tushunish  darajasi 

to‗g‗risida  bir  fikrga  keladi;  ikkinchidan,  ko‘pincha  chuqur,  asosli  savol  bir-biri 

bilan ketma-ket bog‘langan boshqa savollarning uzluksiz zanjiridan iborat bo‗ladi; 

birinchi  savolning  hal  qilinishi  ikkinchi,  uchinchi  savolni  keltirib  chiqaradi  va, 

shunday  qilib,  o‗quvchilar  aktiv  ishga  jalb  etiladi.  Bu  xolda  savollar  o‗quvchilar 

bilimlari  va  qiziqishlarining  chuqurlik  mezonigina  emas,  balki  bu  qiziqishni 

quvvatlab turuvchi vosita ham bo‗lib qoladi.  

O‗qituvchining vazifasi savollarning murakkabligini va pedagogik himmatini 

doimo  oshirib  borib,  o‗quvchilarni  savollar  berishga  undashdan  iborat. 

O‗quvchilarni  savol  berishga  undash  usullaridan  quyidagilarni  ta‘kidlab  o‘tish 

mumkin:  o‗qituvchining  o‘qib  chiqilgan  matn,  rasm,  ko‘rsatma  qo‘llanmaga  oid 

savollar tuzish to‗g‗risida o‗quvchilarga beradigan topshirigi; javob qaytarayotgan 

o‗quvchiga,  o‗qituvchiga  savollar  berishni  taklif  etish;  o‗quvchilarni  ataylab 

muayyan qiyinchiliklarga to‘qnashtirish va xokazo.  

Iqtisodiyotda  

Nazariyada  tahlilning  induktiv  va  deduktiv  usullari  ham  ishlatiladi. 

Induktiv  usul  qo‗llanilganda  empirik  kuzatishdan  abstraksiyalashga  o‗tilib 

nazariy  xulosalar  chiqariladi  va  ular  amaliyotda  tadbiq  etiladi.  Deduktiv 



usul  qo‗llanilganda  esa  shakllangan  nazariy  qoidalar  asosida  iqtisodiy 

ma‘lumotlar  tahlil  etiladi.  Bu  bilan  aytilgan  qoidalar  naqaddar  haqqoniy 

ekanligi sinab ko‗riladi. 

Ta‘lim usullaridan 

Ta‗limning  induktiv  va  deduktiv  usuli.  O‘qitishning  induktiv  va  deduktiv 

metodlari  o‘quv  materiali  mazmunining  xarakteri  va  mantig‘ini  yoritish  usulidir. 

Induktiv  metodda  o‘qituvchi  avval  faktlarni  tushuntiradi,  tajribalarni,  ko‘rsatmali 

qo‘llanmalarni namoyish qiladi va umumlashtiradi. 



Download 425,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish