NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Хalqarо hamkоrlik va diplоmatiya tariхi fanining maqsad va vazifalari
2. Qadimgi SHarq diplоmatiyasi va хalqarо munоsabatlariga оid hujjatlar
3. Yangi podsholik davrida Misr diplomatiyasi
4. Misr –Xett diplomatiyasiga doir Al- Amarna shartnomasi mazmuni
5. Misr- Old Osiyo mamlakatlari bilan olib borgan yozishmalari
6. Sargon I davri diplomatiyasi
7. Qadimgi Ossuriya diplomatiyasi
8. DoroI diplomatiyasi
9. Qadimgi Hindistоndagi хalqarо munоsabatlar va diplоmatiya
10. Hindlarning diplomatik xujjatlar to’plami
11. Aleksandr Makedonskiyning Hindistonga yurishlari
12. Qadimgi Hind diplomatiyasida Chandraguptaning tutgan o’rni
13.
Ashoka davri diplomatiyasi
14. Qadimgi Хitоyda хalqarо munоsabatlar va diplоmatiya
15. Chjou davri diplomatiyasi
16. Sin davri diplomatiyasi davri(eramizdan av 256-206 yillar)
17. Xan davri diplomatiyasi.
18. Prоksеniya,amfiktiоniya tushunchalari
19. Afina dengiz ittifoqi,grеk-fоrs urushlari
20. Makеdоniyaning yuksalishi
21. Rimdagi хalqarо alоqalarning shakllari
22. Rim-karfagen diplomatiyasi
23. Pompeyning sharq yurishlari
24. Birinchi triumvirat Rim diplomatiyasining rivojlangan davri
25. Impеriya davri (eramizdan avvalgi I – V asrlar) diplоmatiyasi.
26. Vizantiya va “Varvar”davlatlari
27. Xalqlarning buyuk ko’chishi davrida German qabilalari diplomatiyasi
28. Gotlar va Qora dengiz bo’ylarida
29. Vestgotlar imperiyasi
30. Vestgotlarning Tuluza qirolligi
31. SHimoliy Afrikada vandallar qirolligi
32. Burgundiya qirolligi
33. Atilla zamonida xunnlarning tashqi siyosati
34. Ikkinchi jahоn urushi yillarida хalqarо munоsabatlar va diplоmatiya
35. Ikkinchi jahоn urushining kеlib chiqish sabablari va bоshlanishi
36. G’arbiy frоntda 1939 yil sentabr – 1941 yil mayidagi harbiy harakatlar
37. Fashistlar Gеrmaniyasining SSSRga hujumi
124
38. Stalingrad jangi va ikkinchi jahоn urushida tub burilishning bоshlanishi.
39. Tinch оkеani havzasida urush harakatlarining bоshlanib kеtishi,ikkinchi
jahоn urushidan so’ng хalqarо munоsabatlar va diplоmatiya.
40. “Sоvuq urush” va 80-90-yillardagi хalqarо munоsabatlar.
41. Mustaqillik yillarida o’zbеk diplоmatiyasi.
42. O’zbеk diplоmatiyasining tariхiy ildizlari.
43. Prеzidеnt I.A.Karimоv ushbu tashabbusni BMT bоsh Assambilyasining
48-sеssiyasida ilgari surgan edi.
UMUMIY SAVOLLAR
1.
Davlatlararo munosabatlar tizimi tashkil topishi.
2.
Qadimgi Sharqda diplomatiya tarixini tarixnavisligi.
3.
Mesopotamiyaning «nom» davlatlari va ularning o’zaro munosabatlari.
4.
Sargoniylar davlatini tashqi siyosati.
5.
Urning III sulola davlati.
6.
Qadimgi Bobil davrini davlatlari va ularning tashqi siyosati.
7.
Qadimgi Misrning qadimgi va o’rta shoxliklar davrrida tashqi
siyosati.
8.
Qadimgi Misrning Yangi shoxlik davrida tashqi siyosati.
9. Qadim Hindistondagi xalqaro munosabatlar va diplomatiya.
10. Qadim Xitoyda xalqaro munosabatlar va diplomatiya.
11. Qadimgi Gretsiyagi xalqaro munosabatlar va diplomatiya.
12. Qadimgi Rimdagi xalqaro munosabatlar va diplomatiya.
13. Rim diplomatiyasi Makedoniya bilan kurashda.
14. Ellin dunyosida xalqaro munosabatlar va diplomatiyalar.
15. Yaqin va O’rta Sharqda xalqaro munosabatlar(1945-1990yy)
16. Rim imperiyasi davri(er.avv. I-V asrlar)diplomatiyasi.
17. Imperator Yustinianning tashqi siyosati va diplomatiyasi.
18. Vizantiya diplomatiyasi.
19. Ilk o’rta asrlardagi xalqaro munosabatlar va diplomatiya.
20. Klassik davrda (mil.avv. VIII-IV asrlar) Yunoniston diplomatiyasi.
21. Rim papalari diplomatiyasi.
22. Buyuk Karl diplomatiyasi.
23. Rim papalari diplomatiyasi.
24. Konsullik va Rim imperiyasi davrida diplomatik munosabatlar.
25. Arablar diplomatiyasi.
26. Qadimgi Rus diplomatiyasi.
27. XI-XV asrlardagi xalqaro munosabatlar va diplomatiya.
28. Feodal tarqoqlik davri xalqaro munosabatlar va diplomatiya.
29. XII-XV asrlarda Italiya diplomatiyasi.
30. XI-XV asrlardagi xalqaro munosabatlar va diplomatiya.
31. XVI-XVII asrdagi diplomatik xizmatlar.
32. Fransiya-Prussiya urushi va Frankfurt sulhi.
33. 1918-1939 yillarda Uzoq Sharq mintaqasi davlatlarning siyosati.
125
34. XI-XV asrlardagi xalqaro munosabatlar va diplomatiya.
35. Vestfaliya sulhi va uning tarixiy ahamiyati.
36. Xalqaro huquq ilmi kurtaklarining shakllanishi.
37. 1854-1918-yillarda Yaponiyaning tashqi siyosati.
38. Fashizm va Yevropada xalqaro munosabatlar.
39. XVII-XVIII asrning ikinchi yarmidagi xalqaro diplomatiya.
40. Xalqaro munosabatlar tizimida afg’on muammosi.
41. Xalqaro munosabatlarning Versal-Vashington tizimidagi ziddiyatlar.
42. Kollektiv xavfsizlik sistemasining yaratilishi.
43. Mustaqil O’zbekiston xalqaro munosabatlar tizimida.
44. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari.
45. O’zbekistonda tinchlik va barqarorlikni o’rnatish konsepsiyasi.
46. O’zbеkistоn Rеspublikasi tashqi siyosatining huquqiy asоslari..
47. O’zbеkistоn Rеspublikasi tashqi siyosatkning nazariy asоslari.
126
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKUL`TET
TARIX KAFEDRASI
“XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA TARIXI”
FANIDAN
GLOSSARIY
127
Agora — Qadimgi Yunoniston shaharlarida xalq yig'ilishi joyi, markaziy maydon.
Akveduk — ustida shaharga suv keladigan anhori bo'lgan baland ko'prik.
Altamir — Ispaniyadagi so'nggi paleolitga oid qoya rasmlari topilgan
g'or.
Amfiteatr — sahna atrofida tomoshabinlar o'tirishiga mo'ljallangan qurilmalar bilan
qurshalgan tomsiz katta inshoot.
Amfora — suyuq mahsulotlarni tashish va saqlash uchun mo'ljallangan bo'g'zi
ingichka va qo'shaloq dastali katta ko'za.
Amulet — misrliklar fikricha, mabodo inson o'zi bilan birga olib yursa, yovuz ruhlar
va balo-ofatlardan himoya qiluvchi kichik buyumlar; tumor.
Animizm — insonni qurshab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga
e'tiqod.
Antik tarix — Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim tarixi.
Argonavtlar — oltin mo'ynani (sehrli qo'chqor terisini) izlab "Argo" degan ko'p
eshkakli kemada daryoga chiqqan Ellada qahramonlari.
Ariylar — qadimgi xalqlar; tarjimasi "sodiqlar", "erkinlar" ma'nosini anglatadi;
oriylar.
Arxeologiya — ashyoviy manbalarni o'rganuvchi va ular bo'yicha tarixiy o'tmishni
qayta tiklovchi fan; qadimshunoslik.
Arxiv — davlatga oid hujjatlar saqlanadigan joy.
Arxitektura — binolar va boshqa inshootlarni barpo etish san'ati.
Avstralopitek — eng qadimgi odam turi.
Budda — Siddhartha Gautamaning ikkinchi ismi, laqabi; "Ma'rifatlan- 9an" tarzida
tarjima qilinadi.
Buddaviylik — miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda Siddhartha Gautama
tomonidan asos solingan diniy ta'limot.
Danaylar — Gomer "lliada"da yunonlarni shunday atagan.
Delta — Nil daryosi O'rtayer dengiziga quyilayotganda uchburchaksi- mon yalpi
manzarani yuzaga keltiruvchi makon.
Demokratiya — har bir fuqaro o'z mamlakatini boshqarish masalasi bo'yicha o'z
fikrini bayon etadigan, shuningdek, davlat boshqaruvida ishtirok etadigan ijtimoiy
tuzum.
Diadohlar (vorislar) — Makedoniyalik Aleksandr vafotidan keyin turli hududlar
ustidan hokimiyatni egallab olgan harbiy sarkardalar.
Diktator — favqulodda vaziyatlar ro'y bergan taqdirda tayinlanuvchi yakkaboshchi
hukmdor.
Dinastiya (sulola) — birin-ketin hukmronlik qiluvchi podsholar urug'i; sulola
vakillari ko'pincha bitta nom bilan aytilgan, masalan, ahamoniylar.
Ellada — Qadimgi Yunoniston.
Ellinlar — qadimgi yunonlar; dastlab Yunonistonning barcha aholisi shunday
atalgan.
Falanga — og'ir qurollangan askarlarning bir necha, odatda 9 yoki 16 qator saf
tortishi.
Fir'avn — Misr hukmdori; \tug' xonadon" ma'nosini anglatadi.
128
Freska — selgimagan suvoqqa chizilgan rasm.
Forum — yig'ilish joyi va bozor maydoni bo'lib xizmat qilgan shahar markazi.
Gilgamish — Mesopotamiyaning afsonaviy qahramoni, tarixiy shaxs. Uruk shahri
podshosi.
Goplit — Qadimgi Yunoniston va Yunoniston-Makedoniya armiyala- rining og'ir
qurollangan piyoda jangchisi.
Ibodatxona — muqaddas deb e'lon qilingan, odamlar xudolarga sig'ingan bino yoki
joy.
"Iliada" — Gomerning Troya urushi haqidagi dostoni.
Imperiya — hukmdorning cheklanmagan hokimiyati joriy etilgan davlat.
Italiklar — Apennin yarimorolida istiqomat qilgan qadimiy qabilalar.
lyerogliflar — qadimgi yunonlar misrliklar yozuvini shunday atashgan; "muqaddas
bitiklar" ma'nosini anglatadi.
Kapitoliy tepaligi — Rimdagi eng baland tepalik.
Kohinlar— ibodatxona ruhoniylari.
Koloniyalar — o'z yurtini tark etgan odamlar tomonidan yangi yerlarda asos solingan
manzilgoh va shaharlar.
Konsul — Respublika davrida Rimdagi oliy siyosiy lavozim. Har yili saylangan ikki
nafar konsul Senat va armiyaga rahbarlik qilgan.
Ko'chmanchilar — doimiy istiqomat joyiga ega bo'lmagan kishilar.
Legion — Rim armiyasida eng yirik jangovar birlik.
Metek —Afinada yashovchi ajnabiy.
Mixxat — shumerlar va forslarning qadimgi yozuvi.
Moxenjodaro — Hindistondagi eng qadimgi sivilizatsiya.
Mozaika — rangli sopol yoki st^isha parchalaridan devorda yoki polda ishlangan
suvoqqa qadalgan manzsteali rasm.
Olimpiada o'yinlari — Pelopenos yarimorolidagi Olimpiya shahrida tort yilda bir
marta Olimpiyalik Zevs sharafiga bag'ishlab o'tkaziladigan umumyunon sport
musobaqalari.
Oykumena — Yer yuzining odamlar yashaydigan qismi, chegarasi.
Papirus — poyasining mag'zi yozuv yozishga material tayyorlash uchun
ishlatiladigan qamish.
Patritsiylar — senatorlarning avlodlari.
Piramida — mahobatli tosh inshoot, fir'avnlar maqbarasi.
Plebeylar— oddiy xalq, shaharliklar, kambag'allar.
Qarzdorlik qulligi — qarzni vaqtida qaytarmagan erkin fuqarolarning qullarga
aylantirilishi jarayoni.
Qui — o'zga bir kishining mulki bo'lgan va ishchi kuchi sifatida ishlatiladigan erksiz
odam ("so'zlovchi mehnat quroli"); qulni sotib olish va sotib yuborish mumkin
bo'lgan.
Qurbonlik bag'ishlash — mehr-shafqatini qozonish maqsadida xu- dolarga tortiq
etiladigan hadyalar.
Respublika — "umumiy ish" ma'nosini anglatadi; tuzum nomi,
Senat — "Oqsoqollar kengashi" ma'nosini anglatadi.
Strateg —Afinaning harbiy boshlig'i.
129
Sfinks — jasadi sherniki va boshi insonniki bo'lgan, piramidalarni qo'riqlovchi
afsonaviy mavjudot.
Sivilizatsiya — jamiyat taraqqiyotining ancha yuksak darajasi.
Termlar — Qadimgi Rim shahridagi jamoat hammomlari.
Mumiyolangan jasad — dafn etishga tayyorlangan, maxsus uzoq saqlanuvchi
moddalar qo'shilmalari bilan ishlov berilgan jasad.
Nekropol — qabriston; maqbara.
"Nom'lar — Misrdagi ilk davlatlar.
Tiran — mutlaq hokimiyatga ega bo'lgan hukmdor.
Varvar — dastlab: yunon tilida so'zlashmaydigan har qanday chet mamlakatlik kishi;
keyinchalik bu so'z madaniylashmagan odamlarga nis- batan ishlatiladigan bo'ldi.
Xronologiya — asrlar, davrlar, vaqt o'lchovi haqidagi fan; turli-tuman voqealar sanasi
xronologiya yordamida aniqlanadi va aniqlashtiriladi.
Zikkurat — tepasida ibodatxonasi bo'lgan zinapoyali yirik minora.
Shahar-davlat (polis) — tevaragidagi hududlarni tasarrufiga olgan o'zini o'zi
boshqaruvchi shahar;
130
Do'stlaringiz bilan baham: |