Arab musiqasi
Arab musiqasi
– arablar musiqa madaniyati. Tarixiy ildizlari badaviy qabilalarning madaniy
anʼanalari bilan bogʻliq. Qabila shoiri oʻz sheʼrlarini qoʻshiq shaklida, musiqiy ohanglarda ijro
qilgan. Koʻp musiqaviy- sheʼriy janrlar kundalik hayotiymaishiy sharoit, oilaviy va diniy
marosimlar bilan bogʻliq holda shakllangan: motam qoʻshiqlari – navx, marsiya, hajviy – hija,
nasihat – hikma, diniy marosim qoʻshiqlari – saj. az-zar va boshqa Arab musiqasining
mazkur eng oddiy turlari asosida 6-asr oxiri – 7-asr boshlarida shaklan murakkabroq, mavzu
jihatidan boyroq aytim janrlari – nasb, sinad, hazaj, xanafi, ximyari, rukbani, hamriyat va
boshqa vujudga kelgan.
Islomgacha boʻlgan (Johiliya davri) Arab musiqasi, asosan, "qiyan" deb atal-mish professional
qoʻshiqchi ayollar ijodida rivojlandi. Bunda arab boʻlmagan (ajam) xalqlardan chiqqan
qoʻshiqchilarning hissasi katta. 7-asr boshlarida Sosoniylar davlatining siyosiy va madaniy
taʼsiri kuchayishi bilan Arabiston yarim orolda Markaziy Osiyo va Eron musiqiy anʼanalari keng
tarqalgan. Musiqa ijrochiligida Arabiston, Markaziy Osiyo, Eron xalqlarining torli musiqa
asboblari –mizhar, barbat, muvattar, tanbur, vann, rubob, kiron, chang (sanj), puflama sozlari
– nay, sur-nay, mizmar, urma cholgʻular – tab-la, dalib, daff, darabukka keng tarqalgan.
7-asrda arab qabilalarining birlashuvi, islom dinining qabul qilinishi va ilk arab davlati
(xalifalik) yuzaga kelishi arab madaniyatining oʻsishiga sabab boʻlgan. Azon aytish va
Qurʼonni tilovat qilish usullari ajam musiqa ijro yoʻllarini boyitgan va, shuningdek, bu davr Arab
musiqasi islom fath etgan mamlakatlar xalqlarining yuksak sanʼa-tini ijodiy oʻzlashtirish
asosida rivojlangan. Professional vokal janri – "gʻina al-mutqan" asoschilari Soib Xosir (? –
683), Noshit Forsi (8-a), Tuvays (? – 710), Ibn Misjax (? – 715), Ibn Surayj (630-726), Jamila (?
– 720) va boshqa aslida Markaziy Osiyo va eronlik boʻlib, Arab musiqasi ga oʻz xalqlari
musiqa sanʼati unsurlarini olib kirishgan.
9–11-asrlar arab madaniyati, xususan, musiqa yuksak darajaga erishdi. Markaziy Osiyo va
Eron xalqlari amaliy musiqani va qadimgi yunon musiqa nazariyasini tanqidiy oʻrganish
asosida buyuk mutafakkirlar Kindiy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Zayla, Abu Abdulloh Xorazmiy, "Sof
birodarlar" ("Ixvon ussafo" olimlar uyushmasi) va boshqa arab tilida musiqa ilmining yuksak
namunalarini yara-tishgan. Arab musiqasi fani va estetikasining ravnaq topishida 9-asr
oʻrtalarida Bagʻdodda taʼsis etilgan "Bayt ul-hikma" ("Hikmat uyi") olimlarining tarjimonlik
faoliyati ham katta rol oʻynadi.
Xurosonlik buyuk musiqachilar – Mansur Zalzal (? – 701), ota-bola Ibrohim (742–804) va
Ishoq (767– 850) Mavsili, soʻgʻdlik Allaveyh (9-asr), Ziryob (10-asr) arab musiqasiga muhim
hissa qoʻshgan. Arab musiqasi yangi sozlar bilan boyigan. Samarqandlik Xulays bin Axvas
ixtiro etgan shohrud, Muso bin Shokir qurgan gidravlik organ (arab. "argan rumiy"), shohin,
surnay musiqa amaliyotida keng qoʻlla-nilgan. Professional janrlarni ijro etishda va ilmiy
tajribalar oʻtkazishda ud asosiy cholgʻu asbob boʻlib xizmat qilgan.
12-asr oxiri – 13-asr boshlarida Arab musiqasi Oʻn ikki maqom tizimi doirasida rivojlana
boshladi. Keyingi davrda musulmon diniy musiqattg qoʻshiq janrlari – zikr, madh an-nabaviya
va boshqa paydo boʻlgan. 19-asr ikkinchi yarmi – 20-asrda arab musiqachilari milliy musiqa
anʼanalarini qayta tiklashni maqsad qilib qoʻydi. Shu davrda "taxta" ansambl-ijrochilik
anʼanalari keng tarqaldi. Koʻp qismli cholgʻu janrlar – bashraf (yoki peshrav), taq-sim, samoiy,
tax-mila, longa, vokal-cholgʻu turkumlar – nuba, dor, muvashshax, lirik qoʻshiq janrlari – du-
bayt, layali, mauvval yangicha dunyoviy maʼno kasb etdi.
20-asr boshlarida Yevropa simfonik va opera musiqasining ifodaviy vositalarini ijodiy
oʻzlashtirishga intilish kuchaydi. Bu yoʻnalishda, ayniqsa, misrlik kompozitorlar Said Darvesh
(1892–1923), Yusuf Greyz (1899–1961) katta muvaffa-qiyatga erishdi. Simfonik musiqa
ustalari Rifat Garai (1924-yilt.) va Halim ad-Daba (1921-yilt.) asarlari jahondagi koʻp konsert
zallarida ijro etiladi. Misrlik mashhur ashulachi Umm Kulsum ijodida zamonaviy arab
qoʻshiqchiligi yuksak pogʻonaga koʻtarildi. Deyarli barcha arab mamlakatlarida oʻrta va oliy
musiqa oʻquv yurtlari dasturlariga ham milliy, ham Yevropa musiqa sanʼatini oʻrganish
maqsad qilib qoʻyilgan. Arab musiqasi masalalari (uning anʼanalarini saqlash va rivojlantirish
vazifalari)ga bagʻishlangan qator xalqaro ilmiy kongresslar oʻtkazilgan (Qohira, 1932, 1969,
Bagʻdod, 1975).
Ad.:Epʼ Said Mohamed Avad xavas, Sovremsnnaya arabskaya narodnaya pesnya, M., 1970;
Yeolyan N., Ocherki arabskoy muzgki. M„ 1977.
Abdumannon Nazarov
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |