Ona tili
@talaba_life
kanalida
o’tkaziladigan sovg’ali test savollari!
-------------------------------------------
1. Urg'u haqidagi noto'g'ri fikrlarni aniqlang.
1) so'zni gap tarkibidagi boshqa so'zdan ajratish vazifasini bajaradi;
2) nutq ohangini tashkil etishda ishtirok etadi;
3) so'z fonetik tarkibini uyushtirish vazifasini bajaradi;
4) turkiy so'zlarda barqaror o'ringa ega;
5) so'z urg'usi frazaviy urg'u deb ham yuritiladi;
6) urg'u ma'no farqlash uchun xizmat qiladi
A) 1, 2, 3, 4, 5,
B) 4, 5
C) 1, 2, 3
D) 1, 4, 5, 6
2. Ona zamin qish uyqusidan uyg'ondi.
Ushbu gapda gapda ma'no ko'chishining qaysi turi kuzitiladi?
A) metonimiya
B) sinekdoxa
C) vazifadoshlik
D) metofara
3. Agar ko'chirma gap o'zlashtirma gapga aylantirilsa, ko'chirma gapdagi
qaysi sintaksis birlik to'ldiruvchi vazifasini bajaradi?
A) ega
B) to'ldiruvchi
C) aniqlovchi
D) undalma
4. Qaysi maqolda ikki o'rinda shaxs oti qo'llangan?
A) Kattaga hurmatda bo'l, kichikka izzatda bo'l.
B) Mehmon otangdan ulug'
C) Arslon izidan qaytmas, yigit-so'zidan
D) Zar qadrini zargar biladi
5. Masturaning sevgisi, chidami, hijron dog'lari uning o'zi kabi pok, chiroyli,
samimiy, ehtimol, shuning uchundir, Mashrab vafosizlik haqida kitoblarni
o'qisa yoki o'rtoqlari og'zidan xotin-qizlar haqida yomon gaplari eshitsa, esiga
hamisha Mastura tashadi-yu, bor vujudini isyon ko'taradi, bu kabi gaplarning
hech biriga ishonmaydi.
Ushbu murakkab qo'shma gapda nechta so'z yasovchi qo'shimcha mavjud?
A) 6 ta
B) 4 ta
C) 5 ta
D) 7 ta
6. Daraja-miqdor ravishi qo'shma fe'lga ergashib kelgan gapni aniqlang.
A) Tong yaqinlashib qolyapti, bu yerdan tez ketishimiz kerak
B) U O'rmonjonga, Bo'taboyga, Kanizakka ko'pdan ko'p salom aytdi.
C) To'lagan aka zo'rg'a kelgan ekan.
D) Xadicha xola xiyla o'ylanib turdi.
7. Tobe qismi ko'chma ma'noda qo'llangan otli birikmalarni aniqlang.
A) uyg'ongan tuyg'u, chuqur iztirob
B) qozonning qulog'i, rubobning qorni
C) og'ir xo'rsinmoq, sayoz fikrlamoq
D) siquv ostida yashamoq, uyga bormoq
8. Qaysi javobda chiqish kelishigi shaklidagi ismlarga qo'shilib kela oladigan
vazifadosh ko'makchilar berilgan?
A) o'zga, sayin
B) oldin, uchun
C) yarasha, qaramay
D) boshlab, avval
9. Qaysi gapdagi barcha yasama mavhum otlar bir turkumdan yasalgan?
A) San'at asarlarida inson hayotining muayyan bir holati, ya'ni yo buguni, yo
bolaligi, yoki quvonchi, yoxud xalifaligi aks etadi.
B) shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g'ayrat, ham dadillki baxsh etgandek bo'ldi.
C) Vujudimga hokimlik qilayotgan o'sha tuyg'ular o'rnini shafqat, odamiylik,
hamdardlik, egallab oldi.
D) Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlarni hamjihatlikka, birdamlikka va
totuvlikka chorlaydi.
10. Sog'lig'imni tiklash maqsadida har yili shu sihatgohga kelishni odat
qilganman, bu yerning shifokorlarijuda yaxshi ekan.
Ushbu gapda qatnashgan gap bo'laklari haqida berilgan qaysi ma'lumot
to'g'ri?
A) Ushbu gapda sifatlovchi aniqlovchining vositali to'ldiruvchiga tobelanishi
kuzatiladi.
B) Ushbu gapda holning holga tobelanishi kuzatiladi
C) Ushbu gapda holning vositasiz to'ldiruvchiga tobelanishi kuzatiladi.
D) Ushbu gapda to'ldiruvchining sabab holiga tobelanishi kuzatiladi.
11.Omonimlardan foydaladiga badiiy sanʼat turlari?
A) tajnis
B) tuyuq
C) tashxis
D) istiora
12.Navoiyning 4 g'azalyot devoni qaysi asarida jamlangan?
A) G'aroyib us-sig'ar
B) Favoyid ul-kibar
C) Xazoyin ul-maoniy
D) Mahbub ul-qulub
13.Fasli Navbahor oldi ketibon zimistonlar muallifi
A) Mashrab
B) Zavqiy
C) Maxtumquli
D) Ogahiy
14.Navoiyning Muammo haqida yozgan asari?
A) Mufradot
B) Badoye ul-vasat
C) Munshaot
D) Nasr ul-laoliy
15.Navoiy qaysi asarida bazi hadislarga tarif beradi?
A) G'aroyib us-sig'ar
B) Mahbub ul-qulub
C) Munshaot
D)Nazm ul-javohir
16.Emas oson bu maydon ichra turmoq
Nizomiy panjasizga panja urmoq qaysi asarda keltirilgan
A) Layli va Majnun
B) Farxod va Shirin
C) Hayrat ul abror
D) Sab'ayi sayyor
17.Qahhorning tugallanmagan qissasi?
A) Muhabbat
B) Sinchalak
C) Zilzila
D) Qo'shchinor chiroqlari
18.Fikrni asoslash san'ati
A) Husni talil
B) Tashxis
C) istiora
D) tajnis
19.Qora amma nechta bolasini yerga qoygan boladi?
A) 5 ta
B) 3 ta
C) 6 ta
D) 2 ta
20. Ikki otga saraja bo'lgan qahramonning yurti qayer?
A) Zangar
B) Yaman
C) No'g'ay
D) Bihishtsaro
Do'stlaringiz bilan baham: |