33-modda. Turoperatorlar va turagentlar birlashmasi
Turoperatorlar va turagentlar o‘z tadbirkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek
umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida birlashma tuzishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga
oshiruvchi yuridik hamda jismoniy shaxslarning ixtiyoriy a’zoligi prinsipiga asoslangan nodavlat
notijorat tashkiloti turoperatorlar va turagentlar birlashmasidir.
Turoperatorlar va turagentlar birlashmasi yangi a’zolar kirishi uchun ochiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |