O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Har bir shaxs o„zi uchun iqtisodchidir 


73 
Merkantilizm davri har bir shaxs o‗z-o‗zi uchun iqtisodchi, degan 
aqida bilan xarakterlandi. Qarashlar, fikrlar xilma-xil bo‗lganligi sababli 
1500–1750-yillarda umumlashgan adabiyot yaratish qiyin kechdi. 
Bundan tashqari bir yozuvchi birgina mavzuga e‘tibor qaratgan bo‗lib, 
hech bir yozuvchi bu tushunchalrni jamlab va sintezlab keyingi iqtisodiy 
g‗oyalarga turtki bo‗la oladigan fikrlarni yarata olmadi. 
Merkantilizm atamasi 1500-1750-yillar oralig‗ida yaratilgan 
iqtisodiy adabiyotlar va amaliy takliflarga nisbatan ishlatiladi. 
Merkantilistlar adabiyoti G‗arbiy Yevropaning barcha rivojlanayotgan 
iqtisodiyotlarida yaratilgan bo‗lsa ham, uning asosiy g‗oyalari Ingliz va 
Fransuzlar tomonidan ishlab chiqilgan. 
Sxolastik iqtisodiy adabiyotlar o‗rta asr cherkov ruhoniylari 
tomonidan yozilgan bo‗lsa, merkantilizm iqtisodiy nazariyasi savdogar 
tadbirkorlar tomonidan yozilgan. Bu adabiyotlar iqtisodiy siyosatdagi 
masalalarga qaratilgan bo‗lib, odatda savdogarlarni qiziqtirgan 
muammolarga bog‗liq bo‗lgan. Shu sababdan ularning xulosalarining 
haqqoniyligiga va alohida munozaralarning tahliliy ahamiyatiga shubha 
bilan qaraldi. Faqatgina ayrim yozuvchilargina obyektiv tahlil 
muammolaridan yetarlicha xoli ravishda ish olib bora olishgan. Shunday 
bo‗lsada, merkantilistik davri davomida iqtisodiy adabiyot sifat va 
miqdor jihatidan yuksalishga erishdi. 1650- yildan 1750- yilgacha 
bo‗lgan davrdagi merkantilistlar adabiyoti muqarrar yuqori sifatga erisha 
oldi va ushbu adabiyotlarda keltirilgan tahliliy tushunchalar tez orada 
tarqalib, 1776-yilda Adam Smit muallifligidagi ―Xalqlar boyligining 
tabiati va sabablari to‗g‗risidagi tadqiqot ― asariga asos bo‗lib xizmat 
qildi.
12
Merkantilizm – bu muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarning 
rivojlanishiga bo‗lgan qarashlar tizimi va proteksionizm prinsiplariga 
asoslangan bir qator davlatlarning iqtisodiy siyosati, u feodalizmning 
yemirilish davriga muvofiq keladi va ―noindustrial‖ iqtisodiy davrdagi 
iqtisodiy voqelikni tahlil qilishga uringan ta‘limot hisoblanadi. 
Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda 
etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. 
Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni 
tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy maslahatlar berishdir. 
Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‗llab-
12
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 61-b. 


74 
quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya 
qildilar.
Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash tamoyillari quyidagilar 
bilan izohlanadi: har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik 
sifatida qarash; mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini 
ta‘minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; arzon xomashyoni 
import qilish yo‗li bilan sanoatni rag‗batlantirish; import qilinadigan 
sanoat tovarlariga proteksionistik tariflarni belgilash; eksportni, ayniqsa, 
tayyor mahsulotlar eksportini rag‗batlantirish; ish haqining past 
darajasini ushlab turish uchun aholining o‗sishi. Milliy farovonlikning 
zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi shak-shubhasiz, 
merkantilizmning asosi hisoblanadi. 
Shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, uzoq yillar davomida 
boylikning, xalq farovonligining asosi-mehnat, yer, dehqonchilik va 
chorvachilik, hunarmandchilik, deb kelinar edi (uni biz yuqorida ko‗rib 
chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o‗zgardi. Avvalo, natural-
xo‗jalik tizimining yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‗sishi, fan va 
madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, buyuk 
geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo‗lishi 
birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo‗ldi. Noekvivalent 
savdo tufayli metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana 
shu davrga kelib jamiyatning boyishida savdoning o‗rnini asoslab berishga 
uringan merkantilizm qarashlarida noelastik talab va eksportning 
importdan ko‗p bo‗lishining maqsadga muvofiqligi, kapital eksportini 
rag‗batlantirish va jamiyat ishlarini qo‗llab-quvvatlash tushunchalari 
ustunlik qilgan, shuningdek, ―qo‗shningni quritsang, go‗yoki millat boy 
bo‗ladi‖ kabi noto‗g‗ri siyosat ilgari surilgan.

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish