312
Birinchi yo‗nalish – suriladigan paritet yoki boshqariladigan
standart nazariyasi. Bu nazariya I.Fisher va J.M.
Keyns tomonidan
yaratilgan. I.Fisherning fikricha, pul birligini
oltin pariteti asosida
boshqarish pulning to‗lovga qobiliyatini barqarorlashtiradi. Keyns esa
egiluvchan paritet tarafdori bo‗lgan. U milliy
valyuta kursini tushirib
bahoga ta‘sir o‗tkazish va shu orqali eksportni,
mamlakatdagi ishlab
chiqarish va bandlikni yaxshilash,
shuningdek, tashqi bozor uchun
kurashni taklif qilgan.
Ikkinchi yo‗nalish – muvozanat
yoki neytral valyuta kursi
nazariyasi, bunda to‗lovga qobiliyatlilik pariteti o‗rniga milliy
iqtisodiyot uchun mos neytral valyuta kursini o‗rnatish ilgari surilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: