O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 F.List va Germaniya tarixiy maktab asoschilari



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

7.4. F.List va Germaniya tarixiy maktab asoschilari
P.J. Prudon va K. Rodbertuslarning iqtisodiy g„oyalari 
Milliy qalb, milliy xarakter, milliy taqdir – shu va shunga 
o‗xshash tushunchalar XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Germaniya 
jamoatchiligi fikriga singib kirmoqda edi. Tarixiy maktab vakillari 
tarixdan bo‗lak yana nima milliy bo‗lishi mumkin, degan fikrlarga 
asoslanib siyosiy iqtisoddan tarixiy usul o‗rnini ko‗rsatishga harakat 
qildilar. Ular milliy fan sifatida siyosiy iqtisod orqali tabiiy 
xususiyatlarga va xalq harakatlariga bog‗liq holda rivojlanadigan milliy 
xo‗jalikni o‗rganishni o‗z oldilariga maqsad qilib qo‗ydilar.
Fridrix List (1789-1846-y.y.) Janubiy Germaniyaning Reydlingen 
shahrida boy hunarmand oilasida tug‗ildi. U o‗qishni 15 yoshida tugatib, 
hunarmandchilik ustaxonasida otasiga shogird bo‗lib ikki yil ishladi. 
Keyinchalik Vyurtemberg qirolligida turli lavozimlarda ishlab, bir 
vaqtning o‗zida Tyubingen universitetini huquq mutaxassisligi bo‗yicha 
tugatdi. 1817-yildan shu universitetning Davlat boshqaruvi amaliyoti 
kafedrasi professori bo‗lib ishladi. List 28 yoshida liberal yo‗nalishdagi 
taniqli publisist, radikal burjua-demokratik islohotlarning qat‘iy 
tarafdori sifatida tanildi. U 1847-yil Bryussel shahrida bo‗lib o‗tgan 
iqtisodchilar kongressida o‗zining aniq ehtirosli fikrlari, siyosiy 
yetukligi va kuchli notiqlik qobiliyati bilan ko‗pchilikning e‘tiborini 
o‗ziga qaratdi. List 1819-yilda Germaniya iqtisodiy birligini ta‘minlash 
maqsadida «Savdo-sanoat ittifoqi»ni tuzdi. 
F.List 30 yoshida Vyurtemberg parlamenti a‘zosi bo‗lib, o‗zining 
keng demokratik islohotlar dasturi bilan hukumatga murojaat qildi. 
Bunday siyosiy chiqish Listga qarshi kuchlar shakllanishiga sabab 
bo‗ldi. Natijada u 1825-yilda Germaniyani tark etib, AQShga doimiy 
yashash uchun ketdi. Dastlab u fermerlik bilan shug‗ullandi, keyinchalik 
nemis gazetalarining muharriri bo‗ldi hamda sanoat sohasida 
tadbirkorlik faoliyatini olib bordi. F.List Angliya sanoati bilan raqobat 
qiluvchi Germaniya va AQShda sanoat rivojlanishi xususiyatlarini 


148 
chuqur o‗rganib, Amerika taraqqiyoti uchun iqtisodiy dasturni 
tayyorladi.
1832-yildan F.List Yevropaga qaytib AQShning Leypsigdagi 
elchisi bo‗lib ishladi. Shuningdek, u Leypsig-Drezden temir yo‗lini 
qurish maqsadida Germaniyada birinchi bo‗lib hissadorlik uyushmasini 
tashkil etdi. F.List o‗zining uchinchi va oxirgi emigratsiyasidan so‗ng 
Parijda uch yil yashadi. U o‗zining bor kuchini, idroki va iqtidorini 
iqtisodiy muammolarni keng o‗rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi 
manfaatlarining ifodachisi bo‗lgan F.List iqtisodiy birlik uchun 
birinchilar qatori maydonga chiqdi. U o‗zining «Siyosiy iqtisodning 
milliy sistemasi» (1841) nomli asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni 
yaratish vazifasini o‗rtaga qo‗ydi. Mamlakatning ishlab chiqaruvchi 
kuchlari to‗g‗risidagi ta‘limot unga asos bo‗lishi kerak edi. F.List 
davlatning faoliyatini, dinni, axloqni, ma‘naviyatni va shu kabilarni 
ishlab chiqaruvchi kuchlar jumlasiga qo‗shdi. 
F.Listning ta‘limotiga ko‗ra qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, 
«millatning ruhi» (toj-taxtning meros bo‗lib qolishi, huquq, sud, armiya, 
polisiya va shu kabilar) yaratadi.
F.List ta‘limotida xo‗jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari 
to‗g‗risidagi g‗oyalar katta o‗rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta 
bosqichga: ba‘daviylik, cho‗ponlik, dehqonchilik, dehqonchilik-
manufaktura, dehqonchilik - manufaktura - savdo bosqichlariga bo‗ladi. 
Bunday bo‗lishdan kuzatilgan maqsad Germaniyada sanoatning o‗sishini 
har tomonlama qo‗llab-quvvatlash, bir yoqlama rivojlanishdan, qishloq 
xo‗jaligining ustunligidan voz kechish kerak, degan fikrni isbotlashdan 
iborat edi.
F.Listning asosiy iqtisodiy asari Germaniyaning iqtisodiy 
rivojlanishi va savdo siyosati atrofidagi qizg‗in tortishuvlarda alohida 
o‗rin egallab, nemis iqtisodiy fikriga katta ta‘sir ko‗rsatdi. F.List 
o‗zining g‗oyalarini rivojlantirar ekan, Germaniyaning gullab-yashnashi 
sanoat taraqqiyoti orqali bo‗lishi mumkinligini va shuning uchun uni 
chet el raqobatidan himoya qilish zarur ekanligini ko‗rsatadi. Ushbu asar 
o‗z davrida demokratik ziyolilar tomonidan qizg‗in qabul qilinib, katta 
qiziqish bilan o‗qildi. 
Germaniyaga qaytgandan so‗ng olim Augsburg shahrida yashab, 
ilmiy ishini davom ettirdi. U xuddi ana shu buyuk davlatchilik, 
shovinistik kayfiyatdagi asarlarini yaratib, nemis imperializmining 
dastlabki himoyachilariga yo‗l ochib berdi. List urushlar va 
bosqinchilikning tarafdori bo‗lib, dehqonchilik holatidan dehqonchilik-


149 
sanoat holatiga o‗tishga ko‗maklashadigan urushlarni yoqlaydi. U 
Janubiy-sharqiy Yevropadagi bo‗sh yerlarni Germaniya bosib olishi 
zarur, deb hisoblaydi. List hayotining so‗nggi yillarida Angliyaga 
bo‗lgan o‗z munosabatini o‗zgartiradi, chunki u doim Angliyani 
Germaniyaning birlashishiga va sanoat rivojiga qarshi, deb hisoblardi. 
Endi uning fikricha, Angliya Germaniyani qit‘a qo‗shnisi hisoblangan 
Fransiya va Rossiyaga qarshi harakatlarda qo‗llashi mumkin edi. 
List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa uning yirik 
namoyandasi bo‗lgan A.Smit iqtisodiy qarashlarini tanqid qildi, lekin u 
klassik maktabning asosi bo‗lgan qiymat va daromadlar nazariyasini 
mutlaqo tahrir qilmadi. Iqtisodiyotning bu kategoriyalari olimni 
qiziqtirmadi. Asosiy e‘tibor iqtisodiy siyosatning asosiy masalalariga va 
ayniqsa, tashqi savdo siyosatiga qaratildi. F.List Smit iqtisodiy 
sistemasini kosmopolitizmda ayblab, uni ayrim mamlakatlar xo‗jalik 
rivojlanishining milliy xususiyatlarini ko‗rmasdan, barchasiga umumiy 
«tabiiy» qonun-qoidalarni dogmatik ravishda majbur kiritilmoqda, 
deydi. «Turli millatlar, – deb yozadi List turli bosqichda bo‗ladilar. 
Bunday sharoitda ular o‗rtasidagi to‗liq erkin savdo ayirboshlash 
qiymati nuqtayi nazaridan jahon xo‗jaligi uchun ma‘lum mavhum 
foydani keltirishi mumkin bo‗ladi». Lekin bu holat qolgan mamlakatlar 
ishlab chiqarish kuchlari rivojiga to‗sqinlik qiladi. U o‗z konsepsiyasini 
ishlab chiqarish kuchlari nazariyasi, deb yuritib, Smitning ayirboshlash 
qiymati nazariyasiga qarshi qo‗yadi. Lekin shuni aytish zarurki, ishlab 
chiqarish kuchlari, deganda List ijtimoiy sharoitlar majmuasini 
tushunadi va ularsiz millat boyligi bo‗lmaydi, deb yozadi. Shuningdek, u 
faqatgina qishloq xo‗jaligi bilan shug‗ullanadigan millat bir qo‗l bilan 
mehnat qiladigan kishi kabidir, deydi. List ishlab chiqarish 
unumdorligini oshirishni proteksionizm tarbiyasi yordamida amalga 
oshirishni o‗rtaga tashlaydi. Davlat sistemasidagi tadbirlar milliy ishlab 
chiqarishni chet el raqobatidan to o‗zini tiklab olguncha va teng 
raqobatdosh bo‗lguncha himoya qilishi kerak, deyiladi. Erkin savdoni 
amalga oshirishni esa u keyinroq, ya‘ni hamma millatlar bir xil 
rivojlanish darajasiga yetgunicha qoldirishni tavsiya qiladi. Hozirgi 
davrga kelib Listning bunday qarashlarining ayrimlari dolzarb bo‗lib, 
hayotda o‗z o‗rnini topmoqda. Masalan, millatning boy, qudratli bo‗lib 
borishi uning qanchalik ko‗p sanoat mahsulotini eksport qilishi va kam 
mahsulotni import qilishi bilan belgilanadi. Bu o‗rinda Yaponiya 
tajribasini ko‗rsatishimiz kifoya. Bu davlat so‗nggi yillarda tez iqtisodiy 


150 
rivojlanish hisobiga, ya‘ni tashqi savdoni to‗g‗ri yo‗lga qo‗yganligi 
uchun rivojlangan mamlakatlar qatorida oldingi o‗ringa chiqib oldi.
Listning iqtisodiy nazariyasi asosiy masalalardan hisoblangan 
kapitalizm taraqqiyoti doirasida o‗z tarixi va xo‗jaligining xususiyatiga 
ko‗ra jahon hamjamiyatining so‗nggi 
qatorlaridan o‗rin olgan mamlakatlarning 
iqtisodiy 
qoloqligini 
bartaraf 
etish 
yo‗lidagi dastlabki urinish edi. Hozirgi 
davrda milliy sanoatni rivojlantirish uchun 
harakat qilayotgan yosh, rivojlanayotgan 
mamlakatlarning List ta‘limotiga katta 
e‘tibor berayotgan-liklari tabiiy holdir. 
Chunki ularning oldi-da jahon bozorida hukmronlik qilayotgan 
rivojlangan mamlakatlar monopoliyasi sharoitida o‗z sanoatlarini 
himoya qilish vazifasi turibdi.
Germaniyada tarixiy maktablar shakllanishi va evolyutsiyasini 
ilmiy-iqtisodiy adabiytda uch asosiy davrga ajratiladi. Birinchi davr XIX 
asrning 40-60-yillarini o‗z ichiga olib, «Eski tarixiy maktab» yoki 
oddiygina «Tarixiy maktab» davri, deb nomlanadi. V.Rosheo, K.Knis va 
B.Gildebrand bu davrning asosiy mualliflaridir. Ikkinchi davr XIX 
asrning 70-90-yillariga to‗g‗ri kelib, «Yangi tarixiy maktab» davri, deb 
nomlanadi. G.Shmoller va L.Brentano bu davrning asosiy ijodkorlaridir. 
Uchinchi davr XX asrning 30-yillarigacha davom etib, «Eng yangi 
tarixiy maktab» davri yoki qisqacha «ijtimoiy yo‗nalish» nomini oldi. 
V.Zombart va M.Veberlar uning asosiy mualliflari edilar.

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish