3. TASHKILOT STANDARTLARINI KELISHISH
Qayta ishlab chiqilayotgan, qayta ko‘rib chiqilayotgan tashkilot standartlari
va ularga o‘zgartishlar kelishilishi lozim.
Vakolatlangan organlar - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,
O‘zbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi, Mudofaa
vazirligi va manfaatdor tashkilotlar layoqatliligiga tegishli bo‘lgan talablarni o‘z
ichiga olgan tashkilot standartlarining loyihalari tasdiqlanishidan avval ular bilan
kelishilishi lozim.
Tashkilot standartining loyihasini barcha kelishuvchi tashkilotlarga bir
vaqtda yuborilishi tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |