Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
tomonidan hamda o‘z vakolatlari doirasida texnik jihatdan tartibga solish
sohasidagi boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan shakllantiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi
umumiy va maxsus texnik reglamentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga
oladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari, davlat
boshqaruvi organlari o‘zlari tasdiqlagan maxsus texnik reglamentlarni texnik
jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondiga belgilangan
tartibda taqdim etadi.
76
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini
shakllantirish va yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.