89 -modda. Majburiy ijro byurosining faoliyatini tashkil etish
Majburiy ijro byurosi organlarining faoliyatini tashkil etish, ushbu organlarning vazifalari va
funksiyalari, shuningdek Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Majburiy ijro byurosi organlari ijro ishlarini yuritish hujjatlarini hisobga olish va saqlashni
qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq ta’minlaydi. Ijro ishlarini yuritishdagi ijro hujjatlarini
va boshqa hujjatlarni olib qo‘yishga faqat sud qarori asosida yoki O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat-protsessual kodeksida
belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Ijro ishlarini yuritish, shu jumladan ularni shakllantirish, hisobga olish va saqlash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi.
Majburiy ijro byurosi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan qo‘zg‘atilgan ijro ishlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasini yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |