Xx asrning oxirgi o’n yilligida xalqaro munosabatlarining rivojlanishida g`oyat muhim



Download 125,16 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.02.2022
Hajmi125,16 Kb.
#446203
Bog'liq
XX asrning oxirgi o



XX asrning oxirgi o’n yilligida xalqaro munosabatlarining rivojlanishida g`oyat muhim 
voqealar sodir bo’ldi. Sotsialistlik sistema parchalanib Yevropaning qator mamlakatlari 
mustabid tizim zulmidan qutilib demokratik rivojlanish yo`liga o’tdi. Sobiq SSSR o’rnida 
mustaqil davlatlar paydo bo’lib ular jahon hamjamiyatiga bevosita qo’shilib xalqaro 
munosabatlarning alohida subyektlariga aylandilar. 
1991 yilda SSSR tarqalib ketgach jahon rivojlanishida yangi murakkab bir davr yuzaga 
keldi. 
Birinchidan, davlatlararo munosabatlar tizimidagi muvozanat buzildi. Jahonda siyosiy-
iqtisodiy bo’linish ro’y berdi. Ko’chlar markazigacha asosan ikki joyda to’plangan, 
dunyo ikki qutbli bo’lgan bo’lsa, endi vaziyat o’zgardi, dunyo ko’p qutbli bo’lib qoldi, 
nazorat qilish qiyinlashdi. 
Ikkinchidan, jahon mamlakatlari o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik va ziddiyatlar 
yanada 
o’sdi. 
Uchinchidan jahonning ko’pgina mamlakatlarida ijtimoiy osoyishtalikka qarshi xavf-
xatarlar o’sib borayapti. 
Boy va kambag`allar o’rtasida mulkiy tafovutning kuchayishi, ishsizlikning, 
qashshoqlikning avj olishi, bir qator mintaqalarda milliy-etnik va diniy nizolarning kelib 
chiqishi ekstremizm va fundamentalizm kabi ilatlarning kuchayishi ijtimoiy-siyosiy 
barkarorlikka putur yetkazuvchi omillar xisoblanadi. 
To’rtinchidan yadro urushi xavfi ancha kamaygan bo’lsa ham hali ommaviy qirg’in 
qurolining ko’p miqdorda saqlanaetganligi va bunday qurolga ega bo’layotgan davlatlar 
safining ortib borishi, shuningdek ekologik muammolarning kuchayishi ham jahon 
taraqqiyotiga salbiy ta`sir ko’rsatmoqda. 
O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga munosib o’rin egallashi uchun asosiy shart-
sharoitlar bu uning jug`rofiy-siyosiy jahatdan qulay mintaqada ekanligidir. 
Birinchidan, O`zbekiston markaziy Osiyo mantaqasining transport, boy hamda mustaqil 
energetika omillari markazida joylashgan. 
Ikkinchidan, O`zbekiston qulay tabiiy-iqlim sharoitiga ega. Bizda qadimiy dehqonchilik 
madaniyati 
va 
boy 
minyeral-hamashyo 
resurslari 
bor. 


Uchinchidan davlatimiz nafaqat o`zini o`zi ta`minlaydigan, balki chetga chiqarishga 
Iqtisodiyotning 
asosi 
bo’lmish 
muhim 
tarmoqlarga 
ega. 
To’rtinchidan O`zbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o`rni bor. Yurtimiz 
ma`naviy 
merosga 
boy. 
Shu bilan birga O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilib mustaqil rivojlanigshida 
salbiy ta`sir ko’rsatuvchi qator qiyinchiliklar ham mavjud. Bular quyidagilar: 
1991 yil 31 avgusta Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan Mustaqillik haqidagi 
bayonotda O`zbekistonning tashqi siyosatdagi yo`li aniq qilib belgilangan edi. Jumladan 
unda: Xalqaro hamjamiyatning to’la xuquqli a`zosi bo’lgan O`zbekiston Respublikasi 
xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subyekti sifatida qatnashadi, 
uning maqsablari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o`z xududini qurol yarog`lardan 
xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg`in qurollarini yo`qotish, suveren 
davlatlar o`rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va taziyiqqa yo`l 
qo’ymaslikdan 
iborat 
— 
deb 
qayd 
qilindi. 
Prezident I.Karimov o`zining “O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqiyot yo`li” kitobida 
mamlakatimizning mustaqil tashqi siyosatini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17 moddasida mamlakatimiz tashqi 
siyosatining qoidalari qonunlashtirildi. Bu qoidalar O`zbekiston Respublikasi tashqi 
siyosiy faoliyatining asosiy tamoyillari to’g`risidagi Chet el investitsiyalari 
to’g`risidagi,investorlar va investitsiyalarga kafolat berish tug`risidagi,Tashki iqtisodiy 
faoliyat 
to’g`risidagi 
xujjatlarda 
o`z 
ifodasini 
topdi. 
O`zbekiston 
Prezidenti 
I.Karimovning 
birlashgan 
Millatlar 
Tashkiloti 
Bosh 
Assambleyasining 48 (1993) va 50-yubiley (1995 sessiyalaridagi nutqlarida mustaqil 
O`zbekiston 
tashqi 
siyosatining 
bosh 
yo`nalishlari 
belgilab 
beriladi. 
1992 yil 2 martda O`zbekiston Respublikasi o`z tarixida birinchi bor xalqaro 
hamjamiyatning teng huquqli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti a`zoligiga 
qabul qilindi. 1993 yil fevral oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi ta`sis etilib, ish 
boshladi. 
Bugungi kunda BTM ning O`zbekistondagi vakolatxonasi respublikada BTM ning 
taraqqiyot Dasturi, Sanoat taraqqiyoti dasturi. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, 
narkotiklarni nazorat qilish bo’yicha Dastur, Bolalar jamg`armasi singari ixtisoslashgan 
muassalarni 
o`z 
tarkibiga 
birlashtirishga 
muvaffaq 
bo’ldi. 


O`zbekiston 1992 yil fevral oyida dunyoda tanqislikni mustaxkamlash, inson huquqlarini 
himoya qilish bo’yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot — 
Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (EXHT) a`zo bo’lib kirdi. 
O`zbekiston Respublikasi bir qator ixtisoslashgan nufuzli xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnika 
va madaniy tashkilotlar Jahon iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Jahon Banki, Xalqaro 
valyuta jamg`armasi Evropada tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, 
xalqaro pochta ittifoqi, Jahon sog`liqni saqlash. tashkiloti, Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi, 
Osiyo va Tinch okean xavzasi bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiya, Markaziy Osiyo 
mamlakatlari iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Bojxonalar hamkorligi Kengashi, BTMning 
ta`lim, fan va madaniyat bo’yicha Qo’mitasi (YuNESKO) va boshqa tashqilotlar 
a`zosidir. 
O`zbekiston o`z taraqqiyotida, shuningdek tashqi siyosiy aloqalarida Amerika Qo’shma 
Shtatlari bilan hamkorlikka katta e`tibor bermokda. 1992 yilda Toshkent va 
Vashingtonda 
elchixonalar 
ochildi. 
O`zbekistonda 1996 yil boshlarigacha amerikalik sarmoyadorlar ishtirokida 200 ta 
o’zbek-amerika qo’shma korxonalari tashkil topdi va faoliyat ko’rsatdi. Bular orasida 
Navoyi viloyati Zarafshon vodiysidagi, Muruntovda AQSh ning N`yumont Mayning 
Korporatsiyasi bilan hamkorlikda tog` jinslaridan oltin va kumush ajratib oluvchi 
qo’shma 
korxonasi 
bor. 
So’nggi yillarda O`zbekistonning AQSh bilan tashqi savdo munosabatlari ortib 
bormoqda. Masalan, 1998 yilda O`zbekistondan chiqarilgan bo’lsa, shu davr mobaynida 
AQSh dan 242,9 mln. dollarlik maxsulot eksport qilib olindi e`tibor olindi. 
O`zbekiston ko’pgina mintakaviy tashkilotlar, chunonchi, Evropa Ittifoqi, Nato, EKO, 
Islam konfyerentsiyasi, qo’shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali 
hamkorlik 
qilmoqda. 
O`zbekiston O`rta Osiyo davlatlari bilan Turkiya, Pokiston, Yeron tomonidan tuzilgan 
iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a`zo bo’lib kirdi va Trans Osiyo temir yo`li qurilishida 
faol 
ishtirok 
etmoqda. 
Tashqi iqtisodiy aloqalarda respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarning tuxtovsiz 
kirib kelishni ta`minlamoqda. O`zbekiston xukumati Kanada, XXR, Turkiya, Gollandiya, 
Gyermaniya, Shveytstsariya banklari va firmalari bilan 1,5 milliard AQSh dollari 


hajmida 
32 
ta 
yirik 
kredit 
bitimi 
tuzdi 
va 
ular 
amalga 
oshmoqda. 
Qoraqalpog`iston xalqi I.A.Karimovning BMT minbaridan turib dunyo mamlakatlarini 
Orol dengizini saqlab qolishga qarata chaqirig’ini katta qoniqish bilan kutib oldi. Uning 
tashabbusi bilan 1994 yil (14 yanvar) Nukusda markaziy Osiyoning beshta davlat 
Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida o’tkazilgan 
uchrashuvda Orolga va Oralbo’yi aholisiga azaliy yordam berish masalasi muhokama 
tashabbusi bilan Nukusda o’tkazilgan xalqaro konferentsiya esa tarixiy voqea bo’ldi. Bu 
anjumanning asosiy hujjatlaridan biri — Nukus Deklaratsiyasi bo’lib, unda butun dunyo 
jamoatchiligi e`tibori Orol muammosiga qaratildi. 

Download 125,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish