Savol va topshiriqlar 1. Abdulla Avloniy hayoti va ijodi nimasi bilan ibratli?
2. Avloniyning matbuot va «gazetchilik» faoliyati haqida nimalarni
bilasiz?
3. «Vatanni suymak» lavhasida adib bizni nimalarga da’vat etadi?
4. «Vatanni suymak imondandur» hadisining mazmunini sharhlashga
harakat qiling.
5. «Vatan» she’rida shoir vatanning qadrini bilmaganlarni nimaga
o‘xshatadi? She’rdan ana shu mulohazalar aks etgan satrlarni toping.
6. Do‘stlarning chin va yolg‘on bo‘lishi haqida boshqa kitoblarda ham
o‘qiganmisiz? eslab ko‘ring.
7. O‘zingizning chin do‘stingizni ta’riflab bera olasizmi?
8. «Hiylagarning hiylasi boshin yegay» misralari avvalgi darslarda o‘qilgan
qaysi asarning qahramonini yodga soladi?
9. «Janjalchilik zarari» hikoyasida echkilardagi qaysi qusur ularni suvga
g‘arq qildi?
10. «Vatan» she’rini yod oling.
11. Abdulla Avlоniyning ma’rifatpavarlik va ijоdiy faоliyati da-
vоmida amalga оshirgan ishlarini o‘qituvchingiz yordamida jadvalda
aks ettiring.