National Westminster Bank
tomonidan ishlab chiqilgan
(bundan buyon
NatWest Bank).
1993-yilning dekabr oyida
NatWest Bank
Mondex
deb nomlangan kichik summalar bo‘yicha to‘lovlarning elektron tizimi yaratilganini
e’lon qilgan.
Mondexni smart-kartalar vositasida naqd pullarni o‘rnini bosuvchi tizim sifatida
ta’riflash mumkin.U nimasi bilandir VISA Cash tizimni eslatadi.Ammo uning asosida
yotgan konsepsiya umuman boshqachadir.
Mondex tizimi mamlakat valutasida elektron pullari emissiyasini amalga
oshiruvchi va tashkiliy markaz hisoblanuvchi yagona organga ega. Bunday emitent
Mondex tizimida tarqatuvchi funksiyasini bajaradi va qatnashchi banklarni aylanma
mablag‘lar yoki naqd pullar evaziga Mondex elektron pullarining mos summasi bilan
ta’minlaydi.
4.15-jadval
NetBill tizimning asosiy ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar
Izoh
Transaksiya qiymati
Xaridor uchun bepul. Sotuvchi transaksiya
uchun 3,5-5% plyus 2-5 sent to‘laydi.
Maxfiylik
Bank ham, sotuvchi ham mijoz to‘g‘risida
hech qanday axborotga ega bo‘lmaydi
Xavfsizlik darajasi
Ochiq kalitli shifrlash usullari, web-
brauzerlarning ichki kriptografik usullari
qo‘llaniladi.
Transaksiya
miqdori (maqsadli
bozor)
$1gacha
Mumkin
$1-100
Ha
>$100
Bo‘lmagani ma’qul
Tovar va xizmatlar
(maqsadli bozor)
raqamli
Da
jismoniy
Yo‘q
schyotlar Yo‘q
Mondex kartasi egalari bo‘lgan iste’molchilar, o‘z kartalariga elektron
summa.1a.rni Bank ATMi yoki Mondex telefoni orqali ko‘chiradilar. So‘ngra bu
summalardan
xaridlarni
amalga
oshirishda
naqd
puldek
foydalanish
mumkin.Cho’ntak kalkulatorini eslatuvchi “hamyon”dan foydalanib mijozlar o’zaro
elektron pullarini almashishlari mumkin. Shunday qilib, bankdan elektron summa
olingandan so‘ng, pullarning barcha harakati faqat foydalanuvchiga ma’lum bo‘ladi.
Hech kim uni kuzatish, nazorat qilish imkoniga ega bo‘lmaydi. Bundan tashqari,
elektron summa schyotdan olinishi, schyotga qo‘yilishi yoki oddiy telefon tarmog‘i
orqali Mondex tizimiga ulangan uzoqdagi adresatga xususiy yoki jamoa telefoni
orqali jo‘natib yuborilishi mumkin. Shaxsiy kompyuterlarda o‘qish vayozish
funksiyalari dasturlansa, pullarni Internet tizimi orqali jo‘natish mumkin bo‘ladi.
Boshqacha aytganda, Mondexning vazifasi qo‘shimcha kommunikatsiya
funksiyalarini ta’minlab naqd pullarni butunlay to‘lovning elektron vositalari bilan
almashtirishdir.
4.16-jadval
Mondex to‘lov tizimining asosiy ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar
Izoh
Transaksiya qiymati
Bepul (kartadan foydalanish minimal
to‘- lovini har bir bank o‘zi belgilaydi)
Maxfiylik
Xaridor uchun mutlaq anonim tizim
(bank ham, sotuvchi ham xaridor
kimligi aniqlay ol- maydilar). Xaridor
o‘z xaridi haqidagi yo- zuvlarni saqlab
q oladi.
Xavfsizlik darajasi
Tizim
kriptografining
barcha
zamonaviy usul- larini qo‘llaydi (ochiq
va yopiq kalitli shifr- lash)
Transaksiya xajmi
(Maqsadli bozor)
$1gacha
Ha
$1-100
Ha
>$100
Bo‘lishi mumkin
Tovar va xizmatlar
(maqsadli bozor)
raqamli
Ha
jismoniy
Ha
schyotlar Yo‘q
Boshqa yuklanuvchi kartalarda ulardagi ma’lumotlar bor-yo‘g‘i amalga
oshirilgan oldindan to‘lash natijasidir. Mondex kartasidagi elektron summalar bu
Tarmoq orqali uzatish mumkin bo‘lgan elektron naqd pullardir. Shu zaylda u uzoq
joylarga yuborishga mo‘ljallangan pullarni ko‘chirish masalasini hal qilish imkonini
yaratib beradi.
To‘lovlar Mondex elektron pullari vositasida “hamyon” yoki telefondan
foydalanib amalga oshirilganda mavjud bank tarmoqlarining qimmat tizimi orqali
o‘tishga ehtiyoj qolmaydi, oqibatda operatsiya xarajatlari ancha kamayadi. Ammo
infratuzilma yaratish uchun katta miqdordagi birlamchi investitsiyalar talab etiladi,
tarmoqlar esa qimmat bo‘lmagan terminallar va kirish ruxsat beriladigan punktlar
bilan jihozlan- gan bo‘lishi kerak.
Mondex tizimining afzalliklari
Birinchidan u boshqa to‘lov tizimlariga qaraganda ancha xavfsizroq. Bu yerda
kriptografiya sohasidagi ochiq va yopiq kalitli oxirgi ishlamalardan foydalanilgan.
Tizim ikki tomonning elektron imzolari bilan (mijoz - bank yoki mijoz - mijoz),
mijozning shaxsiy imzosi bilan himoyalangan. Ishonchliligi bo‘yicha Mondex tizimi
kredit kartalaridan bir pog‘ona ustun turadi.
Ikkinchidan unda turli protsessing markazlari tomonidan avtorizatsiya talab
etilmaydi.Bu transaksiya qiymatini amalda nolgacha pasaytiradi.
Uchinchidan tizim yuzaga keluvchi barcha ijobiy oqibatlari bilan anonimdir.
To‘rtinchidan mijoz yo‘qotgan kredit kartasidan foydalanishning imkoniyati
yo‘q, chunki uning raqamini faqat mijozning o‘zi biladi.
Beshinchidan mikroto‘lovlarni amalga oshirish mumkinligi.
Oltinchidan tizim xalqaro kategoriyaga taalluqlidir.Bu xaridlar to‘lovini istalgan
valutada amalga oshirish imkonini beradi.
Tizimning
kamchiliklari.Hozircha
Mondex
tizimi
Internetdan
alohida
rivojlanmoqda. Ammo kompyuterga mo‘ljallangan o‘qish qurilmalarining tarqalib
borishi bilan u Internet tarmog‘ida ham yetarli darajada ommaviylashishi mumkin.
Bunday olib qaraganda Mondex - bu smart kartadir.
4.3. To‘lov tizimlarining reyting baholarini olish usullari
«Ekspert RA» reyting agentligi ekspertlarining biri tomonidan eng kelajagi
porloq to‘lov tizimlarining reytingini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan izlanishlar olib
borilgan [58]. To‘lov tizimlarini tasniflash mezoni sifatida quyidagilar qabul
qilingan:
1.
Universallik (turli ko‘rinishdagi pullar bilan ishlash imkoniyati).
2.
Faollik darajasi, ya’ni haqiqatda ishlovchi, ko‘rgazma sifatida
ishlovchi, faolligi past.
3.
Tezligi (to‘xtovsiz, 1 dan 4 kungacha vaqt talab qiluvchi)
4.
Mikroto‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati.
5.
Maxsus dasturiy ta’minotning mavjudligi yoki yo‘qligi.
6.
On-line rejimida qayd qilishning mavjudligi yoki yo‘qligi.
7.
Xaridorga pulini qaytarish imkoniyatining yo‘qligi.
8.
Magazinning qayd qilish va to‘lov summasidan foizlar to‘lash bilan bog‘liq
bo‘lgan xarajatlari.
9.
Xaridorning xarajatlari (komissiya ko‘lami va to‘lov summasidan foizlar
to‘lash).
10.
Shifrlash algoritmining barqarorligi (elektron raqamli imzoning va shifrlash
algoritmining mavjudligi bilan aniqlanadi).
10.
O‘zR huquqiy normalariga mos kelishi.
11.
Amalga oshirilayotgan muolajalarni tasdiqlovchi hujjatlarning bor yoki
yo‘qligi.
12.
Sertifikat, litsenziyaning mavjudligi.
13.
Bank, protsessing kompaniyasining mavjudigi.
14.
To‘lov tizimni batafsil ta’riflab berilishi darajasi (juda batafsil ta’riflangan -
3 ball; yetarlicha batafsil ta’riflangan - 2; uncha-muncha batafsil ta’riflangan - 1;
ta’rifning yo‘qligi - 0). Yig‘ilgan ma’lumotga muvofiq vatanimizdagi asosiy to‘lov
tizimlariga quyidagi reyting (ball) baholari qo‘yilgan:
Egallagan
o‘rni
To‘lov tizimining nomi
Ballar
1
ASSIST
14
2
PayCash
13
3
CyberPlat
12
4
GRADO
11
5
WebMoney
10
6
ElIT
9
7
Russian Shopping Club
7
8
Instant
7
Ko‘rinib turibdiki, eng yaxshi reyting baholarini ASSIST va Pay Cash to‘lov
tizimlari olishgan.
Rejalashtirish bilan bog‘liq turli vazifalarning modelini yaratish va ularni hal
qilishda ko‘p maqsadli yondashuvdan foydalanishning maqsadga muvofiqligi hamda
investitsiyalar jalb etishning maqsadga muvofiqligi ko‘pgina adabiy manbalarda
asoslab berilgan (60-84).
Vazifalarni hal qilishga bir maqsadli yondashuv biznes hisob-kitobi nazariyasi
va amaliyoti bilan qisman mos keladi, xolos. Bir maqsadli iqtisodiy-matematik
modellar bo‘yicha olinadigan rejalar hamma ishlab chiqarish resurslaridan (jonli va
jonsiz mehnatdan, moliyaviy mablag‘lar- dan) yetarli darajada samarali
foydalanilishini ta’minlashga qodir bo‘l- maydi. Shu bilan birga, nazariya
vaamaliyotda optimallashtirish vazifa- larini hal qilishga bir maqsadli yondashuv
ancha yaxshi ishlab chiqilgan. Amaliy dasturlarning turli paketlari bilan ta’minlangan
loyiha yechimlari mavjud.Bunday sharoitda optimallashtirish vazifalarini hal qilishga
ko’p maqsadli yondashuvni qabul qilmaslik uchun asos bordek ko’rinishi mumkin.
Bu holni uning tarafdorlari quyidagi dalillar bilan asoslaydilar: qo‘llanilayotgan lokal
mezonlardan istaganini vazifa modelining tegishli cheklovi bilan almashtirish
mumkin yoki bir qator ko‘rsatkich- larni ixchamlashtirish yo‘li bilan vazifa
modelining ko‘pdan-ko‘p lokal mezonlarini bitta umumlashgan mezonga keltirish
kerak.
Birinchi dalil quyidagi prinsipial e’tirozlarni keltirib chiqaradi:
•
model mezonini cheklangan model bilan almashtirish ushbu me- zonning
raqamli qiymati ma’lum bo‘lgan vaqtdagina joizdir; biroq ma- salaning uzil-kesil
yechimini olguncha bu qiymatni yetarli darajada aniq belgilash imkoni bo‘lmaydi;
•
model mezonini cheklangan model bilan almashtirish ehtimolga yaqin bo‘lgan
yechimlar sohasida qolgan mezonlarning qiymati keskin yomonlashishiga olib kelishi
mumkin;
•
modelning bir necha mezonlarini cheklangan modellar bilan almashtirish
oqibatida ko‘plab ehtimolga yaqin rejalar puch bo‘lib chiqishi mumkin.
Ikkinchi dalilni ham bir qator mulohazalarga ko‘ra asosli deb bo‘l- maydi:
•
masalan, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ko‘rsatkichlarni bitta umum-
lashtiruvchi mezonga keltirish (ixchamlashtirish yo‘li bilan) hal qilin- magan ilmiy
muammodir;
•
bir maqsadli model bo‘yicha optimallashtirish vazifasini hal qilish uchun
foydalaniladigan boshlang‘ich ma’lumotlarning muayyan daraja- dagi aniqligiga
(xatoligiga), qoida tariqasida, tanlab olingan mezonning qiymati bo‘yicha taxminan
teng bo‘lgan (lekin boshqa mezonlarning qiymatlari bo‘yicha farqlanadigan) ko‘plab
rejalar mos keladi; ularning eng yaxshilarini tanlab olish bir mezonli optimallashtirish
nazariyasida nazarda tutilmaydi (uning asosini, qoida tariqasida, tasodifiy tanlov
tartib-taomili tashkil etadi);
•
odatda, axborotning aniqlik (xatolik) darajasi ancha farqlanadigan bir necha
mezonlarni bitta umumlashtiruvchi mezonga ixchamlashtirish oqibatida vazifaning
optimal yechimi topilishini kafolatlab bo‘lmaydi.
Optimallashtiruvchi vazifalar modellarida lokal mezonlar yig‘indisi o‘rniga
umumlashtiruvchi mezondan (bir qator ko‘rsatkichlarni ixchamlashtirish natijasida
olingan mezondan) foydalanish barcha lokal mezonlar bo‘yicha yetarli darajada
yaxshi raqamli qiymatlarga erishilishini ta’minlamaydi.
Vazifalar modeliga kiritilishiga da’vogar bo‘lgan optimallik mezonlarining
ziddiyatli xususiyati, ularning mutlaqo boshqa-boshqa iqtisodiy tabiati, bir xil
bo‘lmagan o‘lchov birliklari, hisob-kitoblarda foydalaniladigan boshlang‘ich
ma’lumotlarning to‘g‘riligi jihatidan bir-biridan ancha farq qilishi, ular orasidan
ustunlik qiluvchi mezonni ajratib olish imkoniyati yo‘qligi ham ko‘p maqsadli
yondashuvni qo‘llashni yoqlaydigan muhim dalillardir.
Ko‘rsatkichlarni ixchamlashtirish tartib-taomili murakkab va mustaqil ilmiy
muammodir. Muammo to‘g‘ri hal etilishini ta’minlash maqsadida bu tartib-taomilni
ko‘rsatkichlarni ixchamlashtirish nazariyasiga muvofiq amalga oshirish kerak (88).
Optimallashtirish vazifalarini hal qilishga ko‘p maqsadli yondashuvni qo‘llash
elektron magazinlar faoliyatini baholash uchun foydalaniladigan iqtisodiy va
moliyaviy ko‘rsatkichlar tizimini amalda boshqa- rish uchun real imkoniyat ochib
beradi. Bu hol ba’zi elektron magazinlarni Internetmuhitning jo’shqin o‘zgarib
borayotgan shart-sharoitlariga moslash uchun muhim ahamiyatga ega.
Ko‘p maqsadli yondashuv optimallashtirish vazifalarini hal etish uchun
foydalaniladigan boshlang‘ich ma’lumotlarning muayyan darajada noaniqligi hamda
to‘liq emasligini bartaraf etish uchun zarur uslubiy asosdir. Ko’p maqsadli
optimallashtirishning ishlab chiqilgan konsepsiyasi bo‘lmaganligi vazifalarni hal
qilishga ko‘p maqsadli yondashuvdan amalda foydalanishga jiddiy to‘siq bo‘lib keldi.
Xususan, optimallashtirish vazifasining ko‘p maqsadli modeliga kiritilishi kerak
bo‘lgan optimallik mezonlarining maqsadga mos keladigan tarkibini tanlab olish
chog‘ida amal qilinishi kerak bo‘lgan prinsiplar ta’riflanmagan edi. Optimallik
mezonlari uchun muhimlik koeffitsiyentlarini aniqlash usullari yo’q edi.Hozirgi
vaqtda ko’rsatib o‘tilgan muammolarning ko‘pchiligi biz tomonimizdan hal
qilindi.Elektron biznes tizimida optimallashtirish vazifalarini hal qilishga ko’p
maqsadli yondashuvni amalda ro’yobga chiqarish optimallashtirish vazifalarini
sinergizm prinsipini amalga oshirish hisobiga hal qilish natijalarini amaliy faoliyatga
joriy etishdan nisbatan katta iqtisodiy samara olinishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |