Modulning nazorat blokini ishlab chiqish.
Baholash mezonlari.
Baholash mezonlarini ishlab chiqishda faoliyat ob'ekti,
bajariladigan faoliyat turi, faoliyat sifati, bajarilgan faoliyatning standartlari ko'rib
chiqiladi. Baholash mezonlarini ishlab chiqishda o'qitish natijalariga mos holdagi
faoliyat turi ishlab chiqilishi lozim. Har bir natijani tekshirish mezonlari 4 yoki 6
tadan oshmasligi tavsiya etiladi.
O'zlashtirish darajasi.
O'zlashtirilganlik darajasini chuqurligini ko'rsatuvchi
mezonlar ishlab yaiqiladi, ba'zi hollarda uni ishlab chimqish shart emas, agar u
baholash mezonlarida ko'rsatilgan bo'lsa. O'zlashtirilganlik darajasini isbotlovchi
erishilgan natija turli ko'rinishda bo'lishi mumkin. O'zlashtirish ob'ekti-
tayyorlangan predmet, amaliy topshiriq, og'zaki yoki yozma javoblar tarzida
bo'lishi mumkin.
Modulga kirish nazorati.
Modulni o'rganish uchun zarur bo'lgan ta'lim va
bilimlar tizimini ko'rsatadi.
O'quv jarayonini davomiyligi.
Davomiylik O'quv soatlari yoki zachyot birliklari
ko'rinishida aks etadi.
Baholash.
Baholash tizimini ishlab chiqayotganda uning haqqoniyligiga va
ishonchli bo'lishiga e'tibor qaratish lozim. Yakuniy nazorat alohida o'tkazilishi
maqsadga muvofiq. Ba'zi modullarda yagona baho ham qo'yilishi mumkin.
Baholash tizimi modulning xarakteridan kelib chiqib tanlanadi.
Modulning tushuntirish xati.
Ushbu xat taviyalar ko'rinishida bo'lib, pedagog
shaxsiga yo'naltirilgan. Unda pedagogga qo'shimcha tavsiyalar, baholash jarayonini
olib borishning yangi imkoniyatlari, qo'llash mumkin bo'lgan usullarga tavsif
beriladi. Proyekt, portfolio kabi usullardan ham foydalanish mumkin.
O 'quv materiali.
O'quv materiali axborot matnini va didaktik vositalarni o'zida
aks ettiradi. Axborot matnida adabiyotlar, ilovalar va havolalar o'z aksini topadi.
Qaytar aloqani amalga oshirish uchun axborotni ishlab chiqishda joriy nazorat
uchun topshiriqlar va ularni ishlab chiqish namunalarini kiritish tavsiya etiladi.
Axborot materiali tushunarli , lo'nda va ko'rgazmali bo'lishi lozim.
Bugungi kunda talaba shaxsini barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqarish
uchun albatta ta'lim shaxsga yo'naltirilgan xarakterda bo'lishi talab etiladi. Buning
uchun ta'limni tashkil etish jarayonida talabaning qobiliyatlari, extiyojlari va o'ziga
xos jihatlarini xisobga olish lozim. Ana shu elementlar hisobga olingan taqdirda
o'z-o'zidan tabaqalashtirilgan, rivojlantiruvchi, o'qishga bo'lgan motivlarni
kuchaytiruvchi "sub'ekt-sub'ekt" konsepsiyasiga asoslangan ta'lim tizimi kelib
chiqadi.
An'anaviy ta'lim tizimida chuqur o'rnashib qolgan pedagogik paradigmalardan
biri bu "sub'ekt-ob'ekt" munosabatlaridir. Bu yondashuv ta'limga nemis pedagogi
I.F.Gerbard tomonidan (1776-1841yillar) kiritilgan. Bunday yondashuvda pedagog
sub'ekt rolini bajaradi va qanday o'qitish, qanday talabalarni qanday ishlab chiqish,
talabalar jamoasini qay yo'nalishda rivojlantirishni faqat o'z yondashuvi asosida hal
etadi. Talabalar esa passiv holda ob'ekt rolini bajaradilar. Talabalarning asosiy
faoliyati eslab qolish, tushunish, qo'llashga o'rganish hisoblanadi. Bu paragdimaga
qarshi g'oyani amerikalik pedagog D. Dyui ishlab (1859-1952 ) chiqadi. Uning
fikricha nimani va qanday o'qish lozim degan savollarga javob topishda talabaga
ham erkinlik berish va uning o'z istak va hohishlarini xisobga olish lozim. Toki
talaba o'z faoliyatini, o'z taqdirini, o'z hayotini mustaqil boshqarishga faol kirishsin.
Bu konsepsiya "sub'ekt-sub'ekt" munosabatlari sifatida tan olindi va ko'pgina
rivojlangan davlatlar ta'lim tizimida o'z o'rnini topdi.
Aytish joizki, ta'lim tarixida yig'ilgan boy didaktik tajribaning ijobiy jihatlari o'z
aksini modulli ta'limda topgan.
Ta'lim jarayoniga "Modulli ta'lim" tushunchasi 1971 yillarda Dj.Rassel
tomonidan kiritilgan. Dj.Rassel modulni o'quv paketi sifatida talqin etadi va unga
o'quv materialining konseptual birligini o'rganishga oid harakatlarni kiritadi.
B.M.Goldshmid - modulni talabaga ma'lum ko'zlangan natijaga erishishiga
yordam beruvchi mustaqil birlik sifatida talqin etadi.
G.Ouyens modulni yopiq kompleks sifatida talqin etadi va ushbu kompleksga
ta'lim beruvchi, ta'lim oluvchi, o'rganiladigan axborot materiali, va vositalarni
kiritadi.
Zamonaviy tadqiqotchilardan biri P.A.Yutsyavichene modulni ma'lum
darajadagi mustaqil axborotdan hamda maqsadli ravishdagi metodik boshqaruv
asosida maqsad qilib qo'yilgan natijalarni ta'minlashga qaratilgan birlik sifatida
tahlil etadi.
N.V.Borisova, K.Ya.Vazina, V.M.Gareyev, Ye.M.Durko, V.V.Karpov, M.N.
Katxanov, S.I.Kulikov, P.Yutsyavichene va boshqa bir qator pedagog olimlarning
fikrlarini o'rganish natijasida modul tushunchasiga quyidagicha ta'riflarni ajaratish
mumkin:
-
modul bu - mustaqil konseptual kichik birlik;
-
modul bu - mustaqil birlik sifatida muayyan o'quv kursini o'z ichiga olib, bir
necha bloklarni o'zida mujassam etadi;
-
modul bu - ma'lum mutaxassislikka tegishli bo'lgan bir qancha o'quv
predmetlarni o'zida mujassamlashtiruvchi fanlararo birlik bo'la oladi;
-
modul bu - aniq bir mutaxassislikni egallashga yo'naltirilgan kasbiy ta'lim
moduli.
Bundan
tashqari
"modul"
tushunchasiga
tegishli
bo'lgan
quyidagi
xususiyatlarini ajratish mumkin:
-
maqsad;
-
turli xil turdagi o'quv faoliyatini integratsiyasi;
-
metodik ta'minot;
-
mustaqil rivojlanish;
-
ta'lim jarayonidagi talabaning mustaqilligi;
o'quv axborotini tahlil qilish va strukturalashtirish ko'nikmasi;
nazorat va o'z-o'zini nazorat;
talabaning ta'lim olishdagi shaxsiy trayektoriyasi.
Modullilik tamoyillari
MODULLI TA'LIM
Turlari
S
Mazmunan strukturalashtirilganlilik
S
Dinamik harakat ta'minlanilganlilik
S
Faoliyatlilik
S
Moslashuvchanlik
S
Natijalar oldindan aniqlanilanganlilik
S
Maslahat berishlar turli ko'rinishlarda ta'minlanilganlilik
S
nazariy (nazariy bilimlarni shakllantirishga yo'naltirilgan).
S
amaliy (amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirishga yo'naltirilgan).
Tarkibiy qisimlari:
S
aralash (nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirishga
yo'naltirilgan)
S
modulni nomi.
S
modulni o'zlashtirishdan maqsad.
S
modul bilan ishlash uchun metodik tavsiyalar.
S
nazariy axborot banki va tayanch tushunchalar.
S
mashg'ulot mazmuni, topshiriqlar va uslubiy ko'rsatmalar.
S
joriy nazorat topshiriqlari.
S
individual bajariladigan mustaqil topshiriqlar.
S
yozma nazorat variantlari.
S
o'z-o'zini tekshirish uchun nazorat savollar.
S
talaba yig'ishi mumkin bo'lgan reyting ballari.
Modul quyidagi bloklardan iborat bo'ladi:
1-blok: Kirish nazorati- yangi mavzuni o'rganish uchun mavjud bazaviy va
tayanch bilimlarni tekshirishga qaratilgan.
2-
blok:
Nazariy blok. Mavzuning har bir mantiqiy bo'lagi uchun
tuzilgan axborot va ko'rgazmali materiallar to'plami (rasm, diagramma, sxemalarda
to'liq ko'rsatilishi maqsadga muvofiq)ni yaratish
3-
blok:
Nazariy axborotni har bir bo'lagini talabalar bilan
birgalikda tahlil
etish.
4-
blok:
Amaliy blok. Nazariy bilimlar asosida talabalarning
amaliy faoliyatini tashkil etish.
5-
blok: Chuqurlashib boruvchi blok. Mavzuga oid soha bo'yicha
murakkab topshiriqlarni bajarish.
6-
blok: Nazorat bloki. Bajarilgan topshiriqlarni nazorat qilish.
7-
blok: Nazorat natijalarini tahlil etish, umumiy yo'l qo'yilgan
hatoliklarni aniqlash va umumlashtirish.
8-
blok:
Chiqish
nazorati.
Mavzu
bo'yicha
belgilangan
topshiriqlarni bajarish va topshirish.
Modulli ta'lim ta'lim oluvchilarning bilim imkoniyatlari va ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashganligi sababli o'qitishning istiqbolli
tizimlaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |