Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi O’quv uslubiy majmua magistratura yo’nalishi



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/127
Sana11.02.2022
Hajmi1,49 Mb.
#444231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Bog'liq
maxsus fanlarni oqitish metodikasi

O’QUV MATERIALLAR 
I.Modul. Maxsus fanlarni o’qitishning nazariy asoslari 
 
1- Mavzu

Maxsus fanlar va ularning o‘ziga xosliklari 
РЕЖА:
1.1. Pedagogikaning maxsus fanlar tizimida tutgan o‘rni.
1.2. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari. 
1.3. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining tadqiqot metodlari. 
Tayanch so’z va iboralar: “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi, uzluksiz ta’lim, oliy ta’lim, bakalavr, magistr, fanning predmeti, maqsadi va 
vazifalari, maxsus fanlar, maxsus fan o‘qituvchisi, tadqiqot metodlari, kuzatish usuli, 
suhbat usuli, pedagogik so’rov usuli, test, so’rovnomalar, statistik ma’lumotlarni tahlil 
qilish usuli, ijtimoiy tadqiqot usuli, biomexanik usullar, psixofiziologik usullar.
1.1. Pedagogikaning maxsus fanlar tizimida tutgan o‘rni.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmonining ijtimoiy 
yo'nalishida amalga oshiriladigan muhim tadbirlar qatorida oliy ta'lim muassasalari uchun 
pedagoglarning yangi avlodini shakllantirish, ma'naviy- ahloqiy jihatdan etuk, mustaqil 
dunyoqarashga ega, ijodiy fikrlovchi, boy milliy meros, shuningdek, umuminsoniy va 
milliy qadriyatlarga sadoqatli barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga etkazish vazifalari ham 
belgilab o'tilgan. 
O'zbekiston Respublikasining "Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
Konsepsiyasi"da " ... o'quv adabiyotlari sifatini yaxshilash, zamonaviy o'quv adabiyotlarini 
yaratish tartibini soddalashtirish, eng yangi xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima 
qilish ishlarini jadallashtirish, xorijiy adabiyotlardan qo'shimcha yoki muqobil o'quv 
adabiyotlari sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubxonalar fondlarini muntazam 
ravishda yangilab borish" ko'rsatib o'tilgan. Bu o'z navbatida oliy ta'lim muassasalarida 
o'qitiladigan fanlar bo'yicha zamonaviy o'quv adabiyotlarni yaratish va chop ettirishni ham 
talab etadi. 
Xalq xo'jaligigining turli sohalari hamda oliy ta'lim muassasalari uchun etuk pedagog 
kadrlar zaxirasini tayerlash magistratura ta'limining asosiy vazifalari hisoblanadi. Ushbu 
vazifani hal etishda o'quv rejadagi "Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi" fani ham muhim 
o'rin egallaydi. 
Oliy ta'lim muassasalari magistrantlarining kasbiy-pedagogik rivojlanishi ularning 
mustaqil fikrlashlari, ijodkorliklari, faolliklari, munosabatlarining chuqurlashib hamda 
boyib borishi, xarakter hamda dunyoqarashlarining turg'unlashuvi hamda o'z o'zini 
tarbiyalashga bo'g'liq bo'lgan ehtiyojlarining shakllanishi, ijtimoiy shaxsiy qiziqishlarining 
kasbiy-pedagogik yo'nalishga ega bo'lishi kabi holatlar bilan tavsiflanadi. Bo'lajak 
mutaxassis uchun magistraturada ta'lim olish jarayoni bu magistrantlarda ilmiy-pedagogik 


faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishda kasbiy jihatdan ahamiyatli sanalgan sifat, 
bilim, ko'nikma va malakalarni rivojlantirish hamda o'z-o'zini takomillashtirish davri 
hamdir. Pedagog shaxsi shakllanishining ushbu davrida bilimlarni jamlash, saqlash, uzatish 
ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish va istiqbolda kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil 
etishda ularni samarali qo'llash kabi jihatlarni o'zida mujassam ettirgan jarayon 
uzluksizravishda amalga oshirildi. Pedagogik-psixologik faoliyat bilan bog'liq qarash, 
qadriyat hamda motivatsiyalar mohiyatan o'zgarib, takomillashib boradi. SHu bilan barobar 
ravishda magistrantlar oliy ta'lim muassasalarida ta'lim- tarbiya jaraenini amalga oshirish 
malaka larini ham egallab boradilar. 
Magistrantlarni ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda faol va samarali usul hamda 
shakllardan foydalaniladi. Ular oliy ta'lim muassasalarida olgan bilim, ko'nikma va 
malakalarini ta'lim muassasasi sharoitiga qiyinchiliksiz ko'chira olishi, ta'lim jaraeninitez 
o'zlashtirib olishi, tarbiyaviy ishlarni zamon talablari asosida olib borishlari kerak.Hozirgi 
kunda magistratura mutaxassisliklari o'quv rejalarida majburiy fanlardan biri hisoblangan 
"Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi" o'quv fani barcha mutaxassisliklar uchun 14 soat 
ma'ruza va 16 soat amaliy mashg'ulot tarzida rejalashtirilgan.
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fani pedagogikaning bir sohasi sifatida boshqa bir 
qator fanlarga uzviy bog‘langan. Ushbu fan o‘zining rivojlanishida psixologo-pedagogik, 
ijtimoiy-gumanitar va maxsus fanlar bilimlarining zamonaviy yutuqlariga tayanadi.
“Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy 
va maxsus fanlarini o‘qitishda talabalarga ta’lim berishning shart-sharoitlari, tashkiliy 
shakllari hamda metodlari, ularga oid rejalashtiruvchi hujjatlar mazmuni bilan 
tanishtiruvchi, dars mashg‘ulotlarini loyihalash va ularni o‘tkazish metodikasini ishlab 
chiqishni o‘rgatuvchi pedagogik fan hisoblanadi. U o‘z oldiga har tomonlama barkamol 
rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta’lim-tarbiya 
ishini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta 
oladigan, milliy istiqlol g‘oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib, 
ularni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs – maxsus fan o‘qituvchisini 
tayyorlash bilan bog‘liq aniq maqsadni qo‘yadi. “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani 
pedagogikadagi tadqiqotlarga asoslanadi va o‘z predmetini o‘qitish mazmuni hamda 
xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi.
1.2. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari. 
Bugungi kunda magistratura mutaxassisliklaridagi “Maxsus fanlarni o‘qitish 
metodikasi” fani o’quv rejadagi majburiy fanlardan biri hisoblanadi.
Fanning metodologik asosi va amal qiladigan negizi O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining materiallari va boy ilmiy-ma’naviy meroslardir.
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining predmeti – ta’lim oluvchilar tomonidan 
kasb sohasi bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi jarayonini boshqarish 
bo’yicha maxsus fan o’qituvchisining ta’limga oid faoliyati qonuniyatlaridir.
Fanning tadqiqot ob’ekti - oliy ta’lim muassasalaridagi mutaxasislik fanlarini 
o’qitish jarayonidir.


“Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha o‘quv dasturini tuzishda uning 
quyidagi maqsad va vazifalarini hisobga olish dastur mukammalligini oshiradi.

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish