K.Popper
ishlab chiqqan
falsifikatsiya
metodiga ko‘ra esa, ba’zi nazariy bilimlarning
xaqiqatligini emas, xatoligini isbotlagan maqbuldir. Pirovardida
pozitivistlar falsafa bilimlarning xaqiqiyligini mantiqiy-lingvistik usulda
isbotlashi va tizim xoliga keltirishi kerak, deb xisoblaganlar.
XX asr ijtimoiy falsafasida
O.Shpenglerning «
Lokal madaniyatlar
»
ta’limoti hamda A.Toynbining «
sivilizatsiyalarning xilma - xilligi
»
nazariyasi yetakchi o‘rin egallaydi. Nemis faylasufi
O.Shpengler
«Yevropaning tanazzuli» nomli asarida tarixni biri – ikkinchisidan uzilib
qolgan 8 xildagi lokal, ya’ni maxalliy madaniyatlarning yig’indisidan
iborat, deb ko‘rsatadi. Bular qatoriga olim arab, xind, vavilon, xitoy,
yunon-rim, vizantiya-arab, maya va rus-sibir madaniyatlarini kiritadi.
Bu madaniyatlardan har biri boshqa jixatlaridan qa’tiy nazar o‘ziga
xos diniy asosga egaligi hamda har birining o‘zigagina talluqli
biologik ritm (marom)ga egaligi bilan ajralib turadi. Lokal
madaniyatlarning xar biri uchun dunyoga kelish va bolalik, yoshlik va
kamolga etish, qarilik va so’nish bosqichlari xosdir. Demak, har bir
maxalliy madaniyat rifojida ravnaqqa erishish (sof madaniyat)
hamda tanazzul davrlari mavjud.O.Shpengler lokal madaniyatlarni
tadqiq eta borib, ularni evropalashtirish g’oyasiga, ya’niy
evropatsentrizm
g‘oyasiga keskin qarshi chiqadi. Uning fikricha, xar
bir lokal madaniyat o‘zicha betakror, binobarin, ular bir-biridan
mustasno
xolda
rivojlanishi
lozim.
Demak,
O.Shpengler
madaniyatlarning o‘zaro ta’siri va aloqadorligining realligi va bu
jarayonning axamiyatiga yetarlicha baxo bermagan.
Ingliz jamiyatshunosi
A.Toynbi
«Tarixni o‘rganish» nomli asarida
madaniyatlarning lokal rivojlanishi g‘oyasiga murojaat qilib,
O.Shpenglerning ayrim muloxazalariga qo‘shilmasligini bildiradi.
Toynbining kontseptsiyasi Shpengler ta’limotidan ikki jixati bilan
farqlanadi: birinchidan, insonda o‘z xayotini erkin belgilash
imkoniyati mavjud. Ikkinchidan, tarixiy taraqqiyotning davriy modeli
dunyoviy dinlar (buddizm, xristianlik, islom)ning barcha xalqlarni
yaqinlashtiruvchi va jipslashtiruvchi bosh omil ekanligi g‘oyasi bilan
boyitilgandir. A. Toynbi g‘arb xristian sivilizatsiyasi tanazzulga yuz
tutayotganini turli dalillar asosida isbotlashga xarakat qiladi. Buning
oldini olish maqsadida jaxon xalqlari yagona dinni qabul qilishlari
lozim, deb xisoblaydi.
Biz yuqorida xozirgi zamonning asosiy falsaiy ta’limotlari xususida
qisqacha to‘xtaldik. Vaxolanki jaxon falsafiy tafakkurining bugungi
xolatini belgilovchi oqim va yo‘nalishlar faqat shular bilan
chegaralanmaydi. Yuqorida qayd etilganlardan tashqari jamiyat
taraqqiyotining moxiyati va yo‘nalishlari xaqida baxs yurituvchi
boshqa ko‘plab ta’limotlar ham mavjud. Shunday qilib, xozirgi
zamon jaxon falsafasi an’anaviy va noan’anaviy ta’limotlar asosiga
qurilgan falsafiy oqim, yo‘nalish va maktablardan iborat. Ularni
o‘rganish fikrlar xilma-xilligini real ta’minlashda katta axamiyatga
ega.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Yunon falsafiy maktablari, substantsiya, materializm, idealizm,
dualizm, atomlar, sofistika, sxolastika, realizm, nominalizm, metod,
dialektika, sensualizm, ratsionalizm, plyuralizm, an’anaviy falsafa,
noan’anaviy falsafa.
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. Qadimgi yunon falsafasidagi materialistik va idealistik
ta’limotlarni ajratib ko‘rsating.
2. Markaziy Osiyolik mutafakkirlarga eng ko‘p darajada ta’sir
ko‘rsatgan qadimgi yunon faylasuflarini sanab bering.
3. G’arbiy Evropada Uyg‘onish davri falsafasi qay zaminda yuzaga
kelgan?
4. XVIII asr fransuz faylasuflarini birlashtirib turgan umumiy jixat
nimalardan iborat?
5. Nemis klassik falsafasi ilgari surgan asosiy g‘oya nima?
6. XX asr falsafasining asosiy xususiyatlarini sanab bering.
7. «Xayot falsafasi»ning moxiyati nimada ?
8. Ekzistentsializm falsafasining ziyolilar orasida keng tarqalishi
sababi nimada deb o‘ylaysiz ?
9. Neopozitivizm falsafasining namoyondalari kimlar ?
10. Jamiyat xaqidagi XX asr falsafiy ta’limotlari xaqida gapirib
bering.
11. Irratsionalizm nima va uning qanday ko‘rinishlari bor ?
ADABIYOTLAR:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. – T, Ma’naviyat,
2008.
2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – T., 1998.
3. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustaxkam irodasiga
ishonaman.- «Fidokor» gazetasi. 2000 yil, 8 iyun.
4. Mo’minov I. M. O‘zbekistonda tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy
tafakkur tarixidan.-T., Fan, 1998.
5. Yo’ldoshev S.Antik falsafa. – T. , 1999.
6. Falsafa tarixi. - T, Sharq, 2002.
7. Falsafa. Ma’ruzalar matni. – T., 2000.
8. Falsafa. O’quv qo’llanma. E. Yusupov taxriri ostida – T. , Sharq,
2000 .
Do'stlaringiz bilan baham: |