Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi
— o‘lchash o‘zgartkichi birinchi bosqichi
bo‘lib, unga o‘lchanayotgan fizik kattalik qiymatini boshqa fizik kattalik qiymatiga
o‘zgartiradi, masalan, deformasion manometrning naysimon prujinasi. Birlamchi
o‘lchash o‘zgartkichi yordamida o‘lchanadigan kattalik yoki o‘zgartiriladigan fizik
kattalik boshqa o‘zgartkichga yoki o‘lchash asbobiga uzatilishi mumkin.
Oralik o‘lchash o‘zgartkichi
— o‘lchash zanjirida birlamchi o‘zgartkichdan
keyingi o‘rinni egallagan o‘lchash o‘zgartkich bo‘lib o‘lchanayotgan fizik kattalikni
unifikasiya (bir xil) signalga o‘zgartirishga mo‘ljallangan o‘zgartkichdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |