2.8-§. Harorat o‘lchashning zamonaviy vositalari
Haroratni yuqori aniqlikda o‘lchash bu juda murakkab jarayon. Ko‘rib chiqilgan
echimlar hal qilinayotgan masalaning faqat nazariy qismidir. Amalda faqat o‘lchash
tizimini yaratish to‘g‘risidagina o‘ylashga to‘g‘ri kelibgina qolmay, balki olingan
kattalikni nazorat – hisoblash majmuiga yoki ABS ga qanday qilib kiritish to‘g‘risida
o‘ylashga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha o‘lchangan kattalik o‘zi bir boylikni ifodalaydi,
biroq u tegishli boshqaruvchi ta’sir to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun yoki
keyinchalik ishlov berish va tahlil qilish uchun boshqarish tizimining ma’lumatlar
bazasiga kiritilishi kerak. Datchikdan olingan signalni filtrdan o‘tkazish zarur, chunki
ko‘pincha o‘lchashlar sanoat xalaqitlari sharoitida o‘tkaziladi va o‘lchash qismini
boshqarish majmuidan ajratib turadigan galvanik ajratgich (izolyasiya) bo‘lishi
maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun “eskicha” usulda bajarilgan sovodli echim
taqdim etilsa, u etarlicha murakkab, qo‘pol va norentabel bo‘lishi aniq bo‘lib qoladi.
Biroq, agar signallarni me’yorlashning klassik masalasini echishga, ularni filtrlash va
tizim qismlarini galvanik ajratishga ehtiyoj bor ekan, u holda sanoat avtomatlashtirish
vositalari bozorida tegishli tayyor echimlar mavjudligi ehtimoli bor. Mazkur holda
Data forth
firmasining modullari qiziqish uyg‘otadi. Agar haroratni termoqarshiliklar
yordamida o‘lchash to‘g‘risida aniq gapiradigan bo‘lsak, u holda bu firma taklif
etayotgan echim juda sodda ko‘rinadi: datchik, masalan
Pt100
platinali qarshiliklar
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
99
termometri olinadi va
SCM5B34
yoki
SCM5B35
moduliga ulanadi. (2.28 – rasm,
a,b,v).
Rasmda qarshilik termometrining
RTD
ikki, uch va to‘rt simli ulanishi
variantlari ko‘rsatilgan. SHuni aytib o‘tish joizki, ikki simli ulanish ulovchi
simlarning uzunligi uncha katta bo‘lmagan va o‘lchashlarning presizion aniqligi talab
etilmaydigan tizimlarda foydalaniladi; bunday konfigurasiyaning muhim xususiyati
echimning qiymati minimal ekanligidir. To‘rt simli ulanish, odatda o‘lchash
labaratoriyalarida foydalaniladi. Bunday konfigurasiyada maksimal aniqlikka
erishiladi;
SCM5B35
moduli ana shu maqsadlar uchn maxsus ishlab chiqilgan. Uch
simli ulanish ongli kelishuv sifatida ishtirok etadi; u sanoat avtomatlashtirishda
ko‘pincha foydalaniladigan datchikni ulash varianti hisoblanadi. Bularning hammasi
operativ xizmat ko‘rsatish uchun etarlicha qulay va birlamchi o‘zgartgichlardan
signallarni qurish imkonini beradi. Ishchi haroratlarning -40 dan ±85
0
S gacha
bo‘lgan keng oralig‘i ko‘pchilik hollarda modullarni o‘lchash nuqtasiga bevosita
yaqin joyda, kompensasiyalovchi simlarning qisqa uzunligi hisobiga mablag‘ tejab va
qo‘shimcha isitish yoki sovutishdan voz kechib, joylashtirishga imkon beradi.
YAna shuni takidlash joizki,
Data forth
firmasi modullaridan foydalanish –
signallari me’yorlashtirish masalalarining yagona echimi emas, biroq uni shubhasiz
davr bilan tekshirilgan klassikaga taalluqlilar toifasiga kiritish mumkin.
2.28 – rasm. Datchikning
SCM5B35
moduliga ulash variantlari.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
100
Do'stlaringiz bilan baham: |