159
Rezervuarlardagi maxsulot sathini nazorat qilish quyi QS va yuqori YUS sathlarining
magnitoboshqariluvchi datchiklari yordamida, amalga oshiriladi. Sath datchiklari
o‘zgartkichlaridan kelayotgan signallar va ventillar holatini bildiruvchi kvitirlovchi
signallar mikrokantrollerga keladi va tizimni boshqarish uchun foydalaniladi uning
holatini nazorat qilish va hamma quyib berilgan va qabul
qilib olingan maxsulotni
hisoblash uchun foydalaniladi.
Neft maxsulotlarini quyib berishdagi tizimning ishlashini ko‘rib chiqamiz (4.23
– rasm). Faraz qilaylik, masalan, boshlang‘ich paytda rezervuar 1a bo‘shatilgan,
rezervuar 1b esa to‘ldirilgan bo‘lsin. Bu holda “Ishga tushirilsin” (“Pusk”)
buyrug‘idan so‘ng to‘ldirilgan rezervuarning og‘irligi R
NV
ni aniqlash va uni xotiraga
yozish ishi bajariladi, keyin bu rezervuarning V ventileni ochishga buyruq beriladi.
1b rezervuardan maxsulot quyib olina boshlaydi. SHundan so‘ng 1a rezervuarni
to‘ldirish ventili A ni ochishga buyruq berildadi. Bunda quyish tezligi tukish
tezligidan ortiq bo‘ladi. SHuning uchun 1a rezervuardagi
maxsulot sathi boshqa
rezervuarni bo‘shatish jarayonida YUS datchigiga etid oladi. Bu datchikdan berilgan
signalga binoan 1a rezervuarning A ventili berkitiladi va suyuqlikni hamda
rezervuarni tinchlantirish uchun zarur bo‘lgan
τ
vaqt o‘tgandan so‘ng kontroller
to‘ldirilgan 1a rezervuarning R
NA
og‘irligini aniqlash va xotiraga olishni amalga
oshiradi. Og‘irlikni aniqlash A va
V ventillar berkitilgan holda, ya’ni statik rejimda
amalga oshirilishini ta’kidlab o‘tamiz. Bu xatolikning dinamik tashkil etuvchilari
paydo bo‘lishining oldini oladi. SHu o‘lchashdan so‘ng 1b rezervuardagi maxsulot
sathi datchikning QS holatigacha pasaygan va bu datchik ishlab ketgan paytda
mikrokantroller 1b rezervuardan maxsulotni chiqarishni (to‘kishni) to‘xtatadi
va shu
bilan bir vaqtda 1a rezervuardan maxsulotni to‘kishni (chiqarishni) boshlaydi. Uning
buyrug‘iga ko‘ra bir rezervuarning V ventili berkitiladi va ikkinchisining V ventili
ochiladi. Tinchlantirish vaqti
τ
o‘tgandan so‘ng 1b bo‘shatilgan rezervuarning R
EV
og‘irligini aniqlash va bir siklda berib yuborilgan maxsulotning R
1
=R
NV
– R
SV
porsiyasining og‘irligini hisoblash amalga oshiriladi. Og‘irlikning
kilogramm
hisobidagi qiymati indikasiyaga chiqariladi. So‘ng bo‘shatilgan 1b rezervuarni
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
160
to‘ldirish uchun A ventil ochiladi. YUS datchigidan kelgan signalga ko‘ra uni
to‘ldirish to‘xtatiladi,
τ
vaqtdan so‘ng to‘ldrilgan rezervuar og‘irligining yangi R
nv
qiymatini aniqlash va xotirlash amalga oshiriladi. Endi 1a rezervuardagi maxsulot
sathi datchikning QS holatigacha pasaygandan so‘ng mikrokantroller 1a rezervuardan
to‘kishni va 1b rezervuardan to‘kish boshlanishilishini bir vaqtda to‘xtatish uchun
buyruq beradi,
τ
vaqtdan keyin to‘kilgan (bo‘shatilgan) 1a rezervuarning R
sa
og‘irligini
aniqlash, ikkinchi siklda berib yuborilgan maxsulotning R
2
≈
R
na
-R
sa
porsiyasi og‘irligini hisoblash va berilgan maxsulotning yig‘indi og‘irligi R
1
+R
2
ni
hisoblash amalga oshiriladi. Bu qiymat indikasiyaga chiqariladi. Keyin 1a rezervuarni
takroriy to‘ldirish boshlanadi va sikl takrorlanadi. Keyingi har bir silkda berilgan
(jo‘natilgan) maxsulot og‘irligining qiymati oldin berib yuborilgan maxsulot
og‘irligiga qo‘shiladi va indikasiyalanadi. Maxsulotni berish boshqarish pultidan
“To‘xta” (“Stop”) signaliga ko‘ra to‘xtatiladi. Berilgan
maxsulotning maksimal
miqdori amaldagi indikasiya sig‘imiga ko‘ra aniqlanadi. Tizimda u 100 t teng deb
tanlangan, shuning uchun indikasiyaga oltita o‘nlik raqam chiqariladi (og‘irlik
klogram hisobida). Berilgan maxsulotning to‘liq og‘irligi, indikasiyadan tashqari,
ikkilik o‘nlik kod bilan (oltita xona) iste’molchilar bilan hisob – kitob qilish tizimida
bundan keyin foydalanish uchun maxsus buferli registorga chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: