VI. ILG‘OR ISh TAJRIBALARNI OMMALAShTIRISh BOSQIChLARI Ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish ishlari quyidagi bosqichlar ketma-
ketligida amalga oshiriladi:
1. Maktab miqyosida;
2. Tuman (shahar) miqyosida;
3. Viloyat miqyosida;
4. Respublika miqyosida ommalashtiriladi.
V I.l. MAKTAB MIQYOSIDA OMMALASHTIRISH Ilg‘or ish tajriba maktab fan metod birlashmasi tomonidan aniqlanadi, tahlil
qilinadi, umumlashtirilib pedagogika kengashining qarori bilan maktab miqyosida
ommalashtiriladi.
Tuman ‘miqyosida ommalashtirish uchun maktab pedagogika kengashi qarori,
maktab rahbari taqdimnomasi va o‘qituvchining faoliyatiga oid hujjatlar, yaratgan
yangiliklari haqida m a’lumot tayyorlanib, tavsiyalari tuman xalq ta’limi bo‘limiga
taqdim, etiladi.