Ko‗pgina g‗arblik tadqiqotchilar tomonidan TMKlarning quyidagi belgilari
ajratib ko‗rsatiladi
175
: chiqarilgan mahsulotlar bittadan ko‗p mamlakatlarda
realizatsiya qilinishi; ikki va undan ortiq mamlakatlarda xorijiy sho‗‘ba korxona va
filiallari mavjudligi; korporativ mulkni turli mamlakat rezidentlari o‗rtasida
taqsimlanishi (to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar va xorijiy korxona iqtisodiy
faoliyati ustidan nazoratni ta‘minlovchi aktsionerlik kapitalidagi xissali ishtiroki);
ko‗p millatli xodimlar tarkibi. So‗nggi yillarda korporatsiyalarning xalqaro
maqomini belgilovchi belgilari quyidagi bosh kompaniya joylashgan mamlakatdan
tashqaridagi savdo foizi o‗lchami, boshqa davlatlar hududidagi aktivlar ulushi,
yuqori boshqaruv tarkibi va boshqa ko‗rsatkichlar bilan to‗ldirilgan. Shuningdek,
kapitallashuvni
baholashning
sof
iqtisodiy
mezonlaridan
tashqari,
kompaniyalarning TMK maqomini aniqlashda bir qator mezonlar ham mavjud,
masalan: korporatsiya faoliyat ko‗rsatadigan mamlakat soni (kamida 2 tada 6
tagacha); korporatsiya ishlab chiqarish quvvatlari joylashgan mamlakatlarning eng
kam soni;korporatsiya oborotining ma‘lum miqdori; korporatsiya daromadi yoki
sotuvidagi xorijiy operatsiyalarning minimal ulushi (qoida bo‗yicha 25 %); 3 va
undan ortiq mamlakatlarda 25 foizdan kam bo‗lmagan ―ovoz beruvchi‖
aktsiyalarga egalik qilishi; korporatsiyaning boshqaruv va baynalminal xodimlari
tarkibi.
UNCTAD tomonidan quyidagi mezonlar asosida kompaniyalarning TMK
maqomi aniqlanadi:
kamida 6 ta mamlakatda filiallari mavjudligi;
yillik oboroti (sotish hajmi) 1 mlrd. dollardan ortiq bo‗lishi;
kompaniya umumiy aktivi qiymatida xorijiy aktivlarning ulushi kamida 25-
30 foizni tashkil etishi;
kompaniya umumiy oborot hajmining 1/5-1/3 qismi tashqi operatsiyalar,
mamlakat tashqarisida amalga oshirilishi;
3 va unda ortiq mamlakatlarda 25 foizdan kam bo‗lmagan miqdordagi
aktsiyalarga egalik qilish.
Transmilliy korporatsiyalar o‗zini rivojlanishida bir necha bosqichlardan
o‗tgan bo‗lib,ushbu bosqichlarni shartli ravishda (birinchi avlodi beshta avlodga
ajratilgan
176
:
1.
TMK lar paydo bo‗lishidan 1918- yilgacha bo‗lgan davrda kartel va
sindikatlar shaklida bo‗lgan.
Kartel
–bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi
mustaqil kompaniya va firmalarning shartnoma asosidagi ittifoqi. Kartel a‘zolari
o‗zlarining huquqiy va iqtisodiy mustaqilligi saqlagan xolda hudud va bozorlarni
chegaralash, narhlar bo‗yicha kelishib olish orqali ishtirokchilarning monopol
yuqori foyda olishini ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: