104- dars Prepositions - Predloglar 2
"On" qo'shimchasi biror narsaning ustida deyish uchun ishlatiladi:
On a table - stol ustida.
Devor, eshik va shiftda osilgan narsalarda ham "on" ishlatiladi:
On a door - eshikda.
Avtobus, poyezd, samalyot kabi katta transportlar. Velosiped, mototsikl va ot ustida ham
"on" ishlatiladi:
On a bus - Avtobusda.
Shuningdek bino etajlari:
On the ground floor - Pastki etajda
On the first floor - Birinchi etajda.
Uning aksi "under" (ostida):
Under a tree - daraxt ostida.
Boshqa so'zlar:
Opposite - ro'parada
Next to / beside - yonida
Behind - orqasida
Between - orasida
Do'stlaringiz bilan baham: |