295
turli xil tashuvchilarda mavjud bo’lgan (magnit va optik disklar, audio- va video-
lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog’liq soxasidir.
Mulьtimedia foydalanuvchiga fantastik(virtual haqiqiy)
dunyoni yaratishda
juda ajoyib imkoniyatlarni yaratib beradi, bunda foydalanuvchi chekkadagi sust
kuzatuvchi rolini bajarmasdan, balki u yerda avj olayotgan xodisalarda faol ishtirok
yetadi; shu bilan birga muloqat foydalanuvchi uchun odatlangan tilda - birinchi
navbatda tovushli va videoobrazlar tilida bo’lib o’tadi. Mulьtimedia - kompьyuterda
axborotning turli xil ko’rinishlari: rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar,
ovozlarning chiqishi va sintezlangan musiqalar, annimatsiya, shuningdek to’laqonli
videokliplar, xatto videofilьmlar bilan ishlashdir.
Mulьtimedia– bu zamonaviy kompьyuterli axborot texnologiyalari bo’lib,
matn, tovush, videotasvir, grafik tasvir va animatsiyani (mulьtiplekatsiyani) yaxlit
kompьyuter tizimiga birlashtirish imkonini yaratadi. Mulьtimedia amaliyotdagi ish
tartibi – bu apparat-dasturiy muxit bo’lib, kompьyuterga axborotni kiritish, ishlov
berish, saqlash, uzatish va matn,
chizmalar, videotasvir, tovush hamda nutqlarni
insonga zarur va qulay holatda yetkazishdir.
Birinchidan – foydalanuvchiga albatta interfaollikni taqdim etadigan, ya’ni
inson va kompьyuter o’rtasida buyruqlar va javoblar almashinuvini ta’minlab,
dialog muhitini yaratadigan dasturiy mahsulot.
Ikkinchidan, turli video va audio effektlar ishlatiladigan muhit. U
tomoshabinga o’zicha u yoki bu ilovani tanlash imkonini beruvchi videofilьmni
eslatadi. Mulьtimedia mahsuloti – tarkibida musiqa taraladigan, videokliplar,
animatsiya, rasmlar va slaydlar galereyasi, turli ma’lumotlar bazalari va boshqalar
kirishi mumkin bo’lgan interfaol, kompьyuterda ishlangan mahsulotdir.
Mulьtimedia texnologiyasi axborotni bir vaqtning o’zida insonga tushunarli,
ko’p shakllar (jumladan, nutq, rasm, chizma, tasvir, musiqa, raqam va harflar)
kombinatsiyasida xavola qila oladi. Bu texnologiya axborotni qidirish, nusxa olish
va boshqa biror kompьyuterga ko’rsatilgan shaklda, ko’chirib o’tkaza oladi hamda
ularning hohlagan kombinatsiyasini yarata oladi. Undan tashqari mulьtimedia
texnologiyasidan foydalanuvchi o’zi dizayn bilan shug’ullana olishiga imkon beradi,
shuningdek statik (harakatsiz) va dinamik (harakatlanuvchi) tasvirlarni yaratishi
296
hamda o’z ijodiy ishining natijalarini aloqa kanallari orqali tashqi muxitga tarqatishi
mumkin. Mulьtimedia tizimlarining jadallik bilan rivojlanishiga shaxsiy
kompьyuterlarning imkoniyatlarini kengayganligi va texnik, dasturiy vositalarining
rivojlanishi sabab bo’ldi. Oxirgi yillarda kompьyuterning tezligi va xotira
qurilmalarning sig’imi
keskin oshdi, shuningdek grafik imkoniyatlari kengayib,
tashqi xotira qurilmalarining texnik ko’rsatgichlari yaxshilandi. Mulьtimedia
texnologiyalarining rivojlanishiga videotexnika yo’nalishi, lazer disklar, shuningdek
yozish texnikasining hamda tovush va tasvirni xosil qilish texnologiyalarining
rivojlanishi katta xissa qo’shdi. Axborotlarni xotirada ixcham (zich) joylash va
saqlash maqsadida tez va samarali o’zgartirish usullarini yaratilishi ham muhim
ahamiyat kasb etdi.
Mulьtimedia vositalari- bu apparat va dasturlar to’plami bo’lib, u insonga o’zi
uchun tabiiy bo’lgan turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar,
animatsiya va boshqalarni ishlatgan holda kompьyuter
bilan muloqot qilish
imkonini beradi.
Tasvirlarni ko’rish va ular bilan ishlash uchun mo’ljallangan dasturiy
vositalarga Adobe Photoshop, Corel Photo-Paint, Paint Shop Pro, Microsoft Picture
It!, Visualizer Photo Studio, Pixel image editor, PixBuilder Photo Editor, Fo2Pix
ArtMaster lar kiradi.
Ixtisoslashtirilgan dasturlarga mulьtimedia ilovalarini yaratuvchi dasturiy
vositalar kiradi. Bu toifadagi
dasturlarga grafik muharrir, videotasvir muharriri,
tovushli axborotni xosil qilish va muharrirlash vositalari kiradi.
Mulьtimedia
2
Mulьtimedia dasturiy vositalari
Text
Text Microsoft Word, Corel
WordPerfect, Tex, Latex
Graphics (i.e., vectors)
Corel Draw, Adobe Illustrator,
Macromedia
Fireworks,
Adobe
ImageReady, Macromedia Flash
Image (i.e., bitmap)
Adobe Photoshop, Jasc Paint Shop
Pro, Macromedia
Fireworks
2
Bent B.Andresen and Katja van den Brink. Multimedia in Education.UNESCO Institute for Information
Technologis in Education. 2013.ISBN 978-5-7777-0556-3.p.3
297
Audio
Sony Sound Edit Pro, Sony Sound
Forge for Windows, Sony Acid,
Cakewalk products
Synthetic Video (animation)
AutoDesk AutoCAD, Discreet 3D
Studio (MAX), Virtus 3D Website
Builder, Macromedia Flash, Electric
Image
Amorphium Pro, Alias Maya
Captured Video
Adobe Premiere, Avid, Media 100
products, Ulead Media Studio Pro,
Microsoft MovieMaker, Apple iMovie
Authoring Systems for All Media
Macromedia
Director,
Macromedia
Dreamweaver,
Click2learn Toolbook, Microsoft Front
Page, Adobe Page Mill, Microsoft
PowerPoint with Producer
Mulьtimedia tizimlarini paydo bo’lishi axborot texnologiyalarini rivojlanishiga
va
ilm-fanda, taьlimda, savdoda (biznesda) tibbiyotda keng ko’lamda tadbiq
etilishiga turtki bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: