257
tillarining avlodlaridan hisoblanishadi. Quyidagi kedtirilgan sxemada dasturlash
tillarining qisqa tarixini keltiramiz:
Dasturlash tillari ichida 1958 yilda yaratilgan Algol tili muhim o`rinni
egallaydi. Uning yaratuvchilardan biri Djon BekusFORTRAN tilining
asoschilaridan biri bo`lgan. ALGOritmic Language nomi
bu tilning algoritmlarni
yozish uchun mo`ljallanganligidan dalolat beradi. Juda ham aniq mantiqiy tuzilishga
ega bo`lgan Algol tili ilmiy va texnikaviy adabiyotlarda algoritmlarni yozish uchun
qo`llanila boshlandi. Keyingi yillarda uning Algol 60 va Algol 68 versiyalari
yaratildi. Algol 68foydalanish uchun noqulay holda yaratilgan bo`lib shveytsariyalik
olim Niklaus Virt uning qabul qilinishiga o`zining noroziligini bildirdi Shu bilan
birgabu versiya qator dasturlash tillarining yaratilishiga sababchi bo`ldi. 1967 yili
Niklaus Virt Algol W nomli o`zining versiyasini yaratdi.
Ammo muallifga shu
kungacha mavjud bo`lgan dasturlash tillaridagi noqulayliklar yoqmas (jumladan,
talabalarni dasturlar yaratish metodlaribilan tanishtirishda dasturlash tillarining
imkoniyatlaridan foydalanish) va u 1968 yili o`zining dasturlash tilini yaratishga
kirishdi. 1970 yili dasturlash olamida ikki olamshumul hodisa yuz berdi: birinchisi
Unix operatsion tizimining yaratilishi bo`lsa, ikkinchisi
Pascal dasturlash tilining
yaratilishi. Niklaus Virt bu tilni XVII asrning buyuk faylasuf va matematigi Blez
Paskal sharafiga Pascal dasturlash tili deb atadi. Dastlab, dasturlash tilining to`liq
258
versiyasi SDC6000 kompyuteri uchun yaratilgan. O`zining aniqligi, mantiqiyligi va
boshqa qator xususiyatlari bilan dasturlashni o`rgatishdagi imkoniyatlari bilan bu
dasturlash tili o`z o`rnini topa oldi. 1975 yiliBill
Geyts va Pol AllenBASIC
dasturlash tili versiyasini, Virthamda Yensen esa «Pascal User Manual and Report»
tilini yaratishdi. Keyingi yillarda bu dasturlash tillarining iurli versiyalari yaratila
boshlandi. Jumladan, kompyuter texnologiyalari sohasidagi
muhim hodisalaridan
biriga aylangan 1983 yilda Borland firmasi yordamida Filip Kan tomonidan
yaratilgan Turbo Pascal dasturlash tili shulardan biridir. Shu vaqtgacha bu tilning
qator versiyalari ko`zga tashlandi (1992 yili, Borland 7. 0). Jahondagi mashhur
korporatsiyalardan biri bo`lgan Borlando`zining qator
dasturlash tillari turli
opertsion tizimi uchun yaratgan va ulardan ayrimlari keltiramiz:
Operatsion tizimlar
Dasturlash tillari
MS-DOS
Turbo Pascal, Turbo S, Turbo Assembler
WINDOWS
Delphi, C++ Builder, JBuilder,
Linux
Kylix
Dasturlash tili-matnlarni yozish qoidalari tizimidan iborat bo`lib, kompilyator
tomonidan bu matnlar aniq instruktsiyalar va kattaliklar to`plami sifatida taqdim
etilishi zarur. Barcha dasturlash tillari o`zlarining mashina tiliga bog’liqlik darajasi
bilan baholanadilar. Mashina tiliga bog’liq tillarda instruktsiya va operandlar
maxsus belgili nomlar bilan ifodalanadilar. Masalan, Intel protsessori uchun
assembler tilida yozilgan dasturdan lavha keltiramiz:
Mov cx, 100
Les bx, AOB
Dec bx
@@Test : iNC bx
Cmp Byte PTR [bx], 0
Loopne @Test
Mashina tiliga bog’liq tillarning afzalligi yuqori darajadagi dasturlarni
yaratishda bo`lib, bu dasturlar xotirada minimal hajmni egallab, hisoblashlarni
259
maksimal tezlikda bajaradilar. Ammo bu tillar yordamida murakkab dasturlarni
yaratish nihoyatda noqulay.
Do'stlaringiz bilan baham: