Edit (tahrirlash)
menyusining
Edit Original (originalni tahrirlash) buyrug‘idan foydalaniladi.
Ekranda rasm qaysi programmada tayyorlangan bo‘lsa, shu programma oynasida
paydo bo‘ladi. Rasmga kerakli o‘zgartirishlarni kiritib, xotirada saqlanadi va
programma oynasi yopiladi. Page Maker sahifasida rasmning eski nusxasi o‘rnida
o‘zgartirilgan ko‘rinishi paydo bo‘ladi.
Orignal - makektni bosib chiqarish. Odatda, nashriyotlarda bosib chiqaruvchi
qurilma sifatida lazerli printerlar ishlatiladi. Lazerli printerda biror narsani bosib
chiqarish uchun drayver programma - kompyuter bilan printer orasida ma’lumot
almashinuvini boshqaruvchi maxsus programmali ta’minot zarur. Drayver
programmalar operatsion sistema tarkibiga kiradi va printer bilan birga berilgan
bo‘ladi. WINDOWS 95 sistemasida kerakli printerni o‘rnatish uchun
Printers (printerlar) papkasidagi printerlar ro‘yxatini ochish va printer nomini tanlash kerak.
Agar siz POST SCRIPT tiliga moslashgan printerni ishlatsangiz, unda TRUE TYPE
garnituralarini POST SCRIPT egri chiziqlariga moslashtiruvchi rejimni
o‘rnatishingiz kerak. Buning uchun tanlangan printerning